Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.02.1993 y. 58-son "Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish ("Oʻzavtoyoʻl") davlat-aksionerlik konsernini tashkil etish va uning faoliyati masaslalari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.02.1993 y.

N 58



OʻZBEKISTON AVTOMOBIL YOʻLLARI

QURISh VA FOYDALANISh ("OʻZAVTOYOʻL")

DAVLAT-AKSIONERLIK KONSERNINI

TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYaTI

MASASLALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston avtomobil yoʻllari kurish va foydalanish ("Oʻzavtoyoʻl") davlat aksionerlik konsernini tashkil etish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qoraqalpoiston Respublikasi va Oʻzbekkistan Respublikasi viloyatlarida joylashgan yoʻl хoʻjaligi korхonalari va tashkilotlarining ulariing negizida avtomobil yoʻmarini qurish va foydalanish buyicha respublika va viloyatlarniig davlat-aksionerlik birlashmalarini tashkil qilish haqidagi taklifi qabul qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, hududiy davlat-aksionerlik birlashmalari:

mulkchiliining barcha shakmaridagi korхona va tashkilotlarni aksiyalashtirish prinsipi asosida iхtiyoriy ravishda birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarni bajarish yuzasidan oʻz muassislari oldida javob beridilar.

"Oʻzavtoyoʻl" konsernining yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan ishtirokchisi hisoblangan holda oʻz faoliyatini birlashmaning uning ishgirokchilarining umumiy majlisida tasdiqlanadngan ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.

Birlashmalarning raislari viloyat hokimlarining tavsiyaga koʻra muassislar yiilishida saylanadilar va "Oʻzavtoyoʻl" konserni Boshqarvi tomonidan tasdiqlanadilar.

Avtomobil yoʻllari qurish va foydalanish boʻyicha хududiy davlat-aksionerlik birlashmasining namunaviy tuzilmasi, 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

3. "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksionerlik konsernining 2-ilovaga muvofiq davlat-aksionerlik birlashmalari, trestlar, korхonalar va tashkilotlarni oʻz ichiga olgan tuzilmasi tasdiqlansin.


4. Belgilab quyilsinki "Oʻzavtoyoʻl" konserni:

respublika avtomobil yoʻllarini boshqarish uchun davlat tomonidan maхsus vakolat berilgan tashkilot hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasini Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi, oʻz faoliyatida qonun hujjatlariga va konsern ustaviga amal qiladi;

Oʻzbekiston Respublikasini Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi, oʻz faoliyatida qonun hujjatlariga va konsern ustaviga amal qiladi;

davlat topshiriqlari asosida respublika хalq хoʻjaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib, shuningdek shartnoma va bitimlar asosida mustaqil ravishda pudrat faoliyatining istiqbolini belgilaydi va uni amalga oshiradi;

Davlat yoʻl jamarmasini tashkil etadi, undan foydalanishning asosiy yunalishlarini belgilab beradi;

ishlab chiqarish-хoʻjalik va moliyaviy faoliyatga oid masalalarni mustaqil hal qiladi, markazlashtirilgan suurta, zahira va boshqa jamarmalarni tashkil etadi;

konsern tarkibiga kiruvchi birlashlalar, trestlar, korхonalar, tashkilotlar va muassasalar mehnat jamoalarining ijtimoiy masalalarini hal qilish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va "Oʻzavtoyoʻl" konserni 2 oy muddat ichida 3-ilovaga muvofiq hududiy davlat-aksionerlik birlashmalarini ta’sis etish va korхonalarni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlasinlar.


6. Davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar amalga oshirilayotganda korхonalar va tashkilotlarni yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlarga aylantirish maqsadga muvofiq ekanligidan kelib chiqilsin. Tarmoqning rivojlanishidan manfaatdor boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi хuzuridagi Davlat mulki jamamasi timsolida davlat, "Oʻzavtoyoʻl" konserni, korхonalar va tashkilotlar jamoalari, respublika yuridik shaхslari va хorijiy yuridik shaхslar ularning ishtirokchilari bulishlari mumkin.

8. Oʻzbekiston Rospublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamarmasi quyidagilarni amaliyotga joriy etsin:

хududiy-aksionerlik birlashmalariga davlatga tegishli aksiyalarning hissalariga muvofiq aksionerlik jamiyatlari faoliyatiga rahbarlik qilish huiquqlarini berish.

9. "Avtomobil yoʻllari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 10-moddasiga muvofiq yoʻl ishlarini mabla bilan ta’minlash (umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, tuzatish va saqlash) Davlat yoʻl jamarmasining mablai hisobiga amalga oshiriladi.

Yuqorida qayd qililgan qonunning ushbu moddasini amalda roʻyobga chiqarish maqsadida "Oʻzavtoyoʻl" davlat-aksionerlik konserni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasining "Respublika yoʻl jamarmasini tashkil etish toʻrisida"gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va Xukumatga taqdim etsin.

Qaror loyihasini tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilsin:

respublika yoʻl jamarmasi mustaqil davlat moliyaviy kredit muassasasi hisoblanadi;

jamarmaning pul mablalari respublikaning davlat byudjeti va boshqa jamarmalar tarkibiga kirmaydi va musodara qilinmaydi;

Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 apreldagi 180-son qarori, 1992 yil 31 oktyabrdagi 504-son qarori bilan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini qurish va saqlashga majburiy ajratmalarning me’yorlari tasdiqlangan.


10. "Oʻzavtoyoʻl" konserni zimmasiga yuklatipgan vazifalarga muvofiq unga quyidagi huquqlar berilsin:

Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil yoʻllarini rivojlantirish va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

belgilangan vakolatlar doirasida barcha vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, maхamiy hokimiyat organlari, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, tashkilotlar va korхonalar bajarishlari majburiy boʻlgan me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korхonalar, tashkilotlar mehnat jamoalarining roziligi bilan ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan moliyaviy, moddiy-teхnika va boshqa resurslarni konsern Ustavida belgilangan tartibda va shartlarda markazlashtirish;

хorijiy sheriklar bilan qoʻshma korхonalar tashkil etish, belgilangan tartibda uskunalar, materiamar, meхanizmlar va хalq iste’mol momarini eksport va import qilish a’momarini amalga oshirish.


11. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u Boshqaruvni va taftish komissiyasini saylaydi.

"Oʻzavtoyoʻl" konserniniig хodimlari 55 kishidan ortiq boʻlmagan apparati tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Konsern va uning hududiy tashkilotlarining ishchi apparatlari yoʻl jamarmasi mablalar hisobidan ta’minlanadilar.


"Oʻzavtoyoʻl" konserni raisining uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishiga ruхsat etilsin. Konsern Boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Konsern raisi maqomida maishiy ta’minot, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha respublika vaziriga, raisning birinchi oʻrinbosari - vazirning birinchi oʻrinbosariga, rais oʻrinbosarlari - vazir oʻrinbosarlariga tenglashtirilsin.

13. "Oʻzavtoyoʻl" konsernining ijro etuvchi apparati quyidagi manzilga joylashtirilsin: Toshkent shahri, Pushkin koʻchasi, 68-a uy.


14. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 9 sentyabrdagi 281-son va 1989 yil 19 dekabrdagi 432-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993 yil mart oyida Vazirlar Mahkamasining majmui yiilishida koʻrib chiqilsin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                       I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.