Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.1996 y. PF-1650-son "Ish haqining eng oz miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.11.1996 y.

N PF-1650



ISh HAQINING ENG OZ MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Bolali oilalarga nafaqalarni va aholiga toʻlanadigan eng oz ish haqi miqdoriga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlarni oshirish maqsadida:


1. 1996 yil 1 dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining hududida ish haqining eng oz mnqdori oyiga 600 soʻm etib belgilansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga, pensiyalarga ustama va qoʻshimcha haqlarniag barcha turlari, shuningdek bolali oilalarga nafaqalar hamda eng oz ish haqi miqdoriga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar ushbu Farmonda belgilangan eng oz ish haqi miqdoriga asosan 1996 yilning 1 dekabridan boshlab amalga oshiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tashkilotlar va muassasalar 1996 yil 1 dekabrdan joriy etiladigan ish haqining eng oz miqdoridan kelib chiqqan holda ish haqi va pensiyalarga ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek bolali oilalarga nafaqalar hamda boshqa toʻlovlar oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.


4. Ish haqiga, pensiyalarga qoʻshimcha va ustama haqlarni oshirish, shuningdek nafaqalar va boshqa toʻlovlarni koʻpaytirish bilan boliq хarajatlar tegishli ravishda respublika davlat byudjeti, Ijtimoiy suurta fondi mablalari hamda korхonalar va tashkilotlarning oʻz mablalari hisobidan qoplansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlasin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1996 y., 10-son, 217-modda