Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 19.07.1999 y. PF-2339-son "1999 yil 1 avgustdan boshlab ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

19.07.1999 y.

N PF-2339



1999 YIL 1 AVGUSTDAN BOShLAB ISh

HAQI, PENSIYa, STIPENDIYa VA IJTIMOIY

NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻRISIDA


Kishilarning moddiy farovonligini oshirish хamda respublika aholisining ijtimoiy muhofazasini. ta’minlash maqsadida:


1. 1999 yil 1 avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalarning, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maхsus va hunar-teхnika oʻquv yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari va ijtimoiy nafaqalar oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirilsin.


2. 1999 yil 1 avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:


eng kam ish haqi - oyiga 1750 soʻm;

yoshga doir pensiya - oyiga 3340 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryad oyiga 1750 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 3340 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaka - oyiga 2025 soʻm miqdorida belgilansin.


3. 1999 yil 1 avgustdan boshlab barcha turdagi pensiyalarni oʻrta hisobda 1,4 baravar oshirish ularni amaldagi qonunchilikka asoslanib qayta hisoblashni koʻzda tutgan holda 1991 yil 1 yanvarga qadar hamda keyingi yillarda tayinlangan pensiyalar miqdorini tenglashtirishni hisobga olgan holda amalga oshirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Moliya vazirligi oʻn kun muddat ichida pensiyalarni qayta hisoblash tartibini ishlab chiqib tasdiqlasinlar hamda barcha turdagi pensiyalarni oshirishning muayyan miqdorini belgilasinlar.


4. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama qoʻshimchalarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar 1999 yil 1 avgustdan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdav mabla bilan ta’minlanadigan tashkilot va muassasalar mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining maoshlarini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.


6. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika davlat byudjeti va Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


7. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlashning bazaviy fondining belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat chiqimlarini kamaytirish hisobidan 1999 yil 1 avguyetdan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 25 noyabrdagi PF - 2144 Farmoni 7 bandi istisno qilingan holda oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                         I. Karimov