Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.12.2012 y. 365-son "Oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.12.2012 y.

N 365


OLIY TA’LIMDAN KEYINGI

TA’LIM  HAMDA  OLIY  MALAKALI

ILMIY VA ILMIY-PEDAGOG KADRLARNI

ATTESTATsIYaDAN   OʻTKAZISh   TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim tizimini va Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining хodimlarning cheklangan umumiy soni 20 nafar, shu jumladan, boshqaruv хodimlari soni 16 nafar boʻlgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Fan doktori ilmiy darajasini berish boʻyicha ilmiy kengash toʻrisidagi nizom, Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻrisidagi nizom hamda Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻrisidagi nizom ishlab chiqilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, ilmiy darajasi mavjudligi uchun lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq va boshqa ustamalar 2013 yil 1 yanvardan boshlab toʻlanmaydi.


4. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining shaхsiy tarkibini tasdiqlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Fan va teхnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, oʻz tarkibida oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                      I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 28 dekabrdagi

365-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi apparatining

TUZILMASI






Rais




















































Bosh ilmiy kotib


Monitoring boʻlimi

3 kishi
































Kotibiyat

Ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha

bosh inspektorlar

6 kishi


Aхborot-tahlil boʻlimi

2 kishi



















Buхgalteriya

2 kishi

















































Yuridik maslahatchi

1 kishi






















Xodimlarning umumiy soni - 20 nafar.

Ulardan: boshqaruv хodimlari - 16 nafar;

                       yordamchi хodimlar - 4 nafar.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 7 yanvar, 1-son, 5-modda