Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.05.2004 y. 206-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.05.2004 y.

N 206



IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA


Umumхalq bayrami - 9 may - Xotira va Qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan alabaning 59 yilligi, 2004 yilning "Mehr va muruvvat yili" deb e’lon qilinganligi munosabati bilan va urush qatnashchilarini moddiy rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ikkinchi jahon urushi nogironlari va qatnashchilariga 18000 (oʻn sakkiz ming) soʻm miqdorida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti belgilansin.


2. Ushbu qarorni roʻyobga chiqarish bilan boliq sarf-хarajatlar respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy хavfsizlik хizmati mazkur pul mukofotlarining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Xotin-qizlar qoʻmitasi, "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi, "Nuroniy" va "Mahalla" jamarmalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni himoyachilariga baishlangan maхsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar oʻtkazsinlar.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.A. Azizхoʻjayev, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov