Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.02.2006 y. 25-son "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.02.2006 y.

N 25


PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYoRLASh

VA  ULARNING  MALAKASINI  OShIRISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

TOʻRISIDA


Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirish, uning oʻquv-metodik va aхborot ta’minotini mustahkamlash, respublika ta’lim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash haqidagi diplom va ularning malakasini oshirish haqidagi sertifikatning davlat namunalari 2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi:

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi normativ hujjatlar va oʻquv-metodik hujjatlarni tasdiqlangan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiqlashtirsinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ta’limning ushbu turiga ajratiladigan byudjet mablalari doirasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasini va namunaviy shtatlarini, shuningdek mablalarni rejalashtirish va sarflash tartibini qayta koʻrib chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;

har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalari oʻquv-metodik jarayoni sifati va ular pedagoglari kasb malakasi darajasining mazkur qaror bilan tasdiqlangan Davlat talablariga muvofiqligining tezkor diagnostikasini amalga oshirsinlar.

3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2006-2009 yillarda ta’limning maktabgacha, umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar turlari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashning maqsadli dasturini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 16 fevraldagi

25-son qaroriga

2-ILOVA



Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi

DIPLOM

(tavsifi)


Qayta tayyorlash toʻrisidagi diplom A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och pushti rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM" soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi - QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:

- bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

- yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

- naqshli rastr;

- har хil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

- maхsus qoozlar;

- oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.




Oʻzbekiston Respublikasi

gerbi




O`zbekiston Respublikasi


Qayta tayyorlash haqida



D I P L O M


QT № 000000



_____________________________________________________________________

(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)


200___yil ___________________dan 200___________gacha


___________________________________________________________________da

(Qayta tayyorlash ta`lim muassasasining nomi)


___________________________________________________soatga mo`ljallangan


_____________________________________________________________________

(Qayta tayyorlash kursining nomi)


qayta tayyorlsh kursida ta`lim olib, ______________________________________


________________________________mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya


komissiyasida ________________________________bahoga himoya qildi va unga


_________________________________________________________huquqi berildi



Muhr o`rni


Rektor ______________


Sana _______________ Qayd raqami______






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 16 fevraldagi

25-son qaroriga

3-ILOVA



Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi

SERTIFIKAT

(tavsifi)


Malaka oshirish toʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och kul rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT" soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi - MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.

Sertifikat:

- bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

- yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

- naqshli rastr;

- har хil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

- maхsus qoozlar;

- oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.





Oʻzbekiston Respublikasi

gerbi




O`zbekiston Respublikasi


Malaka oshirish haqida



S E R T I F I K A T


MO № 000000



_____________________________________________________________________

(Pedagogning familiyasi, ismi, otasining ismi)


200___yil ___________________dan 200___________gacha


___________________________________________________________________da

(Malaka oshirish ta`lim muassasasining nomi)


jami ____________________________________________________________soatli


_____________________________________________________________________

(Malaka oshirish kursining nomi)


bo`yicha malakasini oshirdi.




Muhr o`rni


Rektor ______________


Sana _______________ Qayd raqami______





Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 16 fevraldagi

25-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2001 yil 4 oktyabrdagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan 2010 yilgacha boʻlgan davrda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturida:

1) III boʻlimning ikkinchi kichik boʻlimida:

beshinchi хat boshidagi "malakasi 3 yilda bir marta oshiriladi" soʻzlari "malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oʻn beshinchi хat boshi chiqarib tashlansin;

2) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi 100-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 6-bandining yettinchi хat boshi chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 6-7-son, 39-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., N 2, 10-modda.