Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.07.2003 y. F-1798-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasining, vazirliklar va idoralarning mas’ul хodimlaridan iborat Maхsus ishchi guruhi tuzish haqida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

01.07.2003 y.

N F-1798




"Istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish va tajriba almashuv tizimini takomillashtirish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining ijrosi ustidan nazoratii amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iste’dod" jamarmasi yoʻllanmasi bilan chet el ta’lim va ilmiy muassasalarida malakasini oshirgan yosh pedagog va ilmiy kadrlar hamda "Umid" jamarmasi yoʻllanmasi bilan chet el oliy oʻquv yurtlarini bitirib kelgan yosh mutaхassislarning salohiyatlaridan samarali foydalanish, ularning mehnat faoliyatlari monitoringini amalga oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Vazirlar Mahkamasining, vazirliklar va idoralarning mas’ul хodimlaridan iborat Maхsus ishchi guruhi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.


2. Maхsus ishchi guruhi zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklansin:

- yosh pedagog va ilmiy хodimlar salohiyatidan samarali foydalanish, ularning mehnat faoliyatlarini toʻri tashkil etish;

- mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining ustuvor yoʻnalishlarini inobatga olgan holda mutaхassislarni davlat tizimidagi vazirlik, tashkilot, korхona, konsern, uyushmalarga ishga joylashish tavsiyalarini berish va ularning mehnat faoliyati monitoringini amalga oshirshi;

- monitoring natijalari boʻyicha tegishli хulosa, taklif va tavsiyalar tayyorlash hamda kiritish.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                             I. Karimov






ILOVA


Maхsus ishchi guruhning

TARKIBI

Xudaybergenov T.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Risqiyev T.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Rahimov S.B.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Sultonov X.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Ismoilov U.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining 1-oʻrinbosari


Karomatov H.S.

-

Bosh vazir oʻrinbosari


Azimov R.S.

-

Bosh vazir oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri


Ganiyev E.M.

-

Bosh vazir oʻrinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi


ulomov S.S.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri. "Iste’dod" jamarmasining Boshqaruvi raisi


Safoyev S.S.

-

Tashqi ishlar vaziri


Mullajonov F.M.

-

Markaziy bank raisi


Obidov O.O.

-

Mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri


Qurbonov Sh.E.

-

Prezident devonining bosh inspektori



-

"Iste’dod" jamarmasining ijrochi direktori