Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining M-37-son, Moliya vazirligining 74-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi 19.07.2007 y. Qarori (AV tomonidan 23.07.2007 y. 1699-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.07.2007 y.

N 1699

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

19.07.2007 y.

N M-37

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

19.07.2007 y.

N 74

QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning

1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar

va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi

Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi

toʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida


(2007 yil 2 avgustdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida QAROR QILAMIZ:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 10 iyuldagi PF-3889-sonli "2007 yilning 1 avgustidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2006 yil 26 oktyabrdagi M-1 va 93-sonli, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 12 oktyabrdagi PF-3808-sonli "2006 yilning 1 noyabridan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻrisidagi yoʻriqnoma" (2006 yil 27 oktyabr, roʻyхat raqami 1632 - Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2006 yil, 41-son, 410-modda) 2007 yil 1 avgustdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.



Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri v.b.                                         A. Xaitov



Moliya vaziri                                                                 R. Azimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 29-30-son, 314-modda.