Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 01.05.2002 y. 149-son "Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun biryoʻla beriladigan nafaqalar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

01.05.2002 y.

N 149



KEKSALAR VA MEHNATGA LAYoQATSIZ

FUQAROLAR, NOGIRON BOLALAR VA

BOLALIKDAN NOGIRONLARNING

DAFN MAROSIMI UChUN BIRYOʻLA

BERILADIGAN NAFAQALAR

TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 24 yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan "Qariyalarni qadrlash yili" davlat dasturiga muvofiq va aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida" 1994 yil 24 iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot choida nafaqa olgan shaхslarning dafn marosimi uchun 2002 yil 1 maydan boshlab eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida biryoʻla beriladigan nafaqa belgilansin.


2. Keksalar va mehnatga layoqsatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun biryoʻla beriladigan nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun biryoʻla beriladigan nafaqalarga soliq solinmaydi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda amaldagi idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                             I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 1 maydagi

149-son qaroriga

ILOVA



Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar,

nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning

dafn marosimi uchun biryoʻla beriladigan nafaqalar

tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Dafn marosimi uchun biryoʻla beriladigan nafaqani (keyingi oʻrinlarda "biryoʻla beriladigan nafaqa" deb yuritiladi) olish huquqiga Vazirlar Mahkamasining "Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida" 1994 yil 24 iyundagi 319-son qaroriga muvofiq hayot choida nafaqa olgan keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarni dafn etgan oila a’zolaridan biri yoki jismoniy shaхs ega boʻladi.


2. Biryoʻla beriladigan nafaqa mazkur Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan fuqarolar vafot etgan kunda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida tayinlanadi va toʻlanadi.


3. Biryoʻla beriladigan nafaqa, uni olish uchun fuqaro vafot etgan kundan boshlab 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda tayinlanadi.


4. Biryoʻla beriladigan nafaqani tayinlash toʻrisidagi ariza vafot etgan shaхs nafaqa oluvchi sifatida hisobda turgan tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimiga beriladi.

5. Biryoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak:

a) biryoʻla beriladigan nafaqa olish uchun fuqarolik holatlarini qayd etish organi tomonidan vafot etganlik toʻrisida berilgan ma’lumotnoma (asl nusхasi);

b) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining dafn etishning arizachi tomonidan amalga oshirilishini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi.


6. Biryoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻrisidagi arizani qabul qilish:

a) agar vafot etgan fuqaro nafaqa oluvchi sifatida tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimida hisobda turmagan boʻlsa;

b) nafaqa tayinlash yuzasidan ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan shaхslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy oʻtgandan keyin murojaat qilinganda;

v) ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan birortasi taqdim etilmaganda rad qilinadi.

Arizachi biryoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻrisidagi arizani qabul qilishning rad etilishi yuzasidan yuqori tashkilotga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.


7. Biryoʻla beriladigan nafaqa tayinlash toʻrisidagi ariza tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi ariza tushgandan keyin 3 kundan kechikmay koʻrib chiqiladi.

Biryoʻla beriladigan nafaqa tayinlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi qaroriga binoan rasmiylashtiriladi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi nafaqa tayinlash toʻrisida qaror chiqarilgandan keyin 3 kundan kechikmay tegishli qaror nusхasi bilan birgalikda bildirishnomani arizachining qoʻliga beradi yoki unga pochta orqali joʻnatadi.

9. Tuman (shahar) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi boʻlimi tayinlangan bir yoʻla beriladigan nafaqani nafaqa tayinlash toʻrisida ariza berilgan oydan keyingi oydan kechikmay toʻlaydi.

Arizachining хohishiga koʻra nafaqa aloqa boʻlimi orqali pochta joʻnatmasi tarzida yoki bankdagi omonatga oʻtkazish yoʻli bilan toʻlanadi.


10. Biryoʻla beriladigan nafaqalarni toʻlash byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshiriladi.


11. Biryoʻla beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va ulardan soliq puli ushlab qolinmaydi.


12. Biryoʻla beriladigan nafaqa toʻlash boʻyicha hisobga olish va hisobot berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  tomonidan belgilanadi.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 5, 22-modda.