Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2014 y. 129-son "Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.05.2014 y.

N 129


OLIY TA’LIM MUASSASASINING

VASIYLIK KENGAShI TOʻRISIDAGI

NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA



"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va oliy ta’lim muassasalari jamoatchilik boshqaruvining samarali tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi toʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bir oy muddatda:

tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etilishini va ularning shaхsiy tarkibi tasdiqlanishini;

oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 2 iyun, 22-son, 254-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 51-modda