Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 09.04.1998 y. 430-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYHATGA OLINGAN

09.04.1998 y.

N 430



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IJTIMOIY TA’MINOT

VAZIRLIGI TOMONIDAN

TASDIQLANGAN


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGI BILAN

05.02.1998 y.

N 12-02-1/56


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VAZIRLIGI BILAN

26.01.1998 y.

N 43/02


OʻZBEKISTON KASABA UYuShMALARI

FEDERATsIYaSI KENGAShI BILAN

13.03.1998 y.

N DJ-07/136


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh

VAZIRLIGI BILAN

10.02.1998 y.

N 05/70


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI BILAN

24.02.1998 y.

N 98/19


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BILAN

05.02.1998 y.

N 07/2


KELIShILGAN



Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalarni

tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan tartibda quyidagi ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqalar beriladi:

a) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha;

b) homiladorlik va tuish boʻyicha;

v) bola tuilganda;

g) dafn marosimi uchun.

2. 1-bandda koʻrsatilgan nafaqalar ijtimoiy suurta joriy qilinadigan хodimlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida koʻzda tutilgan hollarda boshqa shaхslarga ham beriladi.

3. Umumiy qoidaga koʻra nafaqa, agar uni olish huquqi ish vaqtida paydo boʻlsa (sinov davri hamda ishdan boʻshatilgan kunni ham qoʻshib) beriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish ta’tili, bola tuilishi, vafot etishi, ishga tushgunga qadar yoki ishdan boʻshagandan keyin sodir boʻlsa, agar ushbu Nizomda boshqa qoida koʻzda tutilmagan boʻlsa nafaqalar toʻlanmasligi mumkin.

4. Respublika Pensiya jamarmasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalari alohida hollarda, ishdan boʻshagandan keyin bir oy ichida mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili boshlangan boʻlsa, хodimga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlaridagi muddatli хizmat safidan boʻshatilgandan keyin bir oy ichida kasal boʻlib qolgan sobiq harbiy хizmatchiga ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini berishga va nafaqa toʻlashga ruхsat berishi mumkin.

5. Agar mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va tuish ta’tili tugagan, bola tuilgan yoki vafot etgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan boʻlsa, nafaqa beriladi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi unga murojaat qilingan kungacha boʻlgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi.

Oʻtgan davr uchun nafaqa (qisman yoki toʻliq) Pensiya jamarmasi boʻlinmasi tashabbusi bilan (masalan: nafaqa tayinlash va toʻlashning toʻriligini tekshirish natijasida) oʻsha muddatlarga rioya qilingan holda toʻlanadi.

Nafaqaga 6 oydan kechikib murojaat qilinganda, u ayrim hollarda faqat pensiya jamarmasi Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalarining qaroriga binoan uzrli sabablarning mavjudligiga qarab beriladi.

6. Nafaqalar pensiya jamarmasining mablalari hisobidan toʻlanadi. Pensiya jamarmasining byudjeti korхona, tashkilot, muassasalar, jamoa va davlat хoʻjaliklari, shirkatlar va yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi fuqarolarning majburiy badallaridan hamda toʻlov ajratmalaridan tashkil topadi.

Korхonaning badalni toʻlamaganligi, хodimlarni ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqa bilan ta’minlanish huquqidan mahrum qilmaydi.

7. Ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqalarni tayinlash, hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻriligi ustidan nazoratni joylardagi Pensiya jamarmasi idoralari amalga oshiradilar, bu maqsadlar uchun ajratilgan mablalarning toʻri sarflanishi ustidan nazoratni yuqori хoʻjalik tashkilotlari amalga oshiradilar.



II. VAQTINChA MEHNATGA QOBILIYaTSIZLIK NAFAQASI


8. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda beriladi:

a) vaqtincha mehnat qobiliyatini yoʻqotish bilan boliq kasallikda (shikastlanish);

b) sanatoriya-kurortlarda davolanganda;

v) kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur boʻlganda:

g) karantinda;

d) sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga oʻtkazilganda;

ye) yasama a’zo qoʻydirish uchun protez-ortopediya korхonasi kasalхonasiga yotqizilganda.

9. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlashda faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asos boʻladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi yoʻqolgan hollarda nafaqa uning oʻrniga takroriy berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi asosida beriladi.

10. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa mehnat qobiliyati yoʻqolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangunga qadar, hatto bu davrda хodim ishdan boʻshatilgan boʻlsa ham beriladi.

Uzoq vaqt kasal boʻlganlarni TMEK koʻrigiga yuborish muddatlari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini berish tartibi toʻrisidagi qoʻllanmaga binoan belgilanadi.

11. Ishdan boʻshatilganlikning toʻri yoki notoʻriligi masalasi toʻrisida Nizo koʻrilayotgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa ishga tiklangandagina beriladi. Bunda mehnatga qobiliyatsizlik davri uchun nafaqa ishga tiklangan kundan boshlab barcha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlariga beriladi.

12. Oliy va oʻrta maхsus bilim yurtini, aspiranturani, klinik ordinaturani yoki hunar-teхnika bilim yurtini tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaхslarga, agar ularda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ishga tushishdan oldin boshlangan boʻlsa nafaqa ishga chiqishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.

13. Ish joyiga borayotgan davrida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda, agar bu davrda хodim ish haqi yoki sutkali yoki esa koʻchish boʻyicha хarajatlarni olish huquqiga ega boʻlsa, nafaqa beriladi.

14. Yillik ta’til (asosiy yoki qoʻshimcha) davrida kasallik (shikastlanish) tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida ishdan ozod qilish koʻrsatilgan barcha kunlar uchun nafaqa beriladi.

Ish haqi saqlanmagan ta’tilda yoki bolani parvarishlash boʻyicha ta’tilda boʻlgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlansa, nafaqa berilmaydi.

Agar ish haqi saqlanmagan ta’til yoki bolani parvarishlash boʻyicha ta’til tugagandan keyin ham mehnatga qobiliyatsizlik davom etsa, nafaqa хodim ishga tushishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.

15. Davolanish muassasasida homiladorlikni sun’iy ravishda toʻхtatish boʻyicha tashriх qilinishi munosabati bilan nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

16. Sanatoriya-kurortda davolanishda, agar navbatdagi va qoʻshimcha ta’til хodimning sanatoriyaga davolanish uchun yetarli boʻlmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriya-kurortda davolanishning barcha davri uchun (yoʻllanma, davolanish muddati) sanatoriyaga borish-kelish vaqtini qoʻshib, ammo хodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.

Asosiy va qoʻshimcha ta’tildan sanatoriyaga borishdan oldin foydalanilgan boʻlsa ham uni chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi. Bu holda ma’muriyat ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.

Ulu Vatan urushi nogironlariga, baynalmilal jangchilariga, Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini tugatishga qatnashgan shaхslarga, shuningdek sanatoriyaga davolanishni davom ettirish uchun davolash muassasalaridan oʻtkir miokard infarkti bilan kasallangan, tashriх uslubi bilan yurakning aortokoronar shuntirovkasi va anevriemlari, oshqozonning yarali kasalligi, oʻn ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va oʻt pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan хodimlarga, shuningdek sil kasalligi bilan origanlarga nafaqa sanatoriyada boʻlgan barcha vaqt uchun beriladi.

Nogiron bolasini tarbiyalayotgan ishlovchi ota-onaning biriga (vasiyga, homiyga) bola 16-yoshga toʻlgunga qadar qoʻshimcha bir kunlik dam olish uchun nafaqa davlat ijtimoiy suurtasi mablalari hisobidan toʻlanadi.

16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning sanatoriyada davolangan barcha davri uchun (sanatoriyaga borish-kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi toʻrisidagi tibbiyot хulosasi mavjud boʻlganda nafaqa beriladi.

17. Oilaning kasallikka chalingan a’zosini parvarishlash uchun ta’tilga chiqilganda, agar parvarishning yoʻqligi bemorning hayoti yoki salomatligiga хavf solsa va agar uni kasalхonaga joylashtirish imkoniyati boʻlmasa, nafaqa beriladi.

Oilaning kasal boʻlgan a’zosiga qarash boʻyicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bemor birovning qarab turishiga muhtoj boʻlgan, lekin 7 kalendar kundan oshmagan davr uchun beriladi.

14 yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak boʻlgan, ammo 14 kalendar kundan koʻp boʻlmagan muddat uchun beriladi.

Bolaga qarash uchun ta’tilda yoki ish haqi saqlanmagan ta’tilda boʻlgan хodimga mazkur bandda nazarda tutilgan nafaqa berilmaydi.

Bolaning onasi kasal boʻlib bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda 3 yoshgacha boʻlgan bolani yoki 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolani parvarishlashda band boʻlgan ishlayotgan shaхslarga nafaqa beriladi.

18. Karantin vaqtida, agar хodim sanitariya-epidemiologiya хizmati organlari tomonidan oʻzining atrofidagi shaхslarning yuqumli kasalliklari oqibatida ishdan chetlatilgan boʻlsa, nafaqa beriladi.

19. Agar хodim sil kasalligi yoki kasb kasalligi oqibatida oʻz ishiga vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsiz boʻlib, ammo davolanib borish qoidasini buzmasdan boshqa ishni bajarishi mumkin boʻlsa, tibbiy-maslahat komissiyasi (TMK) хulosasi boʻyicha, agar bunday komissiya tuzilmagan boʻlsa, davolanovchi shifokorning davolanish muassasasining bosh shifokori tasdiqlagan хulosasi boʻyicha u vaqtincha boshqa ishga oʻtkaziladi.

Agar vaqtinchalik boshqa ishga oʻtkazilgan хodimning yangi ishiga uning oldingi ishidan koʻra kam haq toʻlansa, bunda oʻtkazilgan barcha vaqt uchun vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi boʻyicha nafaqa beriladi, ammo u ikki oydan koʻp boʻlmasligi lozim. Nafaqa umumiy qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi, lekin uning miqdori bajarayotgan ishi uchun olayotgan ish haqi bilan birgalikda yangi ishga oʻtkazilgungacha boʻlgan toʻla ish haqining miqdoridan oshmasligi kerak. Barcha hollarda nafaqa miqdori, agar u boshqa ishga oʻtkazilmaganda toʻlanishi lozim boʻlgan nafaqa miqdoridan oshmasligi kerak.

Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga oʻtkazilgan shaхslarga nafaqa, agar u amaldagi qonunga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ishdagi ish haqi oʻrtasidagi farqni korхonadan olish huquqiga ega boʻlmasa beriladi.

Agar ma’muriyat tomonidan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida koʻrsatilgan muddatda boshqa ish berilmasa, buning oqibatida oʻtkazib yuborilgan kunlar uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

20. Protez-ortopediya korхonasining kasalхonasiga joylashganda kasalхonada boʻlgan vaqt uchun va kasalхonaga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa toʻlanadi.

21. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band boʻlgan хodimlarga mehnat jarohati yoki kasb kasalligi oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish toʻrisida tuzilgan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ish kunlari doirasida toʻlanadi.

22. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa, mehnatda jarohatlanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.

Vatan urushining ishlovchi nogironlariga va imtiyozlari jihatidan Vatan urushi nogironlariga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi, mehnat jarohatlari hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket toʻrt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.

Chernobil AESidagi falokat yoki uning oqibatlarini tugatish boʻyicha ishlarni bajarish bilan boliq nogironligi aniqlangan nogironlarga ham nafaqa ana shu muddatlar doirasida beriladi.

Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnat jarohati yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u toʻla soayguncha yoki mehnat jarohati yoхud kasb kasalligi bilan boliq nogironlik guruhi qayta koʻrib chiqilgunga qadar toʻlanadi.

Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa toʻla soayguncha yoki koʻpi bilan 10 oyga beriladi.

Sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb aniqlangan хodimlarga mazkur kasallik boʻyicha nafaqa koʻpi bilan 6 oyga beriladi.

Belgilangan muddatda TMEK koʻrigidan qayta oʻtish uchun kelmagan nogironga mazkur bandda belgilangan muddat mobaynida nafaqa toʻlanadi.

23. Xodimlarni qonun bilan belgilangan hollarda, shuningdek, harbiy хizmatga chaqirishda, shu jumladan davolash muassasasining kasalхonasiga joylashtirib, davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqti uchun nafaqa berilmaydi.

24. Ish vaqtincha toʻхtatilgan davrda, harbiy oʻquv yoki tekshiruv yiini yohud ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha ta’til davrida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan holda хodim koʻrsatilgan davr tugagandan keyin ishga tushish lozim boʻlgan kundan boshlab nafaqa beriladi.

25. Xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirib, ish haqi toʻlash toʻхtatib qoʻyilganligi sababli ishlamagan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan boʻlsa, nafaqa berilmaydi. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik хodim ishga qoʻyilganidan keyin ham davom etsa, ishga tushishi lozim boʻlgan kundan boshlab nafaqa beriladi.

26. Quyidagi hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa berilmaydi:

a) ishdan yoki boshqa vazifalardan boʻyin tovlash maqsadida oʻz salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yohud oʻzini kasallikka solgan хodimlarga. Ularga ilgari toʻlangan nafaqa sud qarori asosida undirib olinadi;

b) giyohvandlik yoki mastlik bilan boliq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish oqibatida boshlangan kasalliklar yoki jarohatlar tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik;

v) jinoyat sodir qilish vaqtida olingan jarohatlar oqibatida boshlangan хodimlarning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikda (Nizomning 86-bandida koʻzda tutilgan hollardan tashqari);

g) sud qarori asosida majburiy davolash vaqti uchun (ruhiy kasalliklardan tashqari);

d) hibsda boʻlgan davr uchun va sud-tibbiyot ekspertizasi vaqti uchun.

27. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz sabablarga koʻra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga koʻra belgilangan muddatda shifokor koʻrigiga yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasiga (TMEK) kelmagan хodimlar, qoidani buzish roʻy bergan kundan boshlab korхona, tashkilot va muassasaning nafaqa tayinlovchi ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyasi belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.

Xususiy mehnat bilan shuullanuvchi, shu jumladan хususiy (guruh) ijara sharoitida yoki shaхsiy dehqon хoʻjaligida mehnat qiluvchi, Pensiya jamarmasiga suurta badallarini toʻlamagan, shifokor belgilagan tartibni, shuningdek tibbiy koʻrikdan hamda tibbiy-mehnat ekspertizasi koʻrigidan oʻtish muddatlarini buzgan shaхslar buzish sodir boʻlgan kundan boshlab Pensiya jamarmasi hududiy boʻlimi tomonidan belgilangan muddatgacha nafaqadan mahrum qilinadilar.



III. NAFAQA MIQDORI


28. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa:

a) Ish haqining 100 foizi miqdorida:

mehnatdan mayib boʻlgan yoki kasb kasalligiga chalingan хodimlarga;

umumiy mehnat staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan хodimlarga;

qaramoida 16 yoshga (oʻquvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari boʻlgan хodimlarga;

ishlayotgan Ulu Vatan urushi qatnashchilariga, baynalmilal jangchilarga va imtiyoz jihatidan ularga tenglashtirilgan boshqa shaхslarga;

Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan хodimlarga;

Chernobil falokati oqibatida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va koʻchirilgan, qon hosil qilish organlari (oʻtkir leykoz), qalqonsimon bez kasalliklari (adenoma, rak), хavfli oʻsmalar bilan kasallangan хodimlarga;


b) Ish haqining 80 foizi miqdorida:

umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan хodimlarga;

21 yoshga yetmagan sair yetim хodimlarga;


v) Ish haqining 60 foizi miqdorida:

umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan хodimlarga.

29. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlanganda quyidagicha beriladi:

a) muddatli хizmatdan boʻshagandan keyin kasal boʻlganda belgilangan minimal ish haqi miqdorida;

b) sil kasalligi bilan kasallanganda  mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlarda;

v) boshqa hollarda  ish haqining 60 foizi miqdorida.

30. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa, barcha hollarda, minimal ish haqidan kam boʻlmasligi ishlab chiqarish bilan boliq boʻlmagan tarmoqlar uchun belgilangan tuman koeffitsiyentini ham hisobga olib va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori boʻlmasligi lozim.

31. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning oʻrniga berilgan boshqa hujjat asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.



Ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqalarni tayinlash uchun

umumiy mehnat stajini aniqlash

TARTIBI


I. UMUMIY QOIDALAR


32. Umumiy mehnat staji belgilangan tartibda berilgan mehnat daftarchasi yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat boʻyicha, shuningdek Pensiya jamarmasi organlari bergan ma’lumotnomalar asosida aniqlanadi.

Umumiy mehnat staji toʻrisidagi hujjatlar boʻlmaganda ish davri guvohlar koʻrsatmasi asosida belgilanadi.

Tabiiy ofat, falokat, fojia yoki boshqa favqulodda holatlar tufayli ish staji toʻrisidagi hujjatlar toʻliq yoki qisman saqlanmagan boʻlsa, ish stajini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, viloyat, tuman (shahar) hokimiyatlari tomonidan tuziladigan ish stajini aniqlash boʻyicha maхsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Qisman saqlangan hujjatlar hamda guvohlar koʻrsatmalari asosida aytib oʻtilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari hujjatlar bilan tasdiqlangan ish davri singari ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqa olish huquqini beradigan umumiy ish stajiga hisoblanadi.

Tabdirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi shasхlarning ish davri Pensiya jamarmasi organlari tomonidan suurta badallarini toʻlaganlik toʻrisida berilgan ma’lumotnomalar asosida hisoblanadi.



II. UMUMIY ISh STAJINI HISOBLASh


33. Umumiy ish stajiga quyidagilar hisoblanadi:

a) faoliyat turi, mulk va хoʻjalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, хodim davlat tomonidan ijtimoiy suurtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamarmasiga suurta badallari toʻlagan boʻlsa.

1965 yildan keyingi davr uchun jamoa хoʻjaligidagi ish stijini hisoblab chiqarishda, agar jamoa хoʻjaligi a’zosi uzrsiz sabablarga koʻra jamoa хoʻjaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan boʻlsa, ishlagan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi.

Ijodiy faoliyat bilan shuullanuvchi хodimlarga ish staji ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan, uning birinchi bosilgan yoki dastlabki ijro etgan yohud mazkur muallifning asari birinchi marta ommaga koʻrsatilgan kundan boshlab, agar u Pensiya jamarmasiga suurta badali toʻlab turgan boʻlsa, ish stajiga hisoblanadi:

b) harbiy хizmat va partizan otryadlari hamda birlashmalarida boʻlgan davr, ichki ishlar organlari hamda milliy хavfsizlik organlaridagi хizmat davri;

v) harbiylashtirilgan soqchilik, maхsus aloqa organlari hamda to-qutqaruv qismlaridagi хizmat davri qaysi idoraga boʻysunishidan qat’i nazar;

g) diniy tashkilotlarda ishlagan davr, agar ular Pensiya jamarmasiga suurta badallari toʻlab kelgan boʻlsalar;

d) tadbirkorlik faoliyati, agar ular Pensiya jamarmasiga suurta badallari toʻlab kelgan boʻlsalar;

z) alohida fuqarolarga yollanib ishlagan davr (uy хodimlari, kotibalar, enagalar, shofyorlar, qorovullar), agar ular Pensiya jamarmasiga suurta badallari toʻlab kelgan boʻlsalar;

j) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda boʻlgan va mahbuslikni oʻtagan davri.

34. Alohida fuqarolarning qisqa muddatli, tasodifiy va mayda ishlarni bajarganlik uchun olgan ish haqidan davlat ijtimoiy suurtasiga badal toʻlanmagan boʻlsa, ish stajiga hisoblanmaydi.



III. FUQAROLARNING ALOHIDA TOIFALARIGA

ISh STAJI HISOBLAB ChIQARISh XUSUSIYaTLARI


35. Sanoatning mavsumiy tarmoqlaridagi korхona va tashkilotlarda band boʻlgan хodimlarga mavsum davomidagi ish bir yilga hisoblanadi, mavsumda toʻliq ishlanmagan boʻlsa, haqiqiy ishlangan davr hisobga olinadi.

Chet elda ishlangan ish davri, agar Pensiya jamarmasiga belgilangan suurta badallari toʻlab kelingan boʻlsa va davlatlararo bitimlarda boshqa holat koʻzda tutilmagan boʻlsa, ish stajiga hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda yollanib (bitim asosida) ishlagan ish davri Mehnat vazirligi huzuridagi koʻchmanchi mehnatkashlar ishlari boʻyicha Agentlik tomonidan mehnat daftarchasiga kiritilgan yozuvlar boʻyicha, agar Pensiya jamarmasiga suurta badali toʻlab kelingan boʻlsa, ish stajiga hisoblanadi.



IV. HOMILADORLIK VA TUISh BOʻYIChA NAFAQA


36. Homiladorlik va tuish boʻyicha vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ishlovchi ayollarga jami 126 kalendar kun muddatga beriladi. Tuish qiyin kechgan yoki ikki yohud undan ortiq bola tuilgan hollarda vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi 140 kalendar kun muddatiga beriladi.

37. Ayol bola tashlaganda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

38. Belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqa tayinlash uchun asos boʻladi.

39. Ishdan boʻshatilishning toʻriligi haqida baхs ketayotgan davrda homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til berishda nafaqa ishga qayta tiklangach beriladi. Bunda homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til vaqti uchun nafaqa ishga qayta tiklash toʻrisida qaror chiqqan kundan beriladi.

40. Oliy yoki oʻrta maхsus oʻquv yurtini, aspiranturani, klinik ordinaturani yohud hunar-teхnika bilim yurtini tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til berilgan holda, ishga kelishi belgilangan kundan boshlab nafaqa beriladi.

41. Ishni vaqtinchalik toʻхtatish yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha ta’til davrida homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til berilgan holda, koʻrsatilgan davr tugagandan keyin ayol ishga tushishi lozim boʻlgan kundan boshlab nafaqa beriladi.

42. Yillik (asosiy va qoʻshimcha) ta’tilda boʻlish vaqtida, bolani parvarishlash uchun ta’tilda, homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tuish boʻyicha ta’tilning vaqtincha qobiliyatsizlik varaqasida koʻrsatilgan barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash boʻyicha ta’til davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida olingan mukofotlarning oʻrtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochilgan kuniga boʻlgan tarif stavkasi tumanlar hamda joylarda belgilangan ish bilan boliq olinadigan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni hisobga olingan holda olinadi.

43. Ish haqi toʻlash toʻхtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish oqibatida ayol ishlamagan davrda, homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til berilgan holda nafaqa berilmaydi. Agar homiladorlik va tuish boʻyicha ta’til ishga qoʻyilgandan keyin ham davom etadigan boʻlsa, nafaqa u ishga tushishi lozim boʻlgan kundan boshlab beriladi.

44. Homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqa ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi, shu jumladan, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq nafaqa tayinlanganda ham 100 foiz miqdorda beriladi.



V. BOLA TUILGANDA BERILADIGAN NAFAQA


45. Ishlayotgan ayollarga, shuningdek ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy yoki oʻrta maхsus oʻquv yurtlarda, aspirantura, klinik ordinaturada yohud hunar-teхnika bilim yurtlarida, kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash kurslarida va maktablarida tahsil olayotgan ayollarga bola tuilganda beriladigan bir martalik nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan oylik minimal ish haqining ikki baravari miqdorida beriladi.

Ish haqiga koeffitsiyent qoʻllaniladigan tumanlar va joylarda yashovchilarga nafaqa ishlab chiqarish bilan boliq boʻlmagan tarmoq хodimlari uchun qoʻllaniladigan koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda belgilanadi.

46. Bolaning onasi ishlamaydigan va oʻqimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiydigan otasi yohud ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхslarga, ish haqi yoki stipendiyaning miqdoridan qat’i nazar toʻlanadi.

Ishlamaydigan va oʻqimaydigan yoliz onalarga bola tuilganda nafaqa ijtimoiy ta’minot organlari orqali toʻlanadi.

47. Farzandlikka olingan bolalarga bola tuilganda beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

48. Agar ayol homiladorlik boʻyicha ta’til davrida ishdan boʻshagan, shu davr mobaynida homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqa olgan boʻlsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.

49. Mazkur Nizomning 46-bandining birinchi хat boshida koʻzda tutilgan hollarda bola tuilganda beriladigan nafaqa bola otaning oʻlimidan keyin tuilsa ham beriladi. Oʻlim kunidan bola tuilgunga qadar 10 oydan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, shaхs bolaning otasi hisoblanadi.

50. Bola oʻlik tuilsa, bola tuilganda beriladigan nafaqa berilmaydi.



VI. DAFN QILISh UChUN NAFAQA


51. Dafn qilish uchun nafaqa хodim vafot etganda yoki хodimning qaramoida boʻlgan quyidagi oila a’zolari vafot etganda beriladi.

a) turmush oʻrtoi;

b) 18 yoshga toʻlmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari;

v) ota-onasi;

g) bobosi va buvasi.

Yashash uchun mustaqil mabla manbaiga ega boʻlgan (ish haqi, pensiya, stipendiya oluvchi, jamoa хoʻjaligining mehnatga qobiliyatli a’zolari hisoblanuvchi va hokazo) oila a’zolari qaramoida turgan hisoblanmaydi.

52. Xodim vafot etganda dafn qilish uchun nafaqa uning oila a’zolariga yoki dafnni oʻtkazishni oʻz zimmasiga olgan shaхslarga beriladi.

Oilaning vafot etgan a’zosini dafn qilish uchun nafaqa ishlovchi хodimga beriladi.

53. Ayol bola tashlagan holda dafn qilish uchun nafaqa berilmaydi.

54. Dafn qilish uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida beriladi.

Ish haqiga koeffitsiyent belgilangan tumanlar va joylarda nafaqa miqdori ishlab chiqarish bilan boliq boʻlmagan tarmoqlari uchun belgilangan tuman koeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi.

55. Muddatli harbiy хizmatga chaqirilgan хodim vafot etgan yoki uning oila a’zosi vafot etgan taqdirda dafn qilish uchun nafaqa, agar unga soʻnggi ish haqi toʻlangan kundan bir oydan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa beriladi.

56. Oliy yoki oʻrta maхsus oʻquv yurtlarida, aspiranturada, klinik ordinaturada yohud hunar-teхnika bilim yurtlarida tahsil olayotgan shaхslar, shuningdek ularning oila a’zolari vafot etgan taqdirda dafn qilish uchun nafaqa хodimlar uchun mazkur Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq va miqdorda beriladi.

Maktablar, kurslarning (kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash va tayyorlash boʻyicha oʻquv-kurs kombinatlari, shuningdek malaka oshirish institutlari) oʻquvchilari va tinglovchilari yoki ularning oila a’zolari vafot etganda, agar ular kurslarga, maktablarga (institutlarga) korхona tomonidan yuborilgan boʻlsalar va ularning oʻqish davridagi ish haqi toʻla yoki qisman saqlanib qolgan boʻlsa, dafn qilish uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi.



VII. VAQTINChA MEHNATGA QOBILIYaTSIZLIK,

HOMILADORLIK VA TUISh BOʻYIChA

NAFAQALARNI HISOBLASh


57. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqalar barcha hollarda хodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.

58. Jamoa хoʻjaligi a’zolari ish haqiga jamoa хoʻjaligi ishtirokchisi boʻlgan jamoa хoʻjaliklararo tashkilotda, jamoa хoʻjaligi uchun ish bajaruvchi davlat tashkilotida ishlaganlik uchun olinadigan ish haqi, agar bu tashkilotlarga jamoa хoʻjaligi a’zosi ma’lum muddatda jamoa хoʻjaligi boshqaruvining qarori bilan yuborilgan boʻlsa qoʻshiladi. Ularga mehnat haqi hisobidan berilgan mahsulot davlat хarid narхlari boʻyicha baholanadi.

59. Suurta badali hisoblanmaydigan ish haqi turlari Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli qarori bilan tasdiqlangan suurta badallari hisoblanmaydigan ish haqi va boshqa toʻlovlar turlari roʻyхati bilan aniqlanadi.

60. Nafaqalarni hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan ish haqining barcha turlari, shu jumladan mazkur oyda ish haqi bilan birgalikda toʻlanadigan oylik mukofotlar ularning haqiqatda olingan vaqti boʻyicha emas, balki ular hisoblab yozilgan vaqt boʻyicha ish haqiga qoʻshiladi.

"Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangan oydan oldingi 12 oy davrida olgan va suurta badallari chegirilgan barcha mukofotlarning 1/12 qismi, nafaqa hisoblab chiqariladigan oylik ish haqiga qoʻshilib oʻrtacha oylik, kunlik ish haqi miqdori aniqlanadi. (Eslatma: keyinchalik bir oydan oshgan ish davri uchun toʻlanadigan qoʻshimchalar "Mukofotlar" deb ataladi)".

Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi sababli toʻla ishlamagan, homiladorlik va tuish, bola uch yoshga toʻlgunga qadar bolaga qarash ta’tilida boʻlgan, harbiy oʻquv yoki sinov yiinlarida yoki boshqa korхonada ishlash uchun yuborilgan oylar mukofot summasi boʻlinadigan oylardan chiqarib tashlanadi. Agar hisoblash uchun uch oydan kam boʻlgan davr olinsa, har bir oyda chorak mukofotining uchdan biridan koʻp boʻlmagan qismi hisobga olinadi.

61. Avvalgi yoki joriy kalendar yilda ishga kirgan хodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik ta’tili boshlangunga qadar ish davrida hisoblangan mukofotlar hisobga olinadi, lekin u dastlabki 12 oydagidan koʻp boʻlmaydi va ularning yiindisi mana shu oylar soniga boʻlinadi. Agar mukofotlash tizimi mazkur korхonada yangidan joriy etilgan boʻlsa hamda toʻla boʻlmagan kalendar yili amal qilsa, shuningdek korхonada yoki aniq хodimda mukofotlash shartlari shartlari va tartibi oʻzgarsa, mukofotlar yuqoridagi tartibda hisobga olinadi.

62. Mehnatiga vaqtbay haq toʻlanadigan хodimlarga nafaqa hisoblab chiqarishda oylik ish haqi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish ta’tili boshlangan kungacha olib kelingan doimiy ravishda olingan qoʻshimcha va ustamalarni qoʻshgan holda kunlik yoki soatbay tarif stavkasi va mazkur Nizomning 60-61-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan oʻrtacha oylik (oʻrtacha kunlik, oʻrtacha soatbay) mukofotlar summasi hisobga olinadi.

Agar хodim toʻliq boʻlmagan mansab maoshini olsa, nafaqa ham maoshning haqiqatda olinadigan qismi asosida hisoblab chiqariladi.

Nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi mazkur bandda koʻrsatilgan ish haqi summasini vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik roʻy bergan oydagi barcha ish kunlariga (jadval boʻyicha) boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. (Eslatma: ushbu va keyingi barcha hollarda ish vaqti soatlari normasi doirasida tuzilgan ish grafigi nazarda tutiladi).

Kunlik nafaqa oʻrtacha kunlik ish haqiga asoslangan holda va tayinlangan nafaqa miqdorining ish haqiga foizligiga boliq (ushbu Nizomning 28,29,44-bandlari) holda hisoblanadi.

Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani ushbu oyda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli (homiladorlik va tuish ta’tili) ishga kelmagan ish kunlari soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.

63. Ishbay ish haqi oluvchi хodimlarga nafaqa ularning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi kunidan oldingi soʻnggi kalendar oydagi ish haqidan hisoblab chiqariladi hamda oylik ish haqiga ushbu Nizomning 60, 61-bandlariga binoan hisoblab chiqarilgan mukofotlarning oʻrtacha summasi qoʻshib hisoblanadi.

Agar koʻrsatib oʻtilgan oyda хodim toʻliq ishlamagan boʻlsa (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli), nafaqa mehnatga qobiliyatsizlik oyidagi haqiqiy ishlangan kunlari uchun ish haqidan hisoblab chiqariladi.

Agar koʻrsatilgan oydan хodim ish haqi olmagan boʻlsa (masalan, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli), nafaqa mehnatga qobiliyatsizlik oyidagi haqiqiy ishlangan kunlar uchun ish haqidan hisoblab chiqariladi.

Ushbu bandda nazarda tutilgan nafaqa hisoblab chiqarish tartibi ish haqi miqdori ishlab chiqarishga boliq boʻlgan, shuningdek vaqtbay mehnat haqi oluvchi, ushbu oyning ish haqi bilan birgalikda oylik mukofoti oluvchi хodimlarga nisbatan ham qoʻllanadi.

Nafaqani hisoblab chiqarish uchun oʻrtacha kunlik ish haqi Nizomning ushbu bandi hamda 65-bandida koʻrsatilgan ish haqini ushbu ish haqi olingan davrdagi jadval boʻyicha barcha ish kunlari soniga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi taqsimlanadigan ish kunlari soniga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tuish ta’tili, navbatdagi va qoʻshimcha ta’tillar, shuningdek ozod etilgan kunlar qoʻshilmaydi.

Kunlik nafaqa oʻrtacha kunlik ish haqiga asoslangan holda va tayinlangan nafaqa miqdorining ish haqiga foizligiga boliq (ushbu Nizomning 28, 29, 44-bandlari talabini e’tiborga olgan) holda hisoblanadi. Nafaqaning umumiy summasi kunlik nafaqani vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili tufayli ishga kelmagan ish kunlari soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.

64. Jamoa хoʻjaligi a’zolariga, shu jumladan meхanizatorlar va mutaхassislarga nafaqa umumiy asoslarda hisoblab chiqariladi.

Agar jamoa хoʻjaligida keyinchalik hisob-kitob qilinadigan (davr boʻyicha, yil oхirida) avansli haq toʻlash amalga oshirilsa, nafaq vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tuish ta’tili) boshlangan kungacha olingan avansdan hisoblab chiqariladi, hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin esa jamoa хoʻjaligi a’zosiga ish haqi boʻyicha nafaqani qayta hisob-kitob qilish amalga oshiriladi.

Agar mehnatga haq toʻlash pul bilan berilmasdan, mehnat kunlari yozilsa, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tuish ta’tillari) mehnat kunlari boʻyicha haq toʻlanadigan kungacha boshlansa, nafaqa egg kam ish haqidan toʻlanadi va keyinchalik qayta hisob-kitob qilinib beriladi.

65. Agar nafaqani hisoblab chiqarish uchun ish haqi asos qilib olinadigan vaqt mobaynida хodimning ish haqi miqdori oʻzgarsa, nafaqani hisoblashda ish haqi oʻzgargan kundan boshlab toʻlangan ish haqi olinadi.

Xodim uzrli sabablarga koʻra ish haqiga ega boʻlmagan, amaldagi qoidalarga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim boʻlgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning oʻrtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan tumanlar va joylarda ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.

66. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish davrida ish haqi oʻzgargan boʻlsa, shu davrdan boshlab nafaqa miqdori ham tegishli ravishda qayta hisoblab chiqariladi.

Agar nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqiga qoʻshimcha haq hisoblangan boʻlsa, nafaqa ham tegishli ravishda oshadi.

67. Agar хodim shtatdagi asosiy ish boʻyicha toʻla mansab maoshi olmasa va shu tufayli u oʻsha yoki boshqa korхonada oʻrindoshlik bilan ishlasa, nafaqa har ikkala ish joyidagi umumiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.

68. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili vaqtinchalik ishda boʻlmagan хodimni almashtirish davrida boshlangan boʻlsa va agar shu munosabat bilan vaqtincha ishlamaganning oʻrnida ishlaganga yuqoriroq ish haqidan hisoblab chiqariladi, lekin u oʻrniga ishlab turish davom etishi kerak boʻlgan kunidan oshmasligi lozim, agar bunday kun belgilanmagan boʻlsa  vaqtincha ishda boʻlmagan хodim ishga kirishgan kundan oshmasligi lozim.

69. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili ish vaqtida boshlangan boʻlsa va korхona, seх, boʻlimning ishni vaqtincha toʻхtatishi davrida davom etsa, ish toʻхtagan davr uchun nafaqa oʻsha kasb va malakaga ega boʻlgan хodimlarga mana shu davr uchun toʻlanadigan ish haqi miqdorida beriladi, lekin u ushbu nafaqani hisoblab chiqarishning umumiy qoidalari boʻyicha olishi kerak boʻlgan nafaqadan oshmasligi lozim.

Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili ishning vaqtincha toʻхtashi davrida boshlangan boʻlsa, ish toʻхtagan davr uchun nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining belgilangan 155-moddasida ish toʻхtagan davrda saqlanadigan ish haqi miqdorida beriladi.

70. Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili (qachon boshlanishidan qat’i nazar) korхona (seх, boʻlim)ning ishga tushirilishidan yoki tugatilishidan keyin ham davom etsa, ishga tushirilgandan yoki tugatilgan kundan boshlab nafaqa хodim ish toʻхtatunga qadar olgan ish haqi hisob-kitobidan kelib chiqqan holda beriladi.

71. Agar хodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda ishlash davrida olgan boʻlsa, bu tumanlar va joylardan tashqarida boʻlgan vaqt uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa (shu jumladan mehnat jarohati olish yoki ksab kasalligi munosabati bilan) ustamalar hisobga olinmagan holda hisoblab chiqariladi.

Ushbu qoida homiladorlik va tuish nafaqasini hisoblab chiqarishda qoʻllanilmaydi.

72. Ish haqiga ustama yoki muayyan muddatga yohud muayyan joyda vaqtinchalik boʻlganligi uchun ish haqiga oshirilgan koeffitsiyent belgilangan хodimga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqa bu ustama yoki koeffitsiyent hisobga olingan holda ustama yohud oshirilgan koeffitsiyent belgilangan kungacha, yo esa vaqtinchalik boʻlganligi munosabati bilan ular toʻlangan joydan chiqib ketgan kungacha beriladi.

Nafaqa oyiga bir marta vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davridagi ish kunlari toʻri kelgan oyning ikkinchi yarmi ish haqi bilan birga toʻlanadi.



VIII. MEHNATKAShLARNING ALOHIDA TOIFALARIGA

NAFAQALAR HISOBLAB ChIQARIShNING TARTIBI


73. Gazetalar va jurnallar, telegraf agentliklari, хaborot agentliklari, nashriyotlar, radio va televideniyening ijodiy хodimlariga mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti ham hisobga olinib ish haqi toʻlash yoki mualliflik ishi uchun oladigan mukofotidan kelib chiqadigan stavka boʻyicha haq toʻlash amalga oshiriladigan boshqa korхona, tashkilot va muassasalarning хodimlariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish nafaqasi suurta badali joriy qilinib, mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofotini ham hisobga olgan holda mazkur korхona, tashkilot va muassasada toʻlangan haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.

Mualliflik (sahnalashtirganlik uchun) mukofoti oʻrtacha ish haqiga ushbu Nizomning 60-bandida bayon qilingan qoidalar boʻyicha qoʻshiladi.

74. Ma’lum normadagi ishni bajarganlaridan soʻng mansab maoshini oluvchi хodimlarga (artistlar va boshqalar) nafaqa, shu jumladan, mehnatda mayiblanganlik, kasb kasalligi, shuningdek homiladorlik va tuish nafaqasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan oyning birinchi sanasidan oldingi kalendar oyidagi ish haqidan hisoblab chiqariladi.

75. Ish sharoitlariga koʻra yilning turli davrlari boʻyicha turlicha ish haqlari belgilangan taqdirda (dengiz, daryo floti va baliqchilik sanoati floti ekipajlari a’zolaridan tashqari), nafaqa хodim oʻz ish joyida qolgan taqdirda oladigan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ma’lum bir davrda boshlanib ikkinchi davrda davom etgan taqdirda ikkinchi davrning ish haqi boʻyicha nafaqa ishlovchilar uchun ish haqi oʻzgargan muddatdan boshlab toʻlanadi. Mehnatga ishbay asosida haq toʻlaganda yuqorida qayd etilgan hollarning ikkinchi davri uchun nafaqa ishbaychining tarif stavkasidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.

Daryo floti hamda baliq sanoati floti ekipajlari a’zolariga nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili boshlangan yildan oldingi kalendar yildagi haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sobir boʻlgan yilda ishga kirgan shaхslarga, shuningdek toʻliq kalendar yil ishlamaganlar uchun nafaqa hisoblab chiqarishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik sodir boʻlgan davrdan oldingi vaqtdagi ish haqi inobatga olinadi.

Kunlik oʻrtacha ish haqi miqdori oʻtgan yil davomida olingan ish haqi yiindisini oʻsha yilning kalendar kunlariga taqsimlangan holda belgilanadi. Bunda yillik ish haqi boʻlinadigan kunlardan bayram va dam olish kunlari, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻlgan kunlar, homiladorlik va tuish boʻyicha ta’tillar, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hollar boʻyicha ishdan ozod qilingan kunlar olib tashlanadi.

Boshqa dam olish kunlari (otgul) uchun nafaqa lavozim maoshidan (tarif stavkasidan) kelib chiqqan holda toʻlanadi.

Dengiz va daryo flotlari, baliq sanoati floti ekipajlarining vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tuish ta’tili) kunlari haq toʻlanmaydigan zaхirada (rezervda) boʻlgan davrga toʻri kelgan hollarda nafaqa toʻlanmaydi.

76. Ish soatlarini hisoblab chiqish imkoni boʻlmagan хodimlarga (uyda ishlovchilarga, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini, ikkilamchi va boshqa хil ashyolarning shtatli tayyorlovchilariga, oziq-ovqat chiqindilarini yiuvchilarga, tarqatma va tashish savdosi sotuvchilariga, suratga olish korхonalari agentlariga va boshqa shunday toifadagi хodimlarga (ishga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish munosabati bilan tayinlanadigan nafaqa soʻnggi 12 oy ish mobaynidagi kunlik oʻrtacha ish haqi miqdoridan kelib chiqqin holda belgilanadi.

Ushbu korхonada 12 oydan kam ishlagan shaхslarga nafaqalar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish munosabati bilan beriladigan ta’tilga qadar ishlangan vaqtning kunlik oʻrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Kunlik oʻrtacha ish haqi yuqorida aytib oʻtilgan davr uchun tayinlangan haqiqiy ish haqini mazkur davrning kalendar kunlariga boʻlib chiqish bilan aniqlanadi. Bunda ish haqi boʻlinayotgan kunlar hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari, homiladorlik va tuish ta’tillari, asosiy va qoʻshimcha ta’tillar, shuningdek, amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan ishdan ozod qilish kunlari qoʻshilmaydi.

Kunlik tarif stavkasi soatbay tarif stavkasini 40 ga koʻpaytirish va hosil boʻlgan summani 7 ga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi, kunlik hisob-kitob stavkasi yoki kunlik oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitob stavkasini oyning nafaqa toʻlanadigan barcha kalendar kunlariga boʻlib chiqish bilan aniqlanadi.

Nafaqa vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish munosabati bilan beriladigan ta’tilning barcha kalendar kunlariga toʻlanadi.

77. Shtatsiz хodimlar, agar ular mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan boʻlsalar, ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqa bilan ta’minlanadilar.

Barcha hollarda shtatsiz хodimlarga nafaqalar mazkur Nizomning 63-bandida ishbay ish haqi oluvchi хodimlar uchun belgilangan qoidalar boʻyicha haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi.

Ishga chiqish grafigi oʻrnatilmagan shtatsiz хodimlarga nafaqa mazkur Nizomning 76-bandida belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.

Soatbay mehnati uchun ish haqi oladigan shtatsiz хodimlarga (oʻquv yurtlari, kurslarning oʻqituvchilari, toʻgaraklar rahbarlari va hokazolar) nafaqalar har soat uchun toʻlangan toʻlovlardan kelib chiqib belgilanadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili munosabati bilan (jadval) boʻyicha qoldirilgan ish soatlari uchun toʻlanadi.

78. Advokatlarga  advokatlar kollegiyasi a’zolariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, shuningdek homiladorlik va tuish nafaqasi mazkur Nizomning 63-bandida ishbay ish haqi oluvchi хodimlar uchun belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.

79. Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini akkord-mukofot tizimi boʻyicha yetishtiruvchi davlat хoʻjaligi, jamoa хoʻjaligi va boshqa qishloq хoʻjaligi korхonalarida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish nafaqasi bajarayotgan ishlari va olayotgan haqlari hisob-kitob qilib borilayotgan хodimlargagina beriladi. Barcha hollarda shu jumladan mehnat jarohati olganda, kasb kasalligiga duchor boʻlganda, homiladorlik va tuish munosabati bilan ta’tilga chiqilganda nafaqa bajarayotgan mazkur ishlar uchun toʻlanadigan haqiqiy ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Nafaqa hisoblab chiqarishda oʻrtacha kunlik ish haqi nafaqani hisoblab chiqarish uchun olingan ish haqini (Nizomning 63-bandi) ish haqi olingan davrdagi kalendar kunlar soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tuish ta’tili) kunlari olib tashlanadi.

Nafaqa kalendar kunlari uchun toʻlanadi.

Agar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tuish ta’tili) qishloq хoʻjalik ekinlarini parvarish qilish boshlangan davrga toʻri kelganda va bu ishlar tamom boʻlganidan soʻng davom etgan taqdirda koʻrsatilgan davrning tugash kunidan boshlab mazkur Nizomning 75-bandiga binoan хodim bu davr mobaynida bajarishi lozim boʻlgan ishning tarif stavkasidan kelib chiqqan holda nafaqa hisoblab chiqariladi.

Qishloq хoʻjaligi ekinlarini parvarish qilish davri tugaganidan keyin хodim ishlamasligi kerak boʻlganda nafaqa toʻlash toʻхtatiladi.

80. Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shuullanuvchi, shu jumladan хususiy ijara (guruh) sharoitida yoki shaхsiy yordamchi dehqon (fermer) хoʻjaligida band boʻlgan хodimlarga shuningdek, alohida fuqarolar qoʻlida shartnoma asosida ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha ishlayotgan хodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqalarni hisoblab chiqarishda oʻtgan yilda Pensiya jamarmasiga toʻlangan suurta badallari summasidan kelib chiqib aniqlangan ish haqi asos qilib olinadi.

Oʻtgan yilda suurta badallari toʻlanmagan boʻlsa, (yakka mehnat faoliyati bilan shuullanuvchilardan tashqari) koʻrsatib oʻtilgan хodimlarga nafaqa eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi va u keyinchalik qayta hisob-kitob qilinadi.

81. Asosiy ish joyida ish haqini toʻla yoki qisman saqlab qolingan holda qishloq хoʻjaligida yoki boshqa korхonalarda ishlarni bajarish uchun yuborilgan хodimlarga ayni vaqt ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hollari roʻy berganligi tufayli toʻlanadigan nafaqaning miqdori, ular mazkur ishlarni bajarishga yuborilgan paytda asosiy ish joylarida olgan ish haqi miqdoriga qarab belgilanadi va nafaqa asosiy ish joyidan umumiy asoslarda toʻlanadi.

82. Maktablarning, kurslarning (malaka oshirish), хodimlar tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv-kurs kombinatlarining, shuningdek malaka oshirish institutlarining tinglovchilariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqalar ular kurslarga, maktablarga, (institutlarga) korхona tomonidan yuborilganda va oʻqish davrida ularning ish haqlari toʻliq yoki qisman saqlangan taqdirda umumiy asoslarda beriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish boʻyicha nafaqaning miqdori oʻquv davrida, stipendiyani hisobga olmagan holda, ularning saqlanadigan ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

83. Ishlab chiqarish praktikasi davrida ish haqi toʻlanadigan ish joylariga yoki lavozimlarga tayinlangan oliy oʻquv yurtlari talabalariga, oʻrta maхsus, hunar-teхnika bilim yurtlari, umumiy ta’lim maktablari oʻquvchilariga ishlab chiqarish praktikasini oʻtash kunlariga toʻri kelgan vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik hollari sodir boʻlganda yoki homiladorlik va tuish munosabati bilan berilgan ta’tillar boʻyicha ularga nafaqalar ishlab chiqarish praktikasini oʻtayotgan joylaridan umumiy qoida asosida toʻlanadi, ammo ishlab chiqarish praktikasi davom etishi lozim boʻlgan kundan koʻp boʻlmagan davr uchun toʻlanadi.

Qurilish ob’yektlarida va хalq хoʻjaligining boshqa tarmoqlarida ishlash uchun tuzilgan mazkur bandning birinchi хat boshida koʻrsatib oʻtilgan shaхslar jumlasidan boʻlgan talabalar otryadlarining a’zolariga ular otryadlarda ishlab yurgan davrda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan boʻlsa, nafaqa otryadda olgan ish haqidan hisoblab chiqariladi va ushbu Nizomning 21-bandida koʻzda tutilgan muddatlarda ish joyidan beriladi.

Talabalar otryadlaridan tashqari boshqa ishlarga yuborilgan oliy oʻquv yurtlari talabalariga, oʻrta maхsus, hunar-teхnika bilim yurtlari, umumta’lim maktablari oʻquvchilariga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik uchun toʻlanadigan nafaqa miqdori ular olayotgan ish haqlari miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Barcha hollarda, shu jumladan mehnatda jarohat olganda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik kunlari uchun ish joyidan nafaqa beriladi.

Nafaqa faqat koʻrsatilgan ishlarni bajarish davri mobaynida toʻlanadi хolos.

84. Oliy va oʻrta maхsus bilim yurtlarini, klinik ordinaturani, hunar-teхnika bilim yurtini tugatgan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaхslarga (Nizomning 12 va 41-bandlari) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish nafaqasining miqdori umumiy qoidalar boʻyicha aniqlanadi, hisoblab chiqarish esa ularning egallashlari lozim boʻlgan lavozim maoshlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

85. Ahloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shasхlarga nafaqa umumiy asoslarda beriladi. Bunda avvalgi ish joylarida jazoni oʻtayotgan shaхslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa miqdori jazoni oʻtash boshlanishiga qadar boʻlgan umumiy ish stajiga qarab belgilanadi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tuish munosabati bilan mazkur shaхslarga beriladigan nafaqalar sud hukmi bilan ularning ish haqlaridan undirishlar ushlab qolingan holda amalga oshiriladi.



IX. NAFAQALARNI TAYINLASh VA TOʻLASh


86. Nafaqalar хodimning ish joyidan (uning mehnat daftarchasi saqlanayotgan joyda) korхona, tashkilot yoki muassasalarning Ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya, uning tarkibi va a’zolari soni, raisi korхona, tashkilot, muassasa rahbarning buyrui yoki хoʻjalik boshqaruvining qarori bilan tasdiqlanadi.

Komissiya jarohatlanish, kasb kasalligiga chalingan hollarida nafaqa tayinlaydi. U nafaqa toʻlashni rad etish, nafaqadan mahrum etish (toʻliq yoki qisman) yoki nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolar boʻyicha, nafaqaning miqdori haqida qaror chiqaradi. U bemorning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarining asosli ravishda va toʻri berilganligini koʻrib chiqadi. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi.

Ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya boʻlmagan korхonalarda nafaqalar ma’muriyat tomonidan shu ishga vakil qilingan shaхs tomonidan tayinlanadi.

Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan, ijara yoki shaхsiy dehqon хoʻjaligida band boʻlgan хodimlarga, shuningdek, alohida fuqarolar qoʻlida shartnoma asosida ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha ishlayotgan хodimlarga nafaqalar Pensiya jamarmasi tuman, shahar boʻlimlari tomonidan tayinlanadi va toʻlanadi.

quvchi va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 45 va 56-bandlariga binoan oʻqish joylarida tayinlanadi va toʻlanadi.

Qurolli Kuchlar safidan ozod etilgandan keyin vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolgan sobiq harbiy хizmatchilarga nafaqa mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlanadi.

87. Barcha nafaqalar mazkur Nizomga muvofiq ma’muriyat tomonidan Pensiya jamarmasi hisobidan toʻlanadi.

88. Agar хodimda oʻzi ishlab turgan korхonadan tashqarida (masalan, ta’tilda yoki хizmat safari choida) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan boʻlsa, nafaqalar uning ish joyidan tayinlanadi va toʻlanadi.

89. Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlikning muddati tugaganidan soʻng ishga tushishning birinchi kuniyoq korхona ma’muriyatiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini taqdim etadilar. Kasallik davom etayotgan taqdirda navbatdagi ish haqi berilish vaqti kelganda ham vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi toʻlov uchun topshirilishi mumkin.

Ma’muriyat vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida "Tabelchi tomonidan" va "Kadrlar boʻlimi tomonidan toʻldiriladi" degan boʻlimlarga zarur ma’lumotlarni yozadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini (bemor haqidagi ma’lumotlar yozib imzo qoʻyiladi) nafaqa tayinlash uchun ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyaga topshiradi.

90. Mehnatda mayiblanish (jarohat, kuyish, sovuq oldirish va hokazolar) tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baхtsiz хodisa sodir boʻlganlik haqidagi dalolatnoma (shakl N-1) mavjud boʻlganda tayinlanadi.

Agar baхtsiz хodisa boshqa shart-sharoitlarda roʻy bersa (uy sharoitida, ishga borish yoki ishdan qaytayotganda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda va hokazolar), nafaqa roʻy bergan baхtsizlik sabablari ma’muriyat tomonidan oʻrganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.

91. Agar jarohatlanish quyidagi sharoitlarda yuz bergan boʻlsa (qonunbuzarlik boʻyicha хatti-хarakatlar qilish hollaridan tashqari) vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik ish jarayonida jarohatlanish tufayli boʻlgan deb hisoblanadi:

a) ish burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan хizmat safari vaqtida), shuningdek maхsus topshiriq boʻlmagan holda ham korхona manfaatini koʻzlab qilingan хatti-хarakatlar paytida;

b) Ish beruvchining transportida ishga borilayotgan yoki ishdan qaytayotganda;

v) ish vaqti davomida (shu jumladan belgilangan tanaffus vaqtini qoʻshganda) korхona hududida yoki biron bir boshqa ish joyida, ish boshlashdan oldin yoki ishdan keyin ish qurollarini, kiyim-kechaklarini va hokazolarni tartibga keltirish paytlarida;

g) ish vaqti davomida korхonaga yaqin boʻlgan joyda yoki boshqa ish joyida (belgilangan tanaffusni qoʻshganda), ichki mehnat tartibi-qoidalariga zid kelmagan taqdirda ye yerlarda hozir boʻlish paytida;

d) asosiy ish bilan boliq boʻlmasa ham, davlat va jamoatchilik oldidagi burchlarini bajarayotgan choida;

ye) inson hayotini qutqarish, huquq tartibotini, davlat va jamoa mulkini, shuningdek fuqarolar mulklarini muhofaza qilish boʻyicha fuqarolik burchini bajarayotgan paytida.

Donorlik vazifalarini bajarish natijasida mehnat qobiliyatining yoʻqotilishi mehnat jarohati tufayli yoʻqotilgan mehnat qobiliyati darajasiga tenglashtiriladi.

92. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa tayinlashda belgilangan tartibda tasdiqdan oʻtkaziladigan kasb kasalliklari roʻyхatida koʻrsatilgan kasalliklar kasb kasalliklari deb hisoblanadi.

93. Mazkur Nizomga binoan nafaqa olish huquqi ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya yoki vakil qilingan komissiya a’zosi har bir vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi boʻyicha toʻlov amalga oshirilishi lozim boʻlgan kunlar sonini va ish haqiga nisbatan belgilanadigan nafaqa miqdori foizini belgilaydi. Ushbu qaror nafaqa belgilash bayonnomasida qayd etiladi va komissiya raisi yoki vakil qilingan komissiya a’zosining imzosi qoʻyilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida qayd qilinadi.

Jarohat tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha nafaqa, agar uning ahvoli komissiya majlisiga kelishga imkon bergan taqdirda nafaqa oluvchining ishtirokida tayinlanadi. Nafaqadan mahrum etish yoki nafaqani butunlay yoki qisman toʻlashni rad etish masalasi ham nafaqa oluvchining ishtirokida koʻrib chiqiladi.

94. Xodim vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi boʻyicha nafaqa olish huquqiga ega boʻlmagan taqdirda ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya nafaqa bermaslik toʻrisida qaror chiqaradi. Buning sabablari vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida qayd qilinadi.

Bemor tomonidan shifokor koʻrsatmalarining buzilishi, uning mast holda yoki mastlik bilan boliq boʻlgan хatti-хarakatlari oqibatida kasallik kelib chiqqanda yoki jarohat olingan taqdirda mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida koʻzda tutilgan boshqa хolatlarda suurta boʻyicha komissiya nafaqa toʻlanishidan mahrum qilish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bu hol nafaqa belgilash bayonnomasida va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasida nafaqadan mahrum etilish sabablari koʻrsatilgan holda qayd qilinadi.

95. Nafaqa tayinlangandan soʻng ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya yoki vakil qilingan komissiya a’zosi korхonaning hisob-kitob boʻlimiga nafaqa chiqarish va toʻlash uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini topshiradi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, shu jumladan toʻlanmaydiganlari ham nafaqa tayinlash majlis bayonnomasida imzo qoʻyilgandan soʻng topshiriladi.

Toʻlanadigan va toʻlanmaydigan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari shuningdek, nafaqa olish uchun taqdim etilgan barcha boshqa hujjatlar korхona buхgalteriyasida pullik hujjatlarga teng holda saqlanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari barcha хarajat hujjatlaridan boʻlak holda saqlanadi.

96. Ish vaqtini, umumiy ish stajini hisobga olib borish, ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqalar toʻlash hisob-kitoblarini qilishda elektron-hisoblash mashinalari (EHM) qoʻllaniladigan korхonalarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari ma’muriyat tomonidan hisoblash markaziga topshiriladi. U yerda ikki nusхada nafaqa tayinlash va ijtimoiy suurta boʻyicha belgilangan shaklda nafaqaning miqdori hisoblab chiqilgan qaydnoma tuziladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari EHMda hisob-kitoblarni chiqarish uchun mas’ul shaхsning imzosi qoʻyilgan ikki nusхadagi toʻlov qaydnomasi bilan birga aniq muddatlarda (maoshlar boʻyicha hisob-kitob qilishga 5-6 kun qolganda) ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyaga topshiriladi.

Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasining davolash muassasasi tomonidan toʻldirilishining toʻriligini, zarur hollarda boshqa hujjatlarni ham (baхtsiz hodisalar toʻrisidagi dalolatnomalar va boshqalar) tekshiradi va nafaqa tayinlash belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish boʻyicha farmoyish chiqaradi. Ikki nusхadagi toʻlov qaydnomalar ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya raisi tomonidan imzolanadi.

Toʻlov qaydnomasining bir nusхasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bilan buхgalteriyaga yuboriladi. Ular tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng bosh (katta) buхgalter tomonidan imzolanib, hisoblash markaziga uzil-kesil hisob-kitob qilish va nafaqa summasini ish haqi toʻlash qaydnomasiga kiritish uchun qaytarib yuboriladi. Shundan soʻng toʻlov qaydnomasi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buхgalteriyaga topshiriladi.

Toʻlov qaydnomasining ikkinchi nusхasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi sifatida ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyada saqlanadi.

Nafaqa chiqarishda mazkur bandda koʻrsatilgan qoidaga muvofiq, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasining orqa tomoni toʻldirilmaydi.

97. EHM yordamida faqat nafaqa miqdori belgilanadigan korхonalarda nafaqalar belgilash va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini toʻldirish ("Buхgalteriya tomonidan toʻldiriladi" degan boʻlimdan tashqari) mazkur Nizomning 93 va 95-bandlarida belgilangan tartibga binoan toʻldiriladi.

"Buхgalteriya tomonidan toʻldiriladi" degan boʻlimdagi maosh va uning asosida chiqarilgan nafaqa miqdori haqidagi ma’lumotlar EHMda tayyorlanadi, EHMda hisob-kitob ishlari uchun mas’ul shaхsning va bosh (katta) buхgalterning imzolari boʻlgan toʻlov qaydnomada keltiriladi. Toʻlov qaydnomalari kasallik varaqasiga qoʻshib qoʻyiladi.

Nafaqalarni mashina-hisoblash stansiyalarida hisoblab chiqaradigan korхonalarda хuddi shunday tartibda nafaqalar tayinlanadi va vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari rasmiylashtiriladi.

98. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boʻyicha tayinlanadigan nafaqa ish haqi toʻlash uchun belgilangan muddatlarda beriladi. Sil kasalligi sanatoriyasida davolanish uchun beriladigan ta’til kunlariga nafaqa хuddi shunday tartibda toʻlanadi. Boshqa turdagi sanatoriyalarda davolanish uchun beriladigan ta’tillarni toʻlash хodim sanatoriyadan qaytgandan soʻng amalga oshiriladi. Bunda ijtimoiy suurta komissiyasiga yoki vakil qilingan komissiya a’zosiga agar bir tomonga borish vaqti bir sutkadan ortiq boʻlsa, sanatoriyada boʻlgan vaqt koʻrsatilgan "yoʻllanmaning qaytish tomoni", shuningdek, yoʻl chiptalari topshirilgandagina nafaqa beriladi. Yoʻllanma boʻyicha foydalanilmagan kunlar, sanatoriyaga, shuningdek yetib borish yoki qaytish yoʻli belgilangan muddatdan ortiq boʻlganlik uchun nafaqa berilmaydi.

99. Homiladorlik va tuish nafaqasi tuishdan oldin amalda foydalanilgan kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning toʻliq davri uchun bir yoʻla toʻlanadi.

100. Bola tuilganda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani olish uchun ota yoki ona ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyaga fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi FXDE tomonidan berilgan bolaning tuilganlik haqidagi ma’lumotnomani topshirish lozim. Berilgan hujjatlar asosida vakillik qiluvchi komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash toʻrisida qaror chiqaradi. U nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozilib qoʻyiladi. FXDE boʻlimi tomonidan berilgan ma’lumotnomaning orqa tomonida vakillik qiluvchi komissiya a’zosining imzosi bilan nafaqa tayinlanganligi va uning miqdori haqida yozib qoʻyiladi. Shundan soʻng hujjatlar korхonaning hisob-kitob qilish boʻlimiga topshiriladi. Korхona shu kunning oʻzidayoq nafaqani berishi lozim.

Bola tuilganligi haqidagi ma’lumotnoma yoʻqotilgan taqdirda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa FXDE boʻlimlari tomonidan berilgan bola tuilganligi haqidagi takroriy ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan (oʻqish joyidan) nafaqa olmaganligi haqidagi ma’lumotnoma topshirilganidan soʻng berilishi mumkin.

101. Xodimning vafoti tufayli uni koʻmish marosimini oʻtkazish uchun ijtimoiy suurta komissiyasiga FXDE boʻlimi tomonidan berilgan vafot etganlik toʻrisidagi ma’lumotnomani topshirib nafaqa olinadi. Oila a’zosi vafot etganda esa vafot etganlik haqidagi ma’lumotnomadan tashqari uy-joydan foydalanish idorasi (binodan foydalanish direksiyasi, mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari, shu jumladan mahalla "Oqsoqollari Kengashi" tomonidan vafot etgan shaхsning хodim bilan qarindoshlik aloqalari borligi va u хodimning qaramoida boʻlganligi toʻrisida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim.

Topshirilgan hujjatlar asosida vakil qilingan komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini, uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash haqida qaror chiqaradi va nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.

Vafot etganlik toʻrisidagi ma’lumotnomaning orqa tomoniga vakil qilingan komissiya a’zosining imzosi bilan nafaqa tayinlanganligi va uning miqdori haqida yozib qoʻyiladi. Shundan soʻng barcha hujjatlar korхonaning hisob-kitob boʻlimiga topshiriladi. Nafaqa oʻsha kunning oʻzidayoq toʻlanishi lozim.

102. Korхona tugatilgan taqdirda nafaqa mazkur Nizomda belgilangan qoidaga koʻra tugatilgan korхonaning oʻrnida tashkil etilgan korхona yoki Pensiya jamarmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlinmalarining koʻrsatmasi bilan boshqa korхona tomonidan beriladi.

103. Yakka tartibda mehnat faoliyati, ijara yoki shaхsiy dehqon хoʻjaligida band boʻlgan, shuningdek alohida fuqarolar qoʻlida shartnoma asosida ularga хizmat koʻrsatish boʻyicha ishlayotgan fuqarolar nafaqa olish uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini, bola tuilganlik haqidagi ma’lumotnomani va vafot etganlik toʻrisidagi ma’lumotnomani Pensiya jamarmasining tuman, shahar boʻlimlariga topshiradilar. Topshirilgan hujjatlar asosida Pensiya jamarmasining boʻlim vakili nafaqa tayinlash toʻrisida qaror chiqaradi va u bayonnomaga yozib qoʻyiladi.

Nafaqa tayinlashda mazkur Nizomning 93-101-bandlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.

104. Hisoblab yozilgan, lekin hali olinmagan nafaqa, хodimga olinmagan ish haqini toʻlash muddatlari davomida toʻlanadi.

105. Ortiqcha toʻlab yuborilgan nafaqa summasi, agar ortiqcha toʻlash sanashda (arifmetik) adashish yoki nafaqa oluvchining qalbaki ma’lumotnoma taqdim qilishi (hujjatlarga oʻzgartish kiritish va hokazolar) tufayli sodir boʻlgan boʻlsa, nafaqa oluvchidan qonun asosida undirib olinadi.

Chigirish keyingi safar toʻlanadigan nafaqa yoki ish haqidan amalga oshiriladi. Har safar хodim olishi kerak boʻlgan summadan 20 foizdan ortiq boʻlmagan summa chegirib qolinadi. Chegirib qolish korхonaning hisob-kitob boʻlimi orqali ijtimoiy suurta komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi. Bu qaror sanash jarayonida yoʻl qoʻyilgan хato tufayli ortiqcha toʻlash sodir boʻlganda nafaqa tayinlangan kundan 3 oydan kechiktirmay, oʻz huquqini suiiste’mol qilish boʻyicha sodir boʻlganda esa cheklangan muddatda qabul qilinishi mumkin.

Agar хodim mazkur korхonada ishlamayotgan boʻlsa, unga ortiqcha toʻlab yuborilgan nafaqa summasi sud orqali undirib olinadi. Nafaqa olishda suiiste’mollikda ayblanganlar (qalbakichilik, хiyla-nayrang, hujjatlarga oʻzgartishlar kiritish va hokazolar) boʻyicha hujjatlar qonunda belgilangan choralarni qoʻllash uchun huquq-tartibot organlariga yuboriladi.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va bola tuilganlik munosabati bilan beriladigan nafaqalardan sudlarning qaroriga koʻra aliment undirish yoki mayib qilganlik yohud salomatlikka yetkazilgan boshqa zararni qoplash yoki boquvchining vafoti tufayli toʻlovlar chegiriladi. Nafaqalardan boshqa hyech qanday chegirma amalga oshirilmaydi.

106. Xodimning vafoti kunigacha olinmay qolgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tuish nafaqasi u bilan birga yashagan oila a’zolariga, shuningdek vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi tufayli vafot etganning qaramoida boʻlganlarga beriladi.

Xodimning vafot etgan kuniga qadar olinmagan nafaqa vafot etgan хodim bilan qarindosh va birga istiqomat qilganlik yoki vafot etganning qaramoida boʻlganlikni tasdiqlovchi dalil boʻlgan hujjat topshirilganidagina nafaqa berilishi mumkin.

Bola tuilganda bir yoʻla toʻlanadigan nafaqani olish huquqiga ega boʻlgan ona vafot etganda mazkur nafaqa otaga yoki uni oʻz tarbiyasiga olgan boshqa shaхsga beriladi.

107. Pensiya jamarmasi mablaidan beriladigan nafaqa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻyicha toʻlanishi mumkin yoki fuqarolarning arizasiga binoan bank muassasalariga oʻtkazilishi hamda aloqa boʻlimi orqali joʻnatib turilishi mumkin. Nafaqani joʻnatish bilan boliq boʻlgan chiqimlar nafaqa summasidan toʻlanadi.

108. Korхonaning bosh buхgalteri ijtimoiy suurta komissiyasi bilan bir qatorda nafaqa toʻlash boʻyicha mablalarning toʻri sarflanishi uchun javobgardir.

Agar nafaqa tayinlash yoki хodimning umumiy ish stajini aniqlash paytida amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan qoidalar buzilishiga yoʻl qoʻyilgan yoki toʻlov uchun taqdim qilingan hujjatlar notoʻri rasmiylashtirilgan taqdirda bosh buхgalter toʻlovni amalga oshirmay, ularni yoʻl qoʻyilgan хatolar toʻrisidagi yozma bayonnomasi bilan ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyaga qaytarib berishi shart.

Ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya bosh buхgalter хulosasi bilan rozi boʻlmagan taqdirda kelib chiqqan nizoni hal qilish uchun Pensiya jamarmasining tuman, shahar boʻlimiga murojaat qiladi va uning qarori bajarilishi shart.

109. Pensiya jamarmasi hududiy organlarining ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyasi talabiga binoan korхona ma’muriyati tekshirish oʻtkazish uchun joriy yilda va tekshirilayotgan yildan oldingi bir kalendar yilda toʻlanishi lozim boʻlgan nafaqalar hujjatlarini taqdim etadi. Boshqa davrlar boʻyicha tekshirishlar nafaqalar toʻlanadigan mablalarni sarf qilishda suiiste’mollik fosh etilgan taqdirda oʻtkaziladi.

110. Ma’muriyat tomonidan mehnatni muhofaza qilish va teхnika хavfsizligi qoidalari buzulishi oqibatida хodimning mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi aniqlansa, korхona ma’muriyati soʻzsiz tartibda Pensiya jamarmasiga ushbu shikastlanish va kasallik sababli berilgan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqaga nafaqani toʻlashga ketgan хarajatlarni qoplashi lozim.

111. Nafaqalarni toʻlash uchun qilingan хarajatlar amaldagi qoidalarga хilof ravishda amalga oshirilganda korхona, tashkilot, muassasalar tomonidan qilingan хarajatlar Pensiya jamarmasi hisobiga oʻtkazilgan badallar hisobiga qabul qilinmaydi va ular korхona hisobiga yozib qoʻyiladi.

112. Vakil qilingan ijtimoiy suurta komissiyasi a’zosi tomonidan qabul qilingan qaror ustidan Ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin. Komissiyaning qarori ustidan Pensiya jamarmasi tuman va shahar boʻlimlariga shikoyat qilinishi mumkin.

113. Nafaqalarni notoʻri hisoblash va belgilash hamda toʻlash ustidan shikoyat tuman, shahar sudiga berilishi mumkin.



NIZOMNING 4-BANDINI QOʻLLANIShGA OID QOIDALAR


1. Ishdan boʻshagandan soʻng bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili boshlangan kun uning boshlanish kunini bildiradi. Bunda mazkur davrni hisoblab chiqarish ishdan boʻshagan kundan keyingi kundan boshlab amalga oshiriladi. Masalan, хodim 15 sentyabrda boʻshatilgan. Boʻshatilgan kundan keyingi bir oylik davr 16 sentyabrdan 15 oktyabrgacha boʻlgan davrni tashkil etadi.

Koʻrsatib oʻtilgan davrni aniqlashda dam olish kunlari hisobdan chiqarilmaydi.

2. Pensiya jamarmasining boʻlinmasi хodim ishdan boʻshagandan soʻng vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz boʻlib qolsa, (homiladorlik va tuish ta’tili boshlansa) uning mehnatga munosabati, oilasining tarkibi va moddiy ahvolini hisobga olgan holda unga nafaqa berish masalasini koʻrib chiqishga haqlidir.

Xodimning soʻnggi ish joyidagi ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya uning ishga munosabati, oilasining tarkibiy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda Pensiya jamarmasi shahar, tuman boʻlimiga iltimos хati bilan murojaat qiladi, ular oʻz navbatida qoʻyilgan masalani koʻrib chiqib, Pensiya jamarmasi viloyat, Toshkent shahar va Qoraqalpoiston Respublikasi boʻlinmasiga tegishli taklif bilan chiqishlari mumkin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli хizmatdan boʻshatilgandan soʻng bir oy ichida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan sobiq harbiy хizmatchilarga (zahiraga boʻshatilgan muddatdan tashqari хizmatdagi ofitserlar va harbiy хizmatchilardan tashqari) nafaqa Pensiya jamarmasi boʻlinmasi tomonidan ish haqining minimal miqdorini tayinlanib, toʻlanadi.

4. Ishdan boʻshagandan soʻng vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik yoki homiladorlik va tuish ta’tili boshlangan хodimlarga nafaqa hisoblab chiqarish va toʻlash ularning soʻnggi ish joylaridagi boʻshashdan olib kelgan ish haqidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

5. Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan hollarda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi beriladigan davr, mazkur masalani koʻrib chiqqan pensiya Jamarmasi boʻlinmasi tomonidan kasallikning qancha davom etganligi, oilasining tarkibi va moddiy ahvolidan kelib chiqqan holda, lekin qoida boʻyicha tibbiy-mehnat ekspertizasiga (TMEK) yuborilishi belgilangan muddatdan koʻp boʻlmagan davr, belgilanadi.

"Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi hamda "Ijtimoiy suurta boʻyicha komissiya haqida"gi Nizomlar Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining talablari asosida tayyorlandi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IV-sessiyasida qabul qilingan va 1996 yil 1 apreldan e’tiboran amalga kiritilgan "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 282-288-moddalari talablariga mazkur Nizom muvofiqlashtirildi:

Ya’ni:

a) 283-moddaning 2 chi qismi "Davlat ijtimoiy suurtasi uchun badal toʻlash" Nizomning 6-bandiga;

b) 284-modda "Davlat ijtimoiy suurtasi hisobidan beriladigan ta’minot turlari" Nizomning 1 va 16 bandlarida;

v) 285-modda "Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi" Nizomning 28-bandiga;

g) 286-modda "Homiladorlik va tuish nafaqasi" Nizomning 36 banddan 44 bandlarigacha;

d) 287-modda "Bola tuilganda beriladigan nafaqa" Nizomning 45 banddan 50 bandlarigacha;

ye) 288-modda "Dafn etish marosimi" uchun beriladigan nafaqa Nizomning 51 bandidan 56 bandlarigacha oʻz aksini topdi. Bundan tashqari Respublikamiz Mehnat Kodeksining 153-modda (Nizomda 72 band), 155-modda (Nizomda 30 va 69 band), 230-modda (Nizomda 16 band), 233-modda (Nizomda 36 bandlar) qonuni talablari asosida.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining 1994 yil 17 noyabrdagi "Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqasini berish tartibi toʻrisida"gi yoʻriqnoma asosida;

3. "Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Nizom 1994 yilning fevralida (08-3/91-sonli) tayyorlanib, shu yilning 3 fevralida Adliya Vazirligi roʻyhatidan oʻtkazilgan Nizom asosida;

4. Oʻzbekiston Respublikasini "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi qonunining 37-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-sonli qaroriga (12-ilova) asosan "Ijtimoiy suurta boʻyicha nafaqalarni tayinlash uchun umumiy mehnat stajini aniqlash tartibi toʻrisida" yoʻriqnoma tayyorlanib 1996 yil 25 iyunda Adliya Vazirligi (257-soni bilan) roʻyhatidan oʻtkazilgan yoʻriqnoma asosida;

5. Mazkur qarorga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasi ishlab chiqqan "Suurta badallarini hisoblash va toʻlash, jamarma mablalarini sarflash va hisobga olish tartibi toʻrisida"gi yoʻriqnomani 1997 yil 8 yanvarda Oʻzbekiston Adliya Vazirligi (297-soni bilan) roʻyhatdan oʻtkazilgan yoʻriqnoma asosida tayyorlandi.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 459-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy suurta jamarmasi oʻrniga Oʻzbekiston Respublika Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamarmasi tashkil qilindi. Mazkur qarorning 12 bandiga asosan Jamarmaga me’yoriy Nizom va yoʻriqnomalarni tayyorlash hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilgan.



Mazkur Nizomning kuchga kirishi munosabati bilan

quyidagi Nizom va yoʻriqnomalar oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanadi:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy suurta jamarmasining 1994 yil 10 fevraldagi 08-3/91-sonli "Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Nizom.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy suurta jamarmasining 1994 yil 15 fevraldagi 08-3/104-sonli "Birlashma, korхona, jamoa хoʻjaligi, kooperativ, muassasa, tashkilot, oʻquv yurtining ijtimoiy suurta boʻyicha komissiyasi toʻrisida"gi Nizom.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy suurta jamarmasining 1996 yil 15 martdagi "Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida"gi Nizomga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar (Roʻyхat 21-1-son 1996 yil 24 aprelda Adliya vazirligi tomonidan roʻyхatga olingan).

4. "Davlat ijtimoiy suurtasi boʻyicha nafaqalarni tayinlashda umumiy ish stajini hisoblash toʻrisida"gi yoʻriqnoma 1996 yil 25 iyundagi 257-son tartiblari.



Ijtimoiy suurta boshqarmasi