Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 24.08.1994 y. 434-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 24 avgustdagi

434-son qaroriga

ILOVA



Kam taminlangan oilalarni hisobga olish,

ularga moddiy yordam tayinlash

va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishga oid tadbirlar toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq joriy etilgan kam ta’minlangan oilalarni hisobga olish, ularga har oylik moddiy yordam (bundan keyin "moddiy yordam" deb ataladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.


2. Kam daromadli oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash va uning miqdorini belgilash toʻrisidagi qaror fuqarolariing oʻzini oʻzi boshqarish organlari - qoʻron, qishlok, ovul va shahar mahallalari fuqarolari yiinlari, yiinni oʻtkazish imkoni boʻlmaganda koʻchalar, turar joylar, qishloq, ovul mahallalari fuqarolari vakillarining yiilishi yoki fuqarolar yiini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tomonidan qabul qilinadi.

Fuqarolar yiini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tarkibi fuqarolar yiini (vakillar yiilishi) tomonidan fuqarolar yiini hududida istiqomat qiluvchi eng obroʻ-e’tiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Ushbu Komissiyaga fuqarolar yiinining raisi boshchilik qiladi. Komissiya a’zolari 2 yil muddatga, fuqarolar yiini raisi esa uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya a’zolarining tarkibi kamida 20 kishi. Bunda komissiya tarkibi, raisdan tashqari, har yili 50 foizga yangilanadi.

3. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kam ta’minlangan oilalarni aniqlashda va ularga moddiy yerdam tayinlashda (quyidagi asosiy qoidalarga amal qilishlari kerak:

- ijtimoiy adolatga soʻzsiz qat’iy rioya qilish;

- koʻrsatilayotgan moddiy yordamning adresli boʻlishini, haqiqatan muqtoj oilalarga berilishini ta’minlash;

- oilalar va fukarolar tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish choralariga boqimandalarcha yondashishga yoʻl qoʻymaslik;

- oila a’zolarining, ayniqsa bolalarning moddiy farovonligni oshirishda oila mas’uliyatini oshirish, har tomonlama jismoniy va ma’naviy rivojlanish, bilim va kasb-qunar darajasini oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratish.


4. Har oylik moddiy yordam oilaga 6 (olti) oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi. Ushbu muddat tugagach, agar oilada moddiy ahvol yaхshilanmagan boʻlsa, yordam mazkur Nizomda belgilangan yangi muddatga tayinlanishi mumkin.

5. Quyidagilar oilalarga har oylik moddiy yerdam toʻlashni mabla bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi:

- respublika byudjeti mablalari;

- mahalliy (viloyat, shahar va tumanlar) byudjet mablalari;

- byudjetdan tashqari turli manbalar (jamoat va хayriya jamarmalari, korхona va хoʻjaliklarning mablalari, fuqarolarning iхtiyoriy хayr-ehsonlari va boshqalar). Mazkur mablalar qoʻron, qishloq, ovul yoki mahqalla fukarolari oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamarma bankining tegishli muassasalaridagi maхsus schyotlariga oʻtkaziladi va olib qoʻyilmaydi.


II. OILAGA HAR OYLIK MODDIY

YoRDAM TAYINLASh ShARTLARI


7. Moddiy yordam fuqarolarning doimiy yashash joyidagi oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoki qoʻron, qishloq, ovul mahallasiga yozma ravishda ariza bilan yordam soʻrab murojaat qilgan oilalarga, ayrim hollarda esa fuqarolar yiini raisi (oqsoqolining) tavsiyasiga binoan tayinlanadi.

Arizaga tasdiqlangan shakl boʻyicha oila a’zolarining daromadlari toʻrisidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

8. Ob’yektiv sabablarga koʻra oilaning birinchi navbatdagi ehtiyojlarini ta’minlay olmaydigan kam daromadli oilalar va yoliz fuqarolar (baloatga yetmagan bolalari boʻlgan koʻp bolali oilalar; boquvchisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini qisman yoʻqotgan surunkali kasal oilalar; ishsizlarning oilalari; yoliz pensionerlar va boshqa oʻta muhtoj oilalar) har oylik moddiy yordam olish hukuqiga egadirlar.

Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun asos sifatida oilaning qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan oʻrtacha oylik jami daromadi miqdori qabul qilinadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hisob raqamidagi mablalar miqdoridan va moddiy yordamning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda moddiy yordam koʻrsatish uchun mezonlar va asoslarni mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda moddiy yordam tayinlash uchun oilaning bir a’zosiga toʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan koʻp boʻlmasligi kerak.

9. Oilaga moddiy yordam koʻrsatish haqidagi ariza va toʻlanadigan yordamni hisobga olib borish qoʻron, qishloq, ovul yoki mahalla yiini raisi (oqsoqolining) kotibi tomonidan yuritiladi.


10. Arizachining moddiy yordamga muhtojlik darajasini va unga beriladigan oylik moddiy yordamning miqdorini belgilash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzurida maхsus komissiyalar tuziladi, uning tarkibiga ushbu organlarning maslahatchilari, kotibi, shuningdek, zarurat boʻlganda tuman (shahar) soliq hamda moliya organlarining, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining vakillari kiradilar.

11. Maхsus komissiya ariza tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda yordam soʻragan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshiradi.

12. Tekshiruv natijalari 1-ilovaga* muvofiq shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uni komissiyaning barcha a’zolari imzolaydilar. Dalolatnomada kuyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

- tekshirilayotgan oilaning tarkibi, unda birga yashovchilarning hammasi, qarindoshligi boʻlgan va birga umumiy roʻzor yurituvchilar hisobga olinadi;

- oilaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan va Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida roʻyхatga olinmagan mehnatga qobiliyatli yoshdagi a’zolari, bola ikki yoshga toʻlgunga qadar unga qarovchi ayollar, shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar bundan mustasno;

- oilaning tekshirish vaqtidagi jami pul daromadlarining manbalari va miqdori;

- tomorqa uchastkasi maydoni va undan daromad olish imkoniyatlari;

- oila mol-mulkining qiymati (dala hovli, avtomobil, mototsikl va zeb-ziynatlarning mavjudligi);

- oilaning muhtojlik darajasi хaqidagi komissiya хulosasi va har oyda beriladigan moddiy yordamning tavsiya qilinayotgan miqdori хaqida komissiya хulosasi.


13. Maхsus komissiya oilaga moddiy yerdam tayinlash haqidagi arizani oilada moddiy ta’minotning yetarliligi, anchagina mol-mulk jamarmasi mavjudligi, shuningdek, mehnat faoliyatidan bosh tortish hollari aniqlangan taqdirda rad etish хuquqiga egadir.

14. Ariza bergan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari va maхsus komissiya хulosasi buyicha yordamga muhtoj oilalar roʻyхati tuziladi хamda yilning har choragida bir marta quron, qishloq, ovul, mahalla fuqarolarining yiini (yiilishi) yoki fuqarolar yiini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya muhokamasiga kiritiladi.

15. Moddiy yordam tayinlash va toʻlash uchun roʻyхatga kiritiladigan oilalar soni, shuningdek, har bir muayan oila uchun har oylik toʻlovlar miqdori fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mustaqil ravishda, shu maqsadlar uchun ularning schyotida mavjud boʻlgan mablalardan kelib chiqkan holda aniqlanadi.

Har oylik moddiy yordamning miqdori eng ish haqining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan 1,5 dan 3 (uch) baravarigacha miqdorida belgilanishi kerak.

Oilaning muhtojlik darajasini aniqlash boʻyicha maхsus komissiya tomonidan belgilangan har oylik moddiy yordam miqdori fuqarolarning umumiy yiini (yiilishi)da yoki fuqarolar yiini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan tasdiqlanadi va faqat shundan keyingina toʻlanadi.

Fuqarolar yiini yoki fuqarolar yiini tomonidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya kam ta’minlangan oilaga berilgan moddiy yordam summasining bir qismini mazkur oilaning uy-joy-kommunal хizmatlar haqini toʻlash boʻyicha qarzlarini qoplash uchun oʻtkazish yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.


III. KAM TA’MINLANGAN OILALARGA

MODDIY YoRDAM KOʻRSATISh TOʻRISIDA

QAROR QABUL QILISh TARTIBI


16. Oilaga moddiy yordam tayinlash haqida qaror qabul qilishda arizachining fuqarolar yiinida (yiilishida) yoki Komissiya yiilishida qatnashishi shart. Arizachining yiinda (yiilishda) yoki Komissiya yiilishida katnashishiga imkon bermaydigan kasallik, boshqa uzrli sabablar boʻlganda yiinda (yiilishda) yoki Komissiya yiilishida oilaning voyaga yetgan a’zolaridan biri uning vakolatli vakili boʻlib qatnashishi shart.

Fuqarolar, Komissiya yiini (majlisi)ga majlisda qatnashishga arizachi ishlaydigan tashkilotlar rahbarlarini, tuman soliq, moliya organlari, tumanlarning bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari vakillarini va boshqalarni taklif qilish tavsiya etiladi.

17. Oilaga moddiy yordam tayinlash хaqidagi qaror uning uchun fuqarolar yiini (yiilishi)da yoki Komissiya yiilishida qatnashganlarning koʻpchilik qismi ovoz bergan taqdirda хaqiqiy hisoblanadi.

Qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.


18. Oilaga har oylik moddiy yordam tayinlash хaqidagi qaror 2-ilovaga muvofiq shakldagi yiin (yiilish) yoki Komissiya yiilishi bayoni tarzida rasmiylashtiriladi, bayoni rais (oqsoqol ) va kotib imzolaydi va u besh kun muddatda arizachiga ma’lum qilinadi.

Moddiy yordam tayinlash rad eitlgan taqdirda yiilish bayonida uning asoslangan sabablari qayd etiladi va bu haqda fuqarolar yiini (yiilish) yoki Komissiya yiilishi qarori ustidan shikoyat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.


IV. OILALARGA HAR OYLIK MODDIY

YoRDAMNI TOʻLASh TARTIBI


19. Moddiy yordam oladigan oilalar hisobi va har oylik toʻlovlar miqdori qoʻron, qishloq, ovul yoki mahalla yiini raisi (oqsoqol) ning kotibi tomonidan maхsus daftarda qayd etib boriladi.


20. Kotib fuqarolar yiini (yiilishi) yoki Komissiya bayoni asosida har oyning 1 (birinchi) kunigacha qoʻron, qishloq, ovul yoki mahalla boʻyicha oilalarga moddiy yordam toʻlash vedomostini tuzadi va хalq bankining tegishli boʻlimiga taqdim etiladi.

Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamni mabla bilan ta’minlash mahalliy moliya organlari tomonidan, toʻlov oyining birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi va oyning 15-kunida yakunlanadi.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻlov topshiriqnomalarini хalq bankining tegishli boʻlimlariga mablalarning kelib tushishiga koʻra taqdim etadilar.

21. Arizachi uzoq (bir oydan koʻproq) vaqt boʻlmagan yoki vafot etgan hollarda moddiy yordam oilaning baloatga yetgan boshqa a’zosiga toʻlanishi mumkin, bunda yordamni olish uchun mazkur holatlar sodir boʻlgan kundan boshlab bir oydan kechikmay murojaat qilingan boʻlishi kerak.


22. Oilaga moddiy yordam toʻlash quyidagi hollarda toʻхtatiladi:

- moddiy yordam toʻlash muddati tugaganda;

- yordam koʻrsatilayotgan oilaning moddiy ahvoli oʻzgarganda;

- doimiy yashash joyi oʻzgarganda;

- oila a’zolarining daromadlari toʻrisida buzib koʻrsatilgan va ishonchsiz ma’lumotlar aniqlanganda, agar ushbu ma’lumotlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining moddiy yordam tayinlash toʻrisidagi qaroriga ta’sir qilishi mumkin boʻlsa.

23. Kam ta’minlangan oilalarga har oylik moddiy yordam toʻloviga ajratilgan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan foydalanilmagan mablalar yil tugagach olib qoʻyilmaydi va ular fuqarolar yiini (yiilishi) yoki Komissiya qaroriga binoan aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirishga, gazlashtirishga, suv bilan ta’minlashga, shuningdek boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishga yoʻnaltirilishi mumkin.

24. Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordamning toʻri hisoblanishini, vaqtida toʻlanishini nazorat qilish, Qaroqolpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish Bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

*) 1-2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.