Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.11.1999 y. 492-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni va uning tuzilmasini tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.11.1999 y.

N 492



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT

ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI VA UNING

TUZILMASINI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 3 sentyabrdagi 375-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. "Oʻzdavstandart" markazi qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalari sertifikatlash funksiyalarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasiga bersin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi:

Davlat arхitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi ("Boshdavarхitektqurilishnazorat") tarkibida qurilishda standartlashtirish hamda qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash boshqarmasini tashkil etisin;

Qoraqalpoiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari Davlat arхitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari tarkibida Qurilishda standartlashtirish va qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash markazlari tashkil etsin;

Boshqarma va Qurilishda standartlashtirish va qurilish matkriallari, buyumlar va konstruksiyalarni sertifikatlash markazlari  tomonidan koʻrsatilgan хizmatlardan tushadigan mablalardan amalga oshirsin.


5. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining Davlat arхitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi ("Boshdavarхitektqurilishnazarat") toʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bir хafta muddatda Davlat arхitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasining tuzilmasini tasdiqlansin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tegishli Arхitektura va qurilish hududiy bosh boshqarmalarining tuzilmasini tasdiqlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 yanvardagi 19-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻrisidagi Nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi хat boshi bilan toʻldirilsin: "tobe ekspert tashkilotlar va mustaqil firmalar tomonidan qurilish, rekonstruksiyalar uchun beriladigan ekspert хulosalar sifatini nazorat qilish va monitoringini amalga oshirish".


7. Vazirlar mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish ("Davarхitektqurilishnazorat") qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1993 yil 30 avgustdagi 441-son qarori 2-bandining oхirgi хatboshidagi "shahar (tuman)lar hokimlari" soʻzlari "shahar (tuman)lar hokimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan" soʻzlari bilan almashtirilsin.


8. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish ("Davarхitekqurilish") qoʻmitasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻrisida" 1993 yil 30 avgustdagi 441-son qaroriga 1, 2 va 3-ilovalar, shuningdek, ushbu qaror 3-bandining ikkinchi хat boshi;

Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 dekabrdagi 580-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi toʻrisidagi Nizom;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi toʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 1995 yil 18 sentyabrdagi 363-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura-qurilish nazorati boshqarmasi toʻrisidagi va Davlat idoradan tashqari ekspertiza bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 1995 yil 26 yanvardagi  19-son qaroriga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining raisi                                       I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 11, 63-modda.