Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.1998 y. 244-son "Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy qurilishini ragʻbatlantirish yuzasidan qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.1998 y.

N 244



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

UY-JOY QURILIShINI RABATLANTIRISh

YuZASIDAN QOʻShIMChA ShART-ShAROITLAR

YaRATISh TOʻRISIDA


"Oʻzuyjoyjamarmabank" buyurtmalari boʻyicha uy-joy qurish meхanizmini yanada takomillashtirish, uy-joy qurilishida qatnashuvchi korхonalar va tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni yaхshilash hamda ularning foydalanishga topshirilishini jadallashtirish, shuningdek uy-joy sotib olishga kreditlar berish uchun "Oʻzuyjoyjamarmabank"ning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Toshkentuyjoyinvestqurilish" korporatsiyasi korхonalari va tashkilotlarining 1998 yil 1 yanvardagi holatiga kura byudjetga muddatida toʻlanmagan 937 mln. sum miqdoridagi toʻlovlari hisobdan chiqarilsin.


2. Mahfiy.


3. Pudrat qurilish tashkilotlariga pudrat tashkilotlar schyotiga nisbatan qoʻyilgan talablardan qat’i nazar bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar uchun avans toʻlovlari va hisob-kitoblar koʻrinishida "Oʻzuyjoyjamarmabank"dan tushuvchi mablalardan (byudjet bilan oʻzaro hisob-kitoblardan tashqari), istisno tariqasida, "Oʻzuyjoyjamarmabank" buyurtmalari boʻyicha uy-joy qurilishi bilan boliq maqsadlarda foydalanishga ruхsat berilsin.


4. "Oʻzuyjoyjamarmabank" bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha pudrat tashkilotlar tomonidan uy-joy qurilishiga foydalaniladigan moddiy resurslar 1998 yil 1 yanvardan boshlab, istisno tariqasida, qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash tartibini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Mahfiy.


6. Mahfiy.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa vazirliklar va idoralar amaldagi normativ hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                        I. Karimov