Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2003 y. PF-3231-son "2003 yilning 1 mayidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

02.04.2003 y.

N PF-3231



2003 YILNING 1 MAYIDAN BOShLAB ISh

HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR

MIQDORINI OShIRISh

TOʻRISIDA


Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:


1. 2003 yilning 1 mayidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, oliy oʻkuv yurtlari talabalarining, oʻrta maхsus, kasb-hunar bilim yurtlari oʻkuvchilarining stipendiyalarn 1,20 baravar oshirilsin.


2. 2003 yilning 1 mayidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haki - oyiga 5440 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 10765 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nulinchi) razryad - oyiga 5440 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 10765 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 6520 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va koʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa toʻlovlar 2003 yil 1 maydan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot va muassasalar bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining mansab maoshlari miqdorini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.


5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish хaqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.


6. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirish, shuningdek joriy yilning 1 yanvaridan boshlab daromad (foyda)dan olinadigan soliq 24 foizdan 20 foizga, davlat ijtimoiy suurtasiga majburiy ajratmalar mehnat хaqi fondining 40 foizidan 37,2 fokziga kamaytirilganligi munosabati bilan boʻshaydigan mablalarni mana shu maqsadlarga yoʻnaltirish hisobidan 2003 yilning 1 mayidan boshlab ish haqini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 1 iyuldagi PF-3101-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


8. Ushbu Farmon matbuotda e’lon qilinsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov