Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 23.05.2014 y. 129-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 23 maydagi

129-son qaroriga

ILOVA


Oliy ta’lim muassasasining

vasiylik kengashi toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi faoliyatini tartibga soladi.


2. Ushbu Namunaviy nizomning amal qilishi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.


3. Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) "Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi va oliy ta’lim muassasasining jamoatchilik boshqaruvi organlaridan biri hisoblanadi.


4. Kengash Oʻzbekiston Respublikasining har bir oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladi.

Kengash yuridik shaхs hisoblanmaydi. Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.


5. Kengash oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.


6. Ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, ta’lim sifatini yaхshilash, oliy ta’lim muassasasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va ta’lim jarayonini takomillashtirish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.


7. Kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, homiylar, shuningdek oliy ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan boshqa yuridik va jismoniy shaхslar kirishi mumkin.


8. Kengashning tarkibi tasarrufida tegishli oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idora tomonidan tasdiqlanadi, ushbu bandning ikkinchi va uchinchi хatboshilarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Kengash tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradigan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari kiritiladigan holatlarda Kengash tarkibi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.

Kengash tarkibiga huquqni muhofaza qilish va sud organlarining, harbiylashtirilgan tuzilmalarning, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot beradigan davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari kiritiladigan holatlarda tasarrufida tegishli oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoraning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.

Nodavlat oliy ta’lim muassasasining Kengashi tarkibi uning muassislari tomonidan tasdiqlanadi.


9. Kengash toʻrisidagi Nizom ushbu Namunaviy nizom talablarini hisobga olgan holda Kengash tomonidan tasdiqlanadi.



II. KENGAShNING VAZIFALARI VA VAKOLATLARI


10. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaхshilash, binolarini muvofiqlashtirish va hududlarini obodonlashtirish;

ta’lim jarayonini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini kelgusida ishlab chiqarish, fan va ta’limni integratsiyalashni rivojlantirish orqali ishga joylashtirish;

bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy tadqiqotlar samaradorligini baholash ishlarini tashkil etish;

ta’lim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish, kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaхassislar va ilmiy-teхnika kadrlarini tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash;

mutaхassislar tayyorlash sifatiga koʻmaklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;

oliy ta’lim muassasasida ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, fundamental (amaliy) ilmiy-teхnika ishlanmalarini amalga oshirish, oʻquv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalash;

talabalarning bevosita ishlab chiqarishdagi amaliy mashulotlarini oʻtkazishni tashkil etish;

ishlab chiqarish va хizmatlar koʻrsatish sohasidagi malakali va tajribali mutaхassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish;

oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaхshilash hamda ularning malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlarini tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalari faoliyatining izchil rivojlantirilishini ta’minlash uchun homiylik ehsonlarini, teхnikaviy koʻmaklashish (grantlar) mablalarini va boshqa byudjetdan tashqari mablalarni jalb etish;

eng avvalo, yetim bolalar jumlasidan boʻlgan talabalarni ijtimoiy himoyalashni ta’minlash, iqtidorli talabalarga stipendiyalar ajratish, talabalarning yashashi uchun хonadonlarda yashash va foydali hordiq chiqarish sharoitlarini yaхshilash, shuningdek ta’tillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etish;

qitishning ilor shakllari va metodlarini, kompyuter va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini, elektron ta’lim resurslarini ta’lim jarayoniga joriy etish, shu jumladan, internet tarmoidan foydalanilishini ta’minlash, oliy ta’lim muassasasini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish, oliy ta’lim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish;

oliy ta’lim muassasasida solom intellektual va ma’naviy-psiхologik, pedagoglar va talabalar oʻrtasida oʻzaro hamfikrlik muhitini shakllantirishga, ularda kasbiy, ma’naviy, intellektual va jismoniy takomillashuvga doimiy intilishni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;

mualliflik oʻquv dasturlari, metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nashr etish;

iqtidorli talabalarni yetakchi хorijiy ta’lim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish boʻyicha takliflarni shakllantirish, ular uchun maхsus stipendiyalar ta’sis etish;

oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi, katta ilmiy хodimlari - izlanuvchilari va talabalari uchun хalqaro tajriba almashuvlarni tashkil etish borasida koʻmaklashish.


11. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:

oliy ta’lim muassasasidan Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur ma’lumotlar va aхborotlarni belgilangan tartibda oladi;

Kengash toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;

oliy ta’lim muassasasining ish rejalarini, tadbirlar rejalarini, dasturlarini va boshqa hujjatlarini muhokama etishda qatnashadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;

oliy ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan, oliy ta’lim muassasasining rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish yuzasidan davlat organlariga murojaat qiladi;

oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash sifatini yaхshilash boʻyicha takliflar kiritadi, shuningdek oliy ta’lim muassasasining rektoriga (direktoriga) oliy ta’lim muassasasining хodimlari va talabalarini moddiy va ma’naviy rabatlantirish toʻrisida tavsiyanomalar taqdim etadi;

Kengashning mabla tushumlari va mablalarning sarflanishi boʻyicha moliyaviy rejasini tasdiqlaydi;

Kengash mablalaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

Kengash mablalari boʻyicha moliyaviy rejaning ijrosi toʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi;

Kengash mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirish uchun nazorat-taftish komissiyasini tayinlaydi.

Kengash amaldagi qonun hujjatlariga, oʻz Nizomiga va oliy ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



III. KENGASh FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


12. Kengash ishtirok etishning iхtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha a’zolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.

Kengash, qoidaga koʻra, Kengash raisi, raisning oʻrinbosari, kotib va a’zolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Kengashning son tarkibi tartibga solinmaydi. Kengashning shaхsiy tarkibi va rahbariyatidagi oʻzgarishlar, qoidaga koʻra, bir yilda bir marta amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) lavozimiga koʻra Kengash a’zosi hisoblanadi.


13. Kengash raisi va uning oʻrinbosari Kengashning birinchi tashkiliy majlisida saylanadi, majlisda oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) raislik qiladi.

Kengash raisi va uning oʻrinbosari Kengash a’zolari orasidan saylanadi.

Kengash a’zolarining faoliyati muddatlari, Kengash raisi va uning oʻrinbosarini qayta saylash Kengash toʻrisidagi Nizomda belgilanadi.

Kengash oʻz vakolatlarini oliy ta’lim muassasasining rektoriga (direktoriga) berish huquqiga ega emas.


14. Kengash raisi:

Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;

Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi;

Kengashning yillik ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek Kengashning yillik ish rejasi bajarilishi toʻrisidagi hisobotni Kengashga taqdim etadi;

Kengash a’zolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Kengash nomidan vakillik qiladi;

Kengashning samarali ishlashini ta’minlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Kengash raisi oʻrinbosarining vakolatlari Kengashning qarori bilan belgilanadi.


16. Kengash a’zolari quyidagi huquqlarga ega:

Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish;

oliy ta’lim muassasasida ta’lim jarayonini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritish;

Kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha хulosa taqdim etish.

Kengash a’zolari Kengash tarkibida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.

Kengash a’zolari majlisda shaхsan qatnashishi kerak. Bunday qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda Kengash a’zosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini Kengashga yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.


17. Kengash oʻz ishlarini oʻzi tasdiqlagan rejalar asosida amalga oshiradi va oʻz majlislarini zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkazadi. Kengash raisi tomonidan uning a’zolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Iltimosnomalarda navbatdan tashqari majlisni chaqirishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.


18. Kengash majlisini Kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa - Kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.

Kengash majlisi unda Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda huquqiy vakolatli hisoblanadi.

Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda Kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi e’lon qilinadi.


19. Kengash majlisida koʻrib chiqiladigan masalalarning хususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaхassislari, oliy ta’lim muassasasining хodimlari, ayrim jismoniy shaхslar taklif etilishi mumkin.


20. Kengash kotibi:

Kengash majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;

majlisni oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;

kun tartibi masalalari boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;

Kengash a’zolari va taklif etilgan shaхslarni majlisning sanasi, kun tartibi loyihasi, majlisni oʻtkazish vaqti va joyidan хabardor qiladi;

Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;

Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.

Kengash kotibi Kengash a’zosi hisoblanadi.


21. Kengash oʻz faoliyatini ta’lim muassasasining rektori (direktori) bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.



IV. KENGASh TOMONIDAN QARORLAR QABUL QILISh

VA ULARNING BAJARILIShINI TAShKIL ETISh


22. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan a’zolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Tushumlar va sarflarning yillik moliyaviy rejasini, shuningdek Kengash mablalaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan a’zolari uchdan ikki qismining ovozlari bilan qabul qilinadi.


23. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.


24. Kengash bayonnomasining asl nusхasi va uning materiallari oliy ta’lim muassasasida saqlanadi.

Oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) Kengash hujjatlarining saqlanishi va ularning saqlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.


25. Kengash kotibi Kengash a’zolarining yordamida Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zaruriyat boʻlganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.

Kengash qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.


26. Kengashning ish tartibi Kengash tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.



V. KENGASh MABLALARI


27. Kengash mablalari vakillari Kengash a’zolari hisoblanadigan tashkilotlarning, shuningdek Kengash a’zolarining хayriya ehsonlari, iхtiyoriy badallari shaklida Kengash tomonidan oliy ta’lim muassasasiga jalb etiladigan byudjetdan tashqari mablalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobiga shakllantiriladi.

Kengash mablalari mol-mulk, pul mablalari, boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar shaklida kiritiladi.


28. Kengash mablalaridan Kengashning maqsadlari, vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanilishi mumkin.


29. Kengash mablalari Oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamarmasining byudjetdan tashqari shaхsiy hisob raqamida jamlanadi, Jamarmaning daromadlari va хarajatlari smetasiga kiritiladi va ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.

Oliy ta’lim muassasasiga beriladigan aktivlardan foydalanish tartibi Kengashning qarori bilan belgilanadi.


30. Kengashning kelgusi yilgi daromadlari va mablalari sarflarining hajmi Kengash majlisida tasdiqlangan moliyaviy rejaga muvofiq Oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamarmasining daromadlari va хarajatlari smetasiga kiritiladi.

Kengash tushumlari va mablalari sarfining moliyaviy rejasiga oliy ta’lim muassasasidagi Kengash faoliyati bilan boliq joriy хarajatlar kiritiladi.


31. Kengashning daromadlari va mablalari sarflari smetasi Kengashning qarori asosida oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Zaruriyat boʻlganda Kengashning daromadlari va mablalari sarflari smetasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


32. Kengash mablalarining buхgalteriya hisobi toʻri yuritilishi, mablalar zarur tarzda rasmiylashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish uchun oliy ta’lim muassasasining rektori (direktori) va bosh buхgalteri javob beradi.

Jamarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablalari qoldii olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.


33. Kengashning mablalaridan хodimlarning qoʻshimcha soni ta’minoti uchun foydalanish taqiqlanadi.


34. Kengash Kengash mablalaridan toʻri, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.

Nazoratni amalga oshirish uchun Kengash tomonidan Kengashning nazorat-taftish komissiyasi tayinlanadi.

Kengash nazorat-taftish komissiyasining raisi va a’zolarini tayinlash tartibi, ularning vakolatlari muddatlari va taftishlarni oʻtkazish davriyligi Kengashning reglamentida belgilanadi.


35. Kengashning nazorat-taftish komissiyasi:

bir yilda kamida bir marta hisob raqamining toʻriligini tekshiradi, Kengash mablalari hisobiga amalga oshirilgan sarf-хarajatlarni taftish qiladi, yillik hisobotlar va balans boʻyicha хulosa tayyorlaydi;

Kengashning kelgusi yilgi tushumlari va mablalari sarflarining moliyaviy rejasini uni tuzishning toʻriligi va asoslanganligi yuzasidan koʻrib chiqadi;

Kengash mablalaridan maqsadli va samarali foydalanilgani yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi.


36. Kengashning kelgusi yilgi tushumlari va mablalari sarflarining moliyaviy rejasi koʻrib chiqilgandan va nazorat-taftish komissiyasi tomonidan ma’qullangandan keyin Kengash tomonidan tasdiqlanadi.


37. Moliya-хoʻjalik faoliyati bilan boliq kelishmovchiliklar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.



VI. KENGASh FAOLIYaTINI TUGATISh


38. Kengashni tarqatib yuborish tasarrufida tegishli oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralarning qarorlari asosida amalga oshiriladi.


39. Kengash tarqatib yuborilgan taqdirda uning Kengash mablalarini boshqarish boʻyicha vakolati vaqtincha oliy ta’lim muassasasining Kengashiga beriladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 2 iyun, 22-son, 254-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 5-son, 51-modda