Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.08.1994 y. 434-son "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni tashkil etish masalalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.08.1994 y.

N 434



KAM TA’MINLANGAN OILALARNI

IJTIMOIY HIMOYa QILIShNI

TAShKIL ETISh MASALALARI

TOʻRISIDA


"Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻrisida" 1994 yil 23 avgustdagi PF-938-son Farmonni bajarish hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlashga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiklansin.

Zarurat boʻlganda 1994 yilning IV choragi yakunlari boʻyicha mazkur Nizomga zarur tuzatishlar va aniqliklar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kam ta’minlangan oilalarga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan moddiy yordam toʻlovlarini amalga oshirish uchun byudjetdan va byudjetdan tashqari mablalarni ajratish hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanishni nazorat qilish tartibini 1 sentyabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar hokimliklari shu yilning 15 sentyabrigacha boʻlgan muddatda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish uchun ajratilgan mablalar qoʻronlar, qishloqlar, ovullar, mahallalar fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamarma banki muassasalaridagi yangidan ochilayotgan maхsus schyotlariga oʻtkazilsin.


4. Qoraqalpoiston  Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar хokimliklari, mahalliy moliya organlari, mehnat, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha hududiy organlar kam ta’minlangai oilalarga moddiy yordam koʻrsatish chora-tadbirlarini amalga oshirishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga har tomonlama amaliy va uslubiy yordam bersinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (nazorat-taftish Bosh boshqarmasi) shu yilning noyabrida kam ta’minlangan oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam toʻlovlari хarajatlarini mabla bilan ta’minpash hamda ulardan belgilangan maqsadda foydalanish tartibining bajarilishini tekshirish-taftish qilishni amalga oshirsin. Tekshirish natijalari hukumatga ma’lum qilinsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1994 y., 8-son, 40-modda.