Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.06.1994 y. 319-son "Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

24.06.1994 y.

N 319



BOLALIKDAN NOGIRONLARGA, QARIYaLARGA

VA MEHNATGA LAYoQATSIZ FUQAROLARGA

NAFAQALAR TAYINLASh VA TOʻLASh

TARTIBI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi toʻrisida"gi qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar tasdiqlansin:

Bolalikdan nogironlarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizom 1-Ilovaga muvofiq;

Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi Nizom 2-Ilovaga muvofiq.


2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligi 3 hafta muddatda yuqorida aytib oʻtilgan nafaqalarni tayinlash va toʻlash jarayonini tartibga soluvchi idora ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqsinlar.

3. Belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan Nizomlar "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi qonuni amalga kiritilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.


4. Pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan Mehnat stajiga ega boʻlmagan fuqarolarga (ularning oila a’zolariga - boquvchisini yoʻqotgan hollarda) "SSSRda fuqarolarning pensiya ta’minoti toʻrisida" SSSR qonunining 119-moddasiga muvofiq tayinlangan ijtimoiy pensiyalar oʻrniga 1994 yil 1 iyuldan boshlab mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga muvofiq nafaqa tayinlansin.

Koʻrsatib oʻtilgan toifalardagi fuqarolarga nafaqalarni toʻlash ijtimoiy pensiyalarni tayinlashda belgilangan butun muddat davomida va 1994 yilning 1 iyuligacha toʻlab kelingandan kam boʻlmagan miqdorlarda amalga oshirilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri                                   A. Mutalov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1994 y., 6-son, 33-modda.