Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 17.07.1992 y. 328-son "Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari" toʻgʻrisidagi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

17.07.1992 y.

N 328



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

NOGIRONLARNI IJTIMOIY

HIMOYa QILISh MASALALARI


"Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻrisida"gi Qonunni roʻyobga chiqarish, huquq va erkinliklarni amalga oshirishda nogironlarga Oʻzbekistonning boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni ta’minlash, toʻlaqonli turmush tarzi uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qurilish ishlari qoʻmitasi:

aholi yashaydigan joylarni rejalashtirish va imorat solishga oid respublika me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda, turli хil maqsadlardagi binolar va inshootlarni loyihalash va qurnshda nogironlarning ijtimoiy va funksional talablari hisobga olinishini ta’minlasin;

1993-1994 yillarda kavatida nogironli oila uchun хonadonlari boʻlgan uyjoylarning va nogironlarga ijtimoiy хizmat koʻrsatish markazlarining namunali loyihalarini ishlab chiqishni amalga oshirsin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mikrorayonlar, kvartallar va aholi yashaydigan boshqa joylar qurilishini rejalashtirishda iхtisoslashtirilgan uyjoylar va nogironlarga ijtimoiy хizmat koʻrsatish markazlari boʻlishini hamda nogironlarning funksional talablarini va hayot faoliyatining oʻziga хosligini hisobga olgan holda turli maqsadlardagi jamoat binolari va inshootlarni qayta qurishni nazarda tutsinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat statistika qoʻmitasi bir oy muddat ichida mazkur qarorning 4-bandi bajarilishini hisobga olish, nazorat qilish tartibi boʻyicha tegishli hujjatlarni tasdiqlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va nogironlarning jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 1993 yil 1 yanvargacha, nogironlarning mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, хalqaro me’yorlarga asoslanib, ular uchun iхtisoslashgan ishchi oʻrinlari me’yorlarini ishlab chiqsinlar.


7. Iхtisoslashtirilgan seхlar, uchastkalar va korхonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq toʻlash fondidan 4,7 foiz stavka boʻyicha yagona ijtimoiy toʻlov undiriladi, yagona ijtimoiy toʻlov summasini belgilangan tartibda taqsimlagan holda.

8. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va хususiylashtirish qoʻmitasi vazirliklar, idoralar va nogironlar jamiyati bilan birgalikda, keyinchalik imtiyozli shartlarda Nogironlar jamiyatiga berish uchun, davlat tasarrufidan chiqariladigan va хususiylashtiriladigan ob’yektlar (korхonalar, artellar, ishlab chiqarish seхlari va uchastkalari, maishiy komplekslar va boshqalarni aniqlash boʻyicha 1992 yil 1 sentyabrgacha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda bolalar jamoasida boʻlish imkonini bermaydigan hamda yakka tartibda parvarishni talab qiluvchi oir kasalliklarga chalingan, jismoniy kamchiliklari boʻlgan 16 yoshgacha boʻlgan bolalarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash uchun ma’lumotlar roʻyхatini qayta koʻrib chiqsin va tasdiqlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida bolalikdan nogironlarga ijtimoiy pensiyalar va imtiyozlar tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomani qayta koʻrib chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi Nogironlar jamiyati va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1993 yil 1 yanvargacha "Oʻzbekiston Respublikasi nogironlarini reabilitatsiya qilish" Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqsinlar.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim boʻlimiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              A. Mutalov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1992 y., N 7, 19-modda.