Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.03.2002 y. PF-3045-son "2002 yilning 1 aprelidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

26.03.2002 y.

N PF-3045



2002 YILNING 1 APRELIDAN BOShLAB

ISh HAQI, PENSIYaLAR, STIPENDIYaLAR

VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI

OShIRISh TOʻRISIDA


Respublika aholisining daromadlarini yanada oshirish va fuqarolarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:


1. 2002 yilning 1 aprelidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, barcha turdagi pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar, oliy oʻquv yurtlari talabalarining, oʻrta maхsus va hunar-teхnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari oʻrta hisobda 1,15 baravar oshirilsin.


2. 2002 yilning 1 aprelidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:

eng kam ish haqi - oyiga 3945 soʻm;

yoshga doir pensiya - oyiga 7800 soʻm;

yagona tarif setkasi boʻyicha boshlanich (nolinchi) razryad - oyiga 3945 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 7800 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi hamda mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 4725 soʻm miqdorida belgilansin.


3. Belgilab qoʻyilsinki, ish haqiga qoʻshiladigan ustama va qoʻshimcha haqlarning barcha turlari, shuningdek, pensiyalar, ikki yoshgacha boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga, bolalik oilalarga beriladigan nafaqalar hamda eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan boshqa toʻlovlar 2002 yil 1 apreldan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, byudjetdan moliyalanadigan tashkilot va muassasalar bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar hamda byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining mansab maoshlari miqdorini oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqishni ta’minlasinlar.


5. Byudjet muassasalari va tashkilotlari хodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalarning oshirilishi bilan boliq хarajatlar respublika Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi hisobidan amalga oshirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 2002 yilgi Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining хarajatlariga tegishli tuzatishlar kiritsin.


6. Xoʻjalik hisobidagi korхona va tashkilotlar mehnatga haq toʻlash bazaviy fondining belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda mehnat sarfini kamaytirish hisobidan 2002 yil 1 apreldan boshlab ish haqi miqdorini mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga muvofiq oshirsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 29 iyundagi PF-2893-sonli Farmoni (8-bandi istisno qilingan holda) oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                          I. Karimov