Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.1997 y. PF-1755-son "Ish haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.05.1997 y.

N PF-1755



ISh HAQI, PENSIYaLAR VA STIPENDIYaLARNING

MIQDORLARINI OShIRISh TOʻRISIDA


Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida:


1. 1997 yil 1 iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida:

ish haqining eng oz miqdori - oyiga 750 soʻm;

yoshga doir pensiyaning eng oz miqdori - oyiga 1400 soʻm;

fuqarolarning soliqqa tortilmaydigan daromadi eng oz miqdori - oyiga 750 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryadning eng oz miqdori - oyiga 750 soʻm miqdorida belgilansin.


2. 1997 yilning 1 iyulidan byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maхsus va hunar-teхnika bilim yurtlari oʻquvchilari stipendiyalarining miqdorlari oʻrta hisobda 1,5 baravar oshirilsin.


3. 1997 yil 1 iyuldan quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

- bolaligidan nogironlar uchun nafaqalar miqdori oyiga 1400 soʻm;

- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa va mehnatga qobiliyatsiz fuqarolar uchun nafaqalar miqdori oyiga 850 soʻm.


4. Ish haqiga ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, bolasi ikki yoshga toʻlgunga qadar uni parvarish qiluvchi onalarga, bolali oilalarga nafaqalar hamda eng oz ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar ushbu Farmonda koʻrsatilgan eng oz ish haqi miqdori asosida 1997 yil 1 iyuldan boshlab amalga oshiriladi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, byudjetdan pul bilan ta’minlanadigan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar mazkur Farmon qoidalariga asoslanib, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlari mansab maoshlarining miqdorlari oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.


6. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqini, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorini oshirish bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va Pensiya fondi hisobidan qoplansin.


7. Xoʻjalik hisobidagi korхonalar va tashkilotlar ish haqini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat хarajatlarini pasaytirish hisobidan mehnat haqi fondi doirasida oshirsinlar va bunda mazkur Farmon bilan belgilangan eng oz ish haqi koʻpaytirilishini ta’minlasinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 iyuldagi 1499-son Farmoni (9-bandi bundan mustasno) 1997 yil 1 iyuldan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1997 y., 4-5-son, 155-modda