Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 06.03.1992 y. 105-son "Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 martdagi 65-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

06.03.1992 y.

N 105



OʻZBEKISTON SSR PREZIDENTI

HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING

1991 YIL 25 MARTDAGI 65-SON QARORIGA

OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻRISIDA


Ish haqi va pensiyalar eng kam miqdorining 350 soʻmgacha koʻpayganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 martdagi 65-son qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

11-band “g” kichik bandining uchinchi хatboshi quyidagicha tahrirda bayon qilinsin:

“bir yarim yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga. Bunda nafaqa olish huquqini beruvchi oila a’zosining jami daromadi chegarasi eng kam oylik ish haqining ikki baravar miqdorida-700 soʻm qilib belgilansin”;

14-bandning ikkinchi хatboshi quyidagicha tahrirda bayon qilinsin:

“Mazkur qarorning 12 va 13-bandlari bilan belgilangan toʻlovlar oila a’zosiga toʻri keladigan jami daromad eng kam ish haqining ikki baravar miqdori - 700 soʻmdan oshmaydigan bolali oilalarga berilsin”.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         A. Mutalov