Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2014 y. 141-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.06.2014 y.

N 141



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARIGA

TANLASh TARTIBI VA QABUL QILISh QOIDALARI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga intellektual rivojlangan va har tomonlama tayyorlangan yoshlarni tanlash tartibi va qabul qilish qoidalarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomni amal qilish uchun qabul qilsinlar va uning talablari soʻzsiz bajarilishini ta’minlasinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 277-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 9 iyun, 23-son, 271-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 6-son, 58-modda