Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.07.2008 y. PF-4014-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni asosida pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 16.08.2008 y. 1843-son bilan roʻyхatga olingan MAIMQV 07.08.2008 y. 29-son va MV 85-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 5 noyabrda 1867-son

bilan roʻyхatga olingan

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligi

hamda Moliya vazirligining

2008 yil 31 oktyabrdagi

59, 105-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2008 yil 22 oktyabrdagi PF-4042-sonli

"Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy

nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi

Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta

hisoblash tartibi toʻrisida

YOʻRIQNOMA


Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 22 oktyabrdagi PF-4042-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.


1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2008 yilning 16 noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:

a) ish haqi oyiga  28 040 soʻm;

b) yoshga doir pensiyalar - oyiga 55 550 soʻm;

v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 55 550 soʻm;

g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga - 33 645 soʻm.


2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (28 040 soʻm х 8 = 224 320 soʻm).


3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.


4. Pensionerning ish haqlari toʻrisida ma’lumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (28 040 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 55 550 soʻm, III guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 27 775 soʻm miqdorida belgilanadi;

talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).


5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 28 040 soʻmdan 101 000 soʻmgacha (III guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 92 583 soʻm 33 tiyingacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yoshga doir pensiyalari, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 55 550 soʻm miqdorda, III guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir a’zosi uchun 27 775 soʻm miqdorida belgilanadi;

talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).


6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (224 320 soʻm);

olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga boliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.


7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (28 040 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.





Yoʻriqnomaga

ILOVA


Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini

tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi

KOEFFITsIYeNTLAR

Davrlar

Koeff.

Davrlar

Koeff.

1971 yilga qadar

1169,2483

1994 yil 1 iyuldan

574,5317

1971 yil

1139,4989

1994 yil 1 avgustdan

470,9841

1972 yil

1111,1943

1994 yil 1sentyabrdan

409,4530

1973 yil

1075,6511

1994 yil 1 noyabrdan

317,6938

1974 yil

1003,4947

1995 yil 1 yanvardan

317,6938

1975 yil

981,474

1995 yil 1 martdan

160,8249

1976 yil

960,4148

1995 yil 1 sentyabrdan

123,8322

1977 yil

933,7586

1996 yil 1 yanvardan

123,8322

1978 yil

902,3632

1996 yil 1 apreldan

92,0527

1979 yil

884,5915

1996 yil 1 sentyabrdan

64,2359

1980 yil

861,8935

1997 yil 1 yanvardan

64,2359

1981 yil

845,6661

1997 yil 1 iyuldan

44,7236

1982 yil

845,5691

1998 yil 1 yanvardan

44,7236

1983 yil

830,017

1998 yil 1 iyuldan

32,5537

1984 yil

829,9221

1999 yil 1 yanvardan

26,6608

1985 yil

819,8747

1999 yil 1 avgustdan

20,7677

1986 yil

810,0235

2000 yil 1 avgustdan

13,5246

1987 yil

790,8974

2001 yil 1 avgustdan

9,6615

1988 yil

738,8333

2002 yil 1 apreldan

8,4016

1989 yil

693,0486

2002 yil 1 avgustdan

7,3044

1990 yil

625,4349

2003 yil 1 maydan

6,0871

1991 yil

431,5733

2004 yil 1 avgustdan

4,6827

1992 yil 1 yanvardan

127,6005

2005 yil 1 maydan

3,9016

1992 yil 1 iyuldan

59,6932

2005 yil 1 oktyabrdan

3,2512

1992 yil 1 oktyabrdan

28,6908

2006 yil 1 iyuldan

2,7094

1993 yil 1 yanvardan

21,156

2006 yil 1 noyabrdan

2,2579

1993 yil 1 apreldan

15,1683

2007 yil 1 avgustdan

1,8063

1993 yil 1 iyundan

6,4734

2007 yil 1 noyabrdan

1,6421

1993 yil 1 iyuldan

4,1569

2007 yil 1 dekabrdan

1,5052

1993 yil 1 sentyabrdan

3,1881

2008 yil 1 apreldan

1,3440

1993 yil 1 noyabrdan

1,9351

2008 yil 1 sentyabrdan

1,1200

1994 yil 1 yanvardan

1,4495

2008 yil 1 noyabrdan

1,0600

1994 yil 1 martdan

0,8695

2008 yil 1 dekabrdan

1,0000

1994 yil 1 iyundan

0,5805


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 44-45-son, 450-modda.