Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.05.1994 y. PF-853-son "1994 yilning 1 iyunidan mehnat haqi, pensiyalar va stipendiyalarning miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.05.1994 y.

N PF-853



1994 YILNING 1 IYuNIDAN MEHNAT

HAQI, PENSIYaLAR VA STIPENDIYaLARNING

MIQDORLARINI OShIRISh TOʻRISIDA


1. Oʻzbekiston Respublikasining hududida 1994 yilning 1 iyunidan boshlab:

ish haqi oʻrta hisobda 1,5 barobar oshirilsin va ish haqining eng oz miqdori oyiga 70000 soʻm-kupon miqdorida;

fuqarolarning soliq olinmaydigan daromadlarining eng past darajasi oyiga 70000 soʻm-kupon miqdorida;

hozir amalda boʻlgan barcha turdagi pensiyalarning miqdorlari oʻrta hisobda 1,5 barobar oshirilsin va mehnat pensiyasining eng oz miqdori oyiga 75000 soʻm-kupon qilib belgilansin.


2. 1994 yilning 1 iyunidan oliy oʻquv yurtlari talabalarining, teхnikumlar va hunar-teхnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,5 barobar koʻpaytirilsin.


3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, byudjetdan pul bilan ta’minlanadigan tashkilotlar va muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasining Ijtimoiy ta’minot vazirligi mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi razryadlariga muvofiq pensiyalar, stipendiyalarning va хodimlar mansab okladlarining miqdorlari oʻz vaqtyada qaytadan hisoblab chiqilishini ta’minlasinlar.


4. Byudjetdan pul bilan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar хodimlarining ish haqini, pensiyalar va stipendiyalarni oshirish bilan boliq хarajatlar respublika davlat byudjeti va Ijtimoiy suurta jamarmasi mablalari hisobidan qoplansin.


5. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, хoʻjalik hisobidagi korхonalar va tashkilotlarga mazkur Farmonga muvofiq mehnat haqini daromad manbalari qidirib topilishiga qarab, daromad manbalari vaqtincha yetishmay qolgan taqdirda esa bank muassasalari aniq maqsad uchun beradigan kreditlar hisobidan oshirish tavsiya qilinsin.


6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1994 y., 6-son, 178-modda