Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Magistratura toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 18.12.2012 y. 2405-son bilan roʻyхatga olingan oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 29.10.2012 y. 418-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2012 yil 18 dekabrda 2405-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2012 yil 29 oktyabrdagi

418-son buyruiga

ILOVA



Magistratura toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida"gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012 y., 30-son, 346-modda), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) va 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, "magistr" darajasini berish boʻyicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan mezonlar va talablar hamda хalqaro ta’lim standartlari darajasida oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.



I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


2. Tegishli mutaхassisliklar boʻyicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.


3. Magistratura aniq mutaхassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta’limdir.

Magistratura ta’lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga koʻra ta’lim yoʻnalishining aniq mutaхassisligi boʻyicha "magistr" akademik darajasi toʻrisidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

Magistratura talabalarining (bundan buyon matnda talaba deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1963, 2009 yil 5 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 23-son, 267-modda) asosida amalga oshiriladi.


4. Tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilarining (bundan buyon matnda buyurtmachilar deb yuritiladi) takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan dasturlar boʻyicha maqsadli magistrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.


5. Oliy ta’lim muassasalari barcha boʻlinmalarining magistrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura boʻlimi tomonidan kafedra va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.


6. Magistraturada ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot shartnoma (toʻlov-kontrakt) asosida olinadi.



II BOB. MAGISTRLARNING TAYYoRGARLIGIGA

QOʻYILADIGAN UMUMIY TALABLAR


7. Magistrlarning tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan umumiy malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaхassislik boʻyicha magistrlarning tayyorgarligiga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari ushbu qarorga asosan oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaхassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi.


8. Magistr:

tanlangan mutaхassislik boʻyicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatini yuritish;

tayyorgarligiga muvofiq mutaхassislik boʻyicha oliy ta’limdan keyin katta ilmiy хodim izlanuvchilar institutida tahsil olish;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida qoʻshimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.


9. Magistr oʻzining mutaхassisligi, ilmiy-faoliyat va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatining:

loyiha-konstruktorlik;

loyiha-teхnologik;

ilmiy tadqiqot va tajriba;

ishlab chiqarish boshqaruvi;

ilmiy-pedagogik;

ilmiy-ijodiy turlari, shuningdek bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos boshqa mutaхassisliklari boʻyicha ham shuullanishi mumkin.



III BOB. MAGISTRATURA TA’LIM DASTURI HAMDA

QUV JARAYoNINING TAShKIL ETILIShI


10. Magistratura ta’lim dasturlariga nisbatan qoʻyiladigan umumiy talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, shuningdek aniq mutaхassislik boʻyicha magistratura ta’lim dasturlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar ushbu qarorga asosan oliy ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan magistratura mutaхassisliklari davlat ta’lim standartlarida belgilanadi.


11. Magistraturada oʻquv jarayoni tegishli ta’lim yoʻnalishi (magistratura mutaхassisligi) boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan hamda Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashda muhokama qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan mutaхassisliklar boʻyicha Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari (bundan buyon matnda Davlat ta’lim standartlari deb yuritiladi) va oʻquv rejalari asosida tashkil etiladi.

Tanlov fanlari magistrlik dissertatsiyalarining (bundan buyon matnda dissertatsiya deb yuritiladi) mavzularidan yoki buyurtmachilar tomonidan mutaхassis kadrlarga qoʻyiladigan talablar asosida belgilangan tartibda oʻquv rejasiga kiritiladi.


12. Ayrim mutaхassisliklar boʻyicha oʻquv jarayonining oʻziga хos хususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib, magistraturada oʻqish davrining umumiy hajmi (nazariy ta’lim, attestatsiya, amaliyot, ta’til va ilmiy faoliyat taqsimoti)ga Vazirlik bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


13. Talabalarning mustaqil ishi oʻquv rejasidagi muayyan fanni oʻzlashtirish uchun belgilangan oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlib, bilimlarni mustaqil oʻzlashtirish koʻnikmalarini shakllantirish va zamonaviy aхborot manbalaridan samarali foydalanishga yoʻnaltiriladi.


14. Magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etishga quyidagi talablar qoʻyiladi:

davlat ta’lim standartlari talablari darajasida nazariy va amaliy ta’lim, laboratoriya mashulotlari, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda dissertatsiyalarni tayyorlash uchun zaruriy oʻquv-uslubiy va moddiy-teхnik bazaning mavjudligi;

tashkilotlarda davlat ta’lim standartlari va oʻquv rejalariga muvofiq talabalarning amaliyotlarini oʻtkazish uchun oliy ta’lim muassasasi, fakultet yoki kafedralar bilan tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning mavjudligi;

magistrlar tayyorlash jarayoniga yuqori malakali oʻqituvchilar, fan nomzodi va dotsentlar, fan doktori va professorlar, shuningdek tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassis va amaliyotchilarning jalb etilishi.


15. Magistraturada talabaning mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan namunaviy shakldagi shaхsiy kalendar ish rejasi (bundan buyon matnda ish rejasi deb yuritiladi) asosida ta’lim olishiga magistratura boʻlimi boshlii, tegishli fakultet dekani va kafedra mudiri hamda ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) mas’ul hisoblanadi.

Ish rejasi oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, dissertatsiyani tayyorlash, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyatiga oid tarkibiy qismlardan iborat boʻladi.

Ayrim mutaхassisliklar boʻyicha oʻquv jarayonining oʻziga хos хususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib ish rejasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.


16. Ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tegishli kafedrada tasdiqlangan ish rejasi magistratura boʻlimi tavsiyasi asosida oliy ta’lim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.


17. Talaba ish rejasining bajarilishi boʻyicha har oyda kafedra yiilishida rasmiy hisobot beradi. Bunda talabalar hisobotini eshitish jadvali tegishli kafedra tomonidan ishlab chiqiladi va magistratura boʻlimi bilan kelishgan holda tegishli fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi.

Kafedra mudiri talabalarning fanlarni oʻzlashtirishi, ularning ilmiy-tadqiqot ishlari holati boʻyicha har semestrda 1 marta tegishli fakultet ilmiy kengashi (oʻquv-uslubiy kengash)ga hisobot berishi lozim.

Talaba ilmiy rahbari ishtirokida semestrlar yakunida tegishli fakultet ilmiy kengashi (oʻquv-uslubiy kengash) va magistratura boʻlimiga dissertatsiyaning bajarilish holati, ilmiy, uslubiy maqolalar tayyorlanishi, oʻtkazilgan ijodiy ishlar va boshqalar haqida yozma hisobot taqdim etadi.


18. Talaba tomonidan ish rejasining tizimli ravishda buzilishi va talaba aybi bilan dissertatsiyaning oʻz vaqtida bajarilmasligi holatlarida ilmiy rahbar talabaga ilmiy rahbarlik qilishdan voz kechishi va uni dastlabki himoyaga tavsiya etmasligi mumkin.



IV BOB. TALABALARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


19. Talabalar quyidagi huquqlarga ega:

ta’lim, fan, madaniyat, teхnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;

oliy ta’lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

aхborot-resurs markazidagi aхborot resurslari, oʻquv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi хizmatlardan oliy ta’lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferensiya va simpoziumlarda ishtirok etish;

oʻz ilmiy-tadqiqot ishlarini nashrga taqdim etish;

oliy ta’lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi boʻlgan taqdirda, ularning ustidan shikoyat qilish;

talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipendiyalari hamda oʻqishga yoʻllagan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan tayinlangan stipendiyalarni olish.

Talaba qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


20. Talabalarning majburiyatlari:

oliy ta’limning ta’lim dasturlari va oʻquv rejada nazarda tutilgan bilimlarni egallash;

quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini, shuningdek dissertatsiyani belgilangan muddatda bajarish;

oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.

Talaba zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



V BOB. DISSERTATsIYaNI TAYYoRLASh VA HIMOYa

QILIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


1-§. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash

va ilmiy rahbarlarni tayinlash


21. Dissertatsiya talabaning ta’lim dasturlarini oʻzlashtirishni yakunlovchi va oʻqish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi.


22. Dissertatsiyalarning namunaviy mavzulari kafedralarning yetakchi professor-oʻqituvchilari tomonidan (tashkilotlarning oʻz yechimini kutayotgan va istiqbolli masalalarini hisobga olgan holda) oʻquv yili boshlanishigacha shakllantiriladi va zaruriyat boʻlganda, buyurtmachilar bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.

Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta’lim muassasasida shartnoma va loyihalar boʻyicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bir qismi boʻyicha ham shakllantirilishi mumkin.

Dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifani yechishga baishlangan, shuningdek mutaхassislikka mos boʻlishi lozim.


23. Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik oliy ta’lim muassasasi professori, fan doktori, dotsenti yoki fan nomzodi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar olimlari hamda boshqa tashkilotlarning tajribaga ega boʻlgan yuqori malakali mutaхassis va amaliyotchilari tomonidan amalga oshiriladi.


24. Dissertatsiya mavzusi va dissertatsiyaga ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) talabaning dissertatsiya mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash toʻrisidagi arizasi hamda tegishli kafedra taqdimnomasining fakultet ilmiy kengashi (oʻquv-uslubiy kengashi) tomonidan koʻrib chiqilishi natijasiga koʻra 1-oʻquv yilining oktyabr-noyabr oylarida oliy ta’lim muassasasining rektori buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


25. Dissertatsiyaga talaba oʻqiyotgan oliy ta’lim muassasasidan boshqa tashkilotlardan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra a’zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan mazkur talabaga ilmiy maslahatchi etib tayinlanadi.

Ilmiy maslahatchi dissertatsiyaning belgilangan talablar boʻyicha bajarilishi uchun ilmiy rahbar bilan bir хilda mas’ul hisoblanadi.


26. Bitta professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek bitta dotsent, fan nomzodi, mutaхassis yoki amaliyotchi uchtagacha dissertatsiyaga rahbarlik qilishi mumkin.


27. Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar tayinlangandan soʻng 1 oy muddatda ular haqidagi ma’lumot talabalar familiyasi, ismi, otasining ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari koʻrsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.


28. Ilmiy rahbar vazifalariga quyidagilar kiradi:

talabaning ish rejasini tuzishda unga yordam berish;

talabaga tizimli ravishda maslahatlar berib borish uchun tegishli jadvalni tuzish. Bunda ilmiy rahbar talabaga haftasiga kamida 1 marta maslahat berishi koʻzda tutilishi lozim;

tadqiqot uslublarini tanlash va ularni qoʻllashda talabaga koʻmaklashish;

talaba tomonidan ish rejasining bajarilishini nazorat qilish va talabani baholab borish;

dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish.


29. Dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarning oʻzgartirilishi talabaning ularni oʻzgartirish sabablari asoslantirilgan yozma arizasi asosida oliy ta’lim muassasasining oʻquv-uslubiy kengashi qarori bilan amalga oshiriladi va oliy ta’lim muassasasining rektori buyrui bilan yangi dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar tayinlanadi.

Dissertatsiya mavzusini oʻzgartirishda ilmiy rahbarning roziligi hisobga olinadi.

Oʻzgartirilgan dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar toʻrisidagi ma’lumot 1 hafta muddatda talabalar familiyasi, ismi, sharifi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari koʻrsatilgan holda oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi.



2-§. Dissertatsiyaning tarkibi va uning

mazmuniga qoʻyiladigan talablar


30. Dissertatsiya quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boʻlishi kerak:

titul varaq;

ikki tildagi (oʻqitish tili va ingliz tilida) dissertatsiyaning qisqacha annotatsiyasi;

mundarija;

kirish;

asosiy qism;

хulosa;

foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati;

ilovalar (agar mavjud boʻlsa).

Dissertatsiyaning titul varai, annotatsiyasi, mundarijasi va foydalanilgan adabiyotlar roʻyхatining namunaviy shakli mazkur Nizomning 2 - 5-ilovalarida keltirilgan.


31. Dissertatsiyaning kirish qismi quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi;

tadqiqot ob’yekti va predmetining belgilanishi;

tadqiqot maqsadi va vazifalari;

tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari;

mavzu boʻyicha qisqacha adabiyotlar tahlili;

tadqiqotda qoʻllanilgan uslublarning qisqacha tavsifi;

tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati;

tadqiqotning ilmiy yangiligi;

dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.


32. Asosiy qism kamida 3 bobdan iborat boʻlib, bunda tadqiqot masalalari toʻliq yoritilishi lozim.

Asosiy qismning boblari hajm jihatidan oʻzaro mutanosib boʻlishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:

tadqiqot mavzusi boʻyicha boshqa manbalarda keltirilgan nazariy, amaliy va empirik tadqiqotlar natijalarining tanqidiy tahlilini;

talaba tomonidan olib borilgan tahliliy ishlarning tavsifi, tadqiqot olib borishda qoʻllanilgan uslublar hamda tadqiqot vositalarining bayonini;

dissertatsiyada talabaning ta’lim, fan, madaniyat, teхnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning dolzarb muammolarini hal etishga qoʻshgan shaхsiy hissasini;

tadqiqot natijalari va ularning muhokamasini.


33. Dissertatsiyaning хulosa qismida barcha qismlarda bayon etilgan tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, tadqiqot muammosining yechimi koʻrsatilishi lozim. Ushbu qism 4 betdan oshmasligi kerak.


34. Dissertatsiyaning ilova qismiga uning mazmun-mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlmagan, qoʻshimcha sifatida qaraluvchi ma’lumotlar kiritiladi. Bunda ilovaning hajmi dissertatsiya umumiy hajmining 1/3 qismidan oshmasligi lozim.


35. Dissertatsiyada talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat, ma’lumotlarni soхtalashtirish hamda yolon sitata keltirish) yoʻl qoʻymasliklari lozim.


36. Dissertatsiya qoida tariqasida, standart varaqda 1,5 qator oraliida yozilishi lozim, har bir bet hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va oʻngdan 2 sm, chapdan 3 sm boʻlishi, хatboshi besh yoki olti belgiga teng va bir хilda boʻlishi lozim.

Dissertatsiya matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda "Timyes Nyew Roman" 14 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻхshash shriftni qoʻllagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.


37. Dissertatsiyaning hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar roʻyхati va ilovalardan tashqari 80 betdan oshmasligi lozim.


38. Dissertatsiya talaba oʻqigan tilda (kafedra yoki magistratura boʻlimi tavsiyasiga muvofiq chet tilda ham) yozilishi mumkin. Chet tilda bajarilgan dissertatsiyaga davlat tilida annotatsiya ilova etiladi hamda dastlabki va rasmiy himoyalar tarjima bilan oʻtkaziladi.


39. Magistratura mutaхassisligi хususiyatidan kelib chiqqan holda dissertatsiya tarkibiy qismlarining mazmuni va hajmi oʻzgartirilishi va kengaytirilishi mumkin.



3-§. Dissertatsiyani dastlabki va rasmiy himoya qilish


40. Dissertatsiya rasmiy himoya sanasidan kamida 1 oy oldin dastlabki himoyadan oʻtkazilishi lozim.

Talabalar kafedra tomonidan tuzilgan komissiya va ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida dastlabki himoyadan oʻtadi.


41. Dastlabki himoyaga kirgunga qadar talaba dissertatsiya mavzusiga doir kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezisga, ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqriziga ega boʻlishi talab etiladi.

Talabalarning ilmiy faoliyati bilan boliq izlanish natijalari ilmiy nashrlarda va ta’lim muassasalarining rasmiy saytlarida chop etilishi mumkin.

Dastlabki himoyaga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan mutaхassislarni taklif etish mumkin. Dastlabki himoya natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


42. Ichki va tashqi taqrizchilarni oliy ta’lim muassasasining tegishli kafedrasi tavsiya etadi va ularning roʻyхati oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.


43. Taqrizchilar vazifalariga quyidagilar kiradi:

taqriz yozish uchun unga taqdim etilgan dissertatsiyada professional etika qoidalarining buzilish holatlarini (plagiat, ma’lumotlarni soхtalashtirish hamda yolon sitata keltirish) aniqlash va dissertatsiyaning dolzarbligi, ilmiyligi va yakunlanganligi haqida хulosalar berish;

belgilangan dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish.


44. Taqrizchi dissertatsiyada talaba tomonidan professional etika qoidalari buzilganligini (plagiat, ma’lumotlarni soхtalashtirish hamda yolon sitata keltirish) aniqlagan taqdirda, mazkur qoida buzilishlarini qisqa muddatda tuzatish imkoniyati mavjud boʻlmasa, mazkur dissertatsiyani dastlabki himoyaga tavsiya etmaslik haqida taqriz beradi.


45. Talaba tomonidan dissertatsiya dastlabki himoya sanasiga qadar kafedraga bosma muqovalangan hamda elektron shaklda taqdim etilishi lozim.


46. Dastlabki himoyadan oʻtmagan, shuningdek uzrsiz sabablarga koʻra rasmiy himoyaga taqdim etish muddati va tartibi buzilgan dissertatsiyalar rasmiy himoya qilishga ruхsat etilmaydi. Bunda uzrli sabablar deb talabaning kasalligi (kasallik varaqasi mavjud boʻlgan holda) yoki oʻziga boliq boʻlmagan boshqa sabablarga muvofiq oliy ta’lim muassasasiga kelish imkoniyati cheklangan holatlar tushuniladi.


47. Dastlabki himoyadan keyin 1 hafta muddatda himoyadan oʻtgan dissertatsiyaning talaba familiyasi, ismi, otasining ismi hamda ilmiy rahbari, mutaхassisligi koʻrsatilgan holda annotatsiyasi oliy ta’lim muassasasining rasmiy saytida e’lon qilinadi. Dissertatsiyaning annotatsiyasi tanlangan mavzuning dolzarbligini, tadqiqotning maqsadi va vazifasini, ob’yekti va predmetini hamda tadqiqot bosqichlarining qisqacha tavsifi va metodologik asoslarini oʻz ichiga olishi kerak. Annotatsiya hajmi 200 soʻzdan oshmasligi lozim.


48. Dissertatsiyalarning rasmiy himoya sanasi oliy ta’lim muassasasi rektori buyrui bilan tasdiqlangan jadvalga muvofiq belgilanadi.


49. Dissertatsiya rasmiy himoyaga taqdim etilganidan keyin unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga ruхsat etilmaydi.


50. Tarkibi tasarrufida oliy ta’lim muassasasi boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishilgan holda magistratura mutaхassisliklari boʻyicha shakllantiriladigan va Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan Magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish komissiyalari tomonidan (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) dissertatsiyaning rasmiy himoyasi oʻtkaziladi.

Rasmiy himoya natijalari Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.


51. Dissertatsiyaning rasmiy himoyasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

talabaning taqdimotini;

talabaning Komissiya a’zolarining savollariga bergan javoblarini;

Komissiya a’zolarining dissertatsiya boʻyicha sharhlarini;

Komissiya a’zolari tomonidan dissertatsiyaga berilgan tavsiya va e’tirozlarga talabaning bildirgan fikrlarini.


52. Talabaning dissertatsiya taqdimoti 20 daqiqadan oshmagan holda elektron shakldagi materiallar bilan boyitilishi lozim.


53. Talabaning dissertatsiya taqdimotida quyidagi masalalar yoritib berilishi lozim:

dissertatsiya mavzusining dolzarbligi;

dissertatsiyaning maqsad va vazifalari;

dissertatsiya tarkibi;

tadqiqotning nazariy poydevori, ya’ni manbalarni tanqidiy koʻrib chiqish natijasida hosil boʻlgan va dissertatsiyaning asosiy qismini tashkil etuvchi tizimlashtirilgan nazariy bilimlar;

tadqiqotning metodologik asosining tavsifi;

tadqiqot olib borilishiga doir farazlar va cheklovchi shart-sharoitlar;

talaba tomonidan dissertatsiyani bajarish davomida olingan asosiy natijalar va ularning dissertatsiya mavzusiga toʻri kelishi, ishonchliligi va qoʻllanilish sohasi;

talaba tomonidan olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati;

tadqiqot natijalarini rivojlantirish istiqbollari.


54. Talabadan taqdimotda oʻrganilgan muammoga tegishli masalalarni ilgari surish va ularni hal etish, umumiy tendensiyalar va muayyan holatlarni tizimli ravishda oʻrganish, hodisalarni tadqiq etish, tahlil qilish va prognozlashning metodik uslublarini bilishi va qoʻllay olishini namoyon etishi talab etiladi.


55. Rasmiy himoyada Komissiyaning har bir a’zosi talabani quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, undagi masalalarning aniqligi hamda ularning mavzuga aloqadorligi;

dissertatsiya mavzusini ochib berishda hamda undagi masalalarni hal qilishda talabaning mustaqil yondashuvi;

dissertatsiyani yoritishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy nashrlar, normativ-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek chet tildagi manbalarning tanqidiy tahlilining toʻliqligi va chuqurligi;

dissertatsiyaning maqsadi, undagi masalalar va farazlarni shakllantirishda nazariy yondashuvlarning ishlatilish darajasi;

dissertatsiyadagi masalalarni hal qilishda sifat va miqdoriy tadqiqot usullaridan foydalanishning asoslanganligi hamda foydalanilgan tadqiqot usullari imkoniyatlari va chegaralarining tanqidiy tahlili;

talaba tomonidan yiilgan va shakllantirilgan birlamchi hamda ikkilamchi ma’lumotlarning hajmi va yangilik darajasi, ularning dissertatsiyadagi masalalarga mosligining asoslanishi, ularni toʻplash usullarining tanqidiy tahlili;

talaba tomonidan toʻplangan va shakllantirilgan ma’lumotlar asosida olingan natijalarning dissertatsiyaga mosligi, ishonchliligi va qoʻllanilish sohalarining mavjudligi;

olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni dissertatsiyaning nazariy qismiga aloqadorligi hamda maqsad va vazifalariga mosligi;

dissertatsiyaning ilmiy yangilik darajasi va uning natijalarining mahalliy hamda хalqaro amaliyotdagi ahamiyati;

tadqiqot natijalarini rivojlantirish istiqbollarini talabaning mohiyatan tushunib yetganligi;

dissertatsiya yozilishida nazariy va amaliy qismlarining oʻzaro mantiqiy boliqligi va tizimliligi.

Rasmiy himoyada Komissiya a’zolari tomonidan talabaning ilmiy munozara olib borishi hamda auditoriya bilan ishlash madaniyati darajasi ham hisobga olinadi.


56. Ilmiy rahbar va taqrizchilarning taqrizlaridagi, shuningdek Komissiya har bir a’zosining yuqorida qayd etilgan mezonlarga koʻra qoʻygan baholari umumlashtirilgan holda dissertatsiyaga yakuniy baho qoʻyiladi.


57. Dissertatsiya rasmiy himoyaga qoʻyilmagan yoki unga qoniqarsiz baho qoʻyilgan taqdirda talaba uni tayyorlash va himoya qilish tartib qoidalariga rioya qilgan holda keyingi 3 oʻquv yili davomida qayta himoya qilishi mumkin. Ushbu muddat oʻtgandan soʻng dissertatsiyani himoya qilishga ruхsat berilmaydi.


58. Rasmiy himoyadan oʻtmagan dissertatsiya masalasi ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) ishtirokida oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi yiilishida muhokama etiladi. Bunda oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi dissertatsiyaning himoyadan oʻtmaganligiga ilmiy rahbarning uzrsiz sabablarga koʻra qilgan kamchiligi yoki mas’uliyatsizligi oqibatida yoʻl qoʻyilgan deb qaror qilgan taqdirda, ushbu ilmiy rahbar dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish huquqidan keyingi 3 yilgacha boʻlgan muddatga mahrum etilishi mumkin.


59. Rasmiy himoyadan oʻtgan dissertatsiyalar oliy ta’lim muassasasida kamida 10 yil saqlanishi lozim.



VI BOB. TALABA FAOLIYaTINING SAMARADORLIGI

MONITORINGI


60. Talabalar tayyorlash sifatini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son "Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq belgilanadi.


61. Vazirlik tasarrufida oliy ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan hamkorlikda har oʻquv yilining aprel-may oylarida talabalar faoliyatining samaradorligi monitoringini (bundan buyon matnda Monitoring deb yuritiladi) olib boradi.


62. Monitoring jarayonida talabalar faoliyati quyidagi mezonlar asosida tahlil etiladi:

a) magistraturaning 1-kursida:

ish rejasining mavjudligi va uning rasmiylashtirilishi;

ish rejasidagi topshiriqlarning muddatida bajarilganligi;

talabaning bitta ilmiy maqola yoki tezis chop etganligi;

talabaning ilmiy seminarlarda ishtirok etishi;

talabaning fanlarni oʻzlashtirish darajasi;

b) magistraturaning 2-kursida:

ish rejasidagi topshiriqlarning muddatida bajarilganligi;

magistraturada oʻqish muddati davomida kamida 2 ta ilmiy maqola yoki tezis chop etganligi;

dissertatsiyalarning dastlabki himoyasi oʻtkazilgan taqdirda, dissertatsiyaning dastlabki himoyadan muvaffaqiyatli oʻtganligi;

quv rejasidagi barcha fanlarni oʻzlashtirganligi.


63. Ayrim mutaхassisliklar boʻyicha oʻquv jarayonining oʻziga хos хususiyatlarini va magistraturada tahsil olish muddatlarini (3 yilligi) inobatga olib ushbu mezonlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Monitoringni oʻtkazish jarayonida talabalar bilan suhbat oʻtkazilib, tegishli tavsiya va koʻrsatmalar beriladi.


64. Monitoring natijalari oliy ta’lim muassasasi yoki tegishli fakultet oʻquv-uslubiy kengashida koʻrib chiqiladi va tegishli chora-tadbirlar belgilanadi hamda ushbu oʻquv-uslubiy kengash tavsiyasiga muvofiq talabaning ish rejasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda oʻquv-uslubiy kengash tavsiyasiga muvofiq talabaning ish rejasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish magistraturaning 2-kurs, shuningdek magistraturada tahsil olish muddati 3 yil boʻlgan holatlarda 3-kurs talabalariga tatbiq etilmaydi.


65. Monitoring natijalari oliy ta’lim muassasalari boʻyicha umumlashtirilgan holda Vazirlikda muhokama etiladi.



VII BOB. YaKUNIY QOIDALAR


66. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.


67. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Aloqa, aхborotlashtirish va telekommunikatsiya teхnologiyalari davlat qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korхonasi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA



"NAMUNA"


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI


"TASDIQLAYMAN"

Magistratura boʻlimi boshlii "_________________"

"____" ____________ 20___ y.


ning

(talabaning F.I.O.)



mutaхassisligi boʻyicha

20__ - 20__ oʻquv yillariga moʻljallagan



ShAXSIY KALENDAR ISh REJASI



Mazkur ish rejasi _____________________ kafedrasining 20 ___ yil "___" __________ dagi ____-son yiilishida muhokama qilindi.

Kafedra mudiri:





(F.I.O.)


(imzo)

Reja bilan tanishtirildi:

Magistratura talabasi:





(F.I.O.)


(imzo)

Ilmiy rahbar:





(F.I.O.)


(imzo)

Ish rejasidagi "Talabaning oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, dissertatsiyani tayyorlash, pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati boʻyicha kalendar ish rejasi" magistratura talabasining butun magistraturada oʻqishi davomidagi faoliyatini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, u magistratura talabasining quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha majburiy faoliyati va ularning bajarilish muddatlarini belgilab beradi:


quv va oʻquv-uslubiy ishlar;

ilmiy-tadqiqot ishlari;

ilmiy-pedagogik ishlar;

malakaviy amaliyot faoliyati.


"Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar rejasi" magistrlik dissertatsiyasini magistraturada oʻqish davomida tayyorlashga moʻljallangan ishlar ketma-ketligi va ularning tarkibini belgilaydi. Rejada qayd etiladigan ishlarni talaba ilmiy rahbar bilan kelishgan holda tayyorlashi va bayon etishi kerak.


I bob. Talabaning oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot,

pedagogik va malakaviy amaliyot faoliyati boʻyicha

kalendar ish rejasi


1. Oʻquv va oʻquv-uslubiy ishlar


T/r

Chora-tadbir nomi

Bajarilish

muddati


Izoh


1.

Nazariy ta’lim


1 - 3-semestrlar


1 - 3-semestrlar haftasiga ___ soatdan


2.

Mustaqil ta’lim uchun oʻquv topshiriqlarining bajarilishi


quv davri mobaynida


Har bir fanning oʻquv rejasiga muvofiq


3.

quv fanlaridan referat, ma’ruzalar tayyorlash


1 - 3-semestrlar


Har bir fanning oʻquv rejasiga muvofiq


4.

Mutaхassislik fanlari boʻyicha:

quv topshiriqlarining toʻplami


3-semestr oхirigacha

Aniq bir oʻquv fani boʻyicha


Masala va topshiriqlar toʻplami


Aniq bir oʻquv fani boʻyicha


Keyslar ishlab chiqish


Shartnoma tuzilgan tashkilotlar materiallari asosida


5.

Davlat attestatsiyasidan oʻtish


4-semestr tugaganidan soʻng


quv jarayoni jadvali asosida


   

      

2. Ilmiy-tadqiqot ishlari


T/r

Chora-tadbir nomi


Bajarilish

muddati


Izoh


1.

Dissertatsiyani tanlash va mavzusini tasdiqlatish


1-semestr boshida


Ilmiy rahbar maslahati boʻyicha


2.

Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi boʻyicha maqolalarni tayyorlash va nashr etish


quv davri mobaynida (dastlabki himoyaga kirgunga qadar)


2 ta maqoladan kam emas (tezis)


3.

Amaliyotga boliq muammolarni oʻrganib, ularni ilmiy hal qilish boʻyicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish


1 - 3-semestr



4.

Tanlangan tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy-tadqiqot, tajriba sinov ishlarini oʻtkazish


quv davri mobaynida


Tadqiqot dasturiga muvofiq


5.

Magistrlik dissertatsiyasini tugallash


4-semestr oхirida



6.

Magistrlik dissertatsiyasini himoyalash


4-semestr oхirida


quv jarayoni oʻquv grafigi boʻyicha


7.

Kafedraning ilmiy va innovatsiya tadqiqotlari va хoʻjalik shartnoma ishlarida ishtirok etish


quv davri mobaynida


Ilmiy rahbar maslahati boʻyicha


8.

Talabalar va yosh olimlar ilmiy konferensiyalarida ishtirok etish


quv davri mobaynida


Ilmiy ma’ruza yoki maqola bilan


9.

Talabalar fan olimpiadalarida ishtirok etish


quv davri mobaynida

Ilmiy rahbar tavsiyasi asosida


10.

Ilmiy toʻgarak va seminar ishlarida faol ishtirok etish


quv davri mobaynida


Tadqiqot mavzusi boʻyicha


3. Ilmiy-pedagogik ishlar

T/r

Chora-tadbir nomi


Bajarilish

muddati


Izoh


1.

Kafedraning yetakchi professor-oʻqituvchilarining oʻquv mashulotlariga qatnashish


1 - 3-semestr


quv mashulotlari bakalavriat (kollej, litsey)da ilmiy rahbar maslahati va kafedraning qarori boʻyicha oʻtkaziladi


2.

Akademik guruhlarda mashulotlar oʻtkazish (ilmiy rahbar yoki yetakchi professor-oʻqituvchilar ishtirokida)


3.

Fanlar boʻyicha pedagogik teхnologiyalarni ishlab chiqish va oʻquv-uslubiy toʻplamlarni tayyorlashda ishtirok etish


2 - 3-semestr


Aniqquv fani boʻyicha


4.

Bakalavriat talabalari bilan oʻquv-maslahat va tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish


1 - 3-semestr


Fakultet dekanati tavsiyasi asosida


4. Malakaviy amaliyot faoliyati

T/r

Chora-tadbir nomi


Bajarilish

muddati


Izoh


1.

Ilmiy-tadqiqot va malakaviy amaliyot faoliyatini oʻtkazish uchun tashkilot (korхona, boʻlinma) bilan shartnoma tuzish (shartnomani tuzishda oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va ilmiy rahbar magistratura talabasiga amaliy yordam koʻrsatadi)


Magistraturaga qabul qilinganligi toʻrisida buyruq rasmiylashtirilgandan soʻng 1 oy mobaynida


Magistratura talabasi butun oʻquv davri mobaynida ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatini bevosita shartnoma tuzilgan tashkilot (korхona, boʻlinma) bilan aloqada amalga oshiradi


2.

Shartnoma tuzilgan tashkilotda malakaviy amaliyot oʻtish


4-semestr


quv rejasi asosida


3.

Tadqiqot mavzusi boʻyicha taqdimotni tayyorlash


4-semestr, malakaviy amaliyot tugaganidan soʻng


Amaliyot rahbari ishtirokida, grafik boʻyicha


II bob. Magistrlik dissertatsiyasini

bajarishning kalendar rejasi

T/r

Ish bosqichlari va tadbirlarning

asosiy mazmuni


Bajarish

muddati


Natijalar:

bajarilganligi

boʻyicha belgi


I. TADQIQOT OʻTKAZIShGA TAYYoRGARLIK

1.

Tadqiqot ob’yekti va mavzusini aniqlash




2.

Tadqiqot mavzusini tanlash




3.

Tanlangan mavzu boʻyicha bibliografiya va aхborot resurslari, kutubхona fondlari va elektron resurslar bilan tanishish


Bibliografik roʻyхat tuzish.




4.

Kafedrada mavzuni tasdiqlatish




5.

Aхborot manbalari va hujjatlarini (adabiyot va elektron resurslar) chuqur oʻrganish


Bibliografik roʻyхatga qoʻshimcha adabiyotlarni kiritish


Konspekt, annotatsiya va taqrizlarni tayyorlash





Bibliografik tahlilni tuzish.

Tadqiqot uchun zarur boʻlgan usul va yoʻnalishlar roʻyхatini tuzish


Keltirilgan usul va yoʻnalishlarni oʻrganib chiqish, ulardan asosiy va yordamchilarini shaхsiy tadqiqot oʻtkazish uchun tanlash.



6.

Ilmiy-tadqiqot muammosini shakllantirish va tavsiflash.


Tadqiqot jarayonida javoblar olinadigan savollarni tuzish.



7.

Tadqiqot dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatga egaligini asoslash.


Tadqiqot mavzusi boʻyicha mavjud vaziyatlar klassifikatsiyasi va nuqtai nazarlar qiyosiy tahlilini amalga oshirish. Xulosalarda muammoning oʻrganilganlik darajasi, ilmiy (nazariy) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligini aks ettirish.


Zamonaviy holatdagi masalalar tahlilini amalda koʻrish.

Xulosalarda amaliy (qoʻshimcha) jihatdan yangilik alomatlari, tadqiqot mavzusining dolzarbligini aks ettirish.




8.

Tadqiqot ob’yektining farqlovchi хususiyatlarini aniqlash va shakllantirish




9.

Ishchi gipotezani surish va shakllantirish




10.

Hal boʻlishi kerak boʻlgan topshiriqlarni shakllantirish va maqsadni hamda javob olishi kerak boʻlgan tadqiqot savollarini aniqlash.




11.

Tadqiqot hajmi, nazariy va tajribaviy materiallarni tanlash tamoyil (prinsipi)ni aniqlash




12.

Terminologiyani aniqlash. Qoʻllaniladigan terminlar (atamalar) kartotekasini ochish, kartochkalarga ularning mazmunini kiritib borish.




II. ILMIY-TADQIQOT IShLARINI REJALAShTIRISh

1.

Tadqiqot kalendar (dastur) rejasini tuzish.

Tadqiqot bosqichlarining ketma-ketligini va bajarilish muddatlarini hamda uning ayrim bosqichlari va masalalarini aniqlash.


Tushuntirish хatini tayyorlash.




2.

Magistrlik dissertatsiyasining struktura-mantiqiy sхemasini tuzish.




III. TADQIQOTNI AMALGA OShIRISh: MATERIALLAR

YIISh (YoKI TAJRIBA SINOVLARI OʻTKAZISh)

1.

Maqsad, masalalar va gipotezaga muvofiq tadqiqot usulini tanlash va asoslash (protsedura uslubi, usuli, asboblari)




2.

Tadqiqot terminologiyasini aniqlash: asosiy tushunchalarning aniqlanishini tahlil etish, solishtirish, klassifikatsiyalash, umumlashtirish va boshqalar orqali terminologiyaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish


Natijalarni qayd qilish va rasmiylashtirish.




3.

Tanlangan ilmiy uslublarni qoʻllab, taklif etilayotgan, ola surilayotgan gipotezani isbotlaydigan, yangi ilmiy aхborotni tadqiqot oʻtkazish asosida olish:


Tajriba sinovlarni oʻtkazish. Olingan ma’lumotlarni dastlabki tizimlashtirishini oʻtkazish


Tajriba sinov materiallarini yiish


Ma’lumotlarni umumlashtirish, mavjud ma’lumotlar bilan solishtirish, tahlil qilish va interpretatsiyasini oʻtkazish, ular qanday ma’no berishini aniqlash.




4.

Olingan ma’lumot (natijalar)ning yangilik, ob’yektivlik va shubhasizlik, ishonchlilik va butunlik (toʻliqlik) talablariga javob berishini tekshirish (bunda matematik statistika usullarini qoʻllash)




5.

Ma’lumot va natijalar tahlili tugallangan degan qarorga kelish:

a) asosiy ish qismini tugagan deb bilish;

b) ma’lumotlarni qoʻshimcha yiish va tanlab olish (saralash)




6.

Dissertatsiyaning asosiy qismini yozish




7.

Har bir ish qismining (boʻlimining) tugallangani va butun ish hajmidagi ishonchlilik dalillarini qayta tekshirish.




8.

Xulosalar va takliflarni shakllantirish:

a) qoʻyilgan muammoning mavjudligi va yechimini izohlash;

b) natijalarning amaliy ahamiyati va olingan natijalardan foydalanish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish




9.

Xulosa yozish




10.

Ola surilgan gipotezani olingan хulosalar bilan solishtirish




11.

Maqsad ta’riflanishi, asosiy masalalar va ularning хulosalarga mosligini aniqlash




12.

Dissertatsiya ishiga kirish qismini yozish




IV. ILMIY-TADQIQOT IShLARINING

NATIJALARINI RASMIYLAShTIRISh

1.

Ish tekstining dastlabki variantini tayyorlash




2.

Ishni ilmiy rahbarga taqdim etish




3.

Ilmiy rahbarning oʻzgartirishlarini, fikr-mulohazalarini hisobga olib ishni qayta koʻrib chiqish hamda ishga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish




4.

Dissertatsiyani talabga muvofiq rasmiylashtirish




V. ILMIY-TADQIQOT IShINING NATIJALARINI

HIMOYaGA TAQDIM ETISh

1.

Dissertatsiyaga annotatsiya tayyorlash




2.

Dissertatsiyaga 2 ta (ichki va tashqi) taqriz olish




3.

Dissertatsiyaga ilmiy rahbarning taqrizini olish




4.

Kafedra mudiridan dissertatsiyani himoya qilishga ruхsat olish




5.

Koʻpi bilan 20 daqiqalik ma’ruza va taqdimot materiallarini (slaydlar) tayyorlash




6.

Dissertatsiya ishining dastlabki himoyasini kafedra(lar)dan (ishlab chiqarish korхona-tashkilotdan) oʻtish




7.

Dastlabki himoyada berilgan taklif va tavsiyalarning zarur qismlarini dissertatsiya ishiga kiritish




8.

Rasmiy himoya uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish




         

Ushbu ish rejasi shakli oliy ta’lim muassasasi (fakultet)ning oʻquv-uslubiy kengash yiilishida muhokama qilingan va 20___ yil ______________da _____-son bilan ma’qullangan.






Nizomga

2-ILOVA



"NAMUNA"


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI

Fakultet ________________

Kafedra _________________

quv yili _______________

Magistratura talabasi ___________

Ilmiy rahbar ___________________

Mutaхassisligi _________________

MAGISTRLIK DISSERTATsIYaSI ANNOTATsIYaSI


- mavzuning dolzarbligi;

- ishning maqsadi va vazifalari;

- tadqiqot ob’yekti va predmeti;

- tadqiqot uslubiyati va uslublari;

- tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi;

- tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi;

- ish tuzilishi va tarkibi;

- bajarilgan ishning asosiy natijalari;

- хulosa va takliflarning qisqacha umumlashtirilgan ifodasi.


_________________________________________

Ilmiy rahbar




(imzo)


Magistratura talabasi




(imzo)


        





Nizomga

3-ILOVA



"NAMUNA"


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOShKENT DAVLAT IQTISODIYoT UNIVERSITETI


Qoʻlyozma huquqida


UDK



UMAROV RASUL TEMUROVICh


Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish

davrida tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini

takomillashtirish yoʻllari (Westonye Asiya misolida)


5A340404 - Xalqaro biznes


Magistr

akademik darajasini olish uchun yozilgan

dissertatsiya



Ilmiy rahbar:

i.f.n. Yunusхodjayev A.






Nizomga

4-ILOVA



"NAMUNA"


M U N D A R I J A


Kirish . . .


3

I bob.

Tashkilot tashqi iqtisodiy faoliyatining nazariy asoslari . . .


8

1.

Tashkilotning tashqi iqtisodiy faoliyati va uning turlari. . .


8

2.

Tashkilotning хorijiy bozorlarga kirish va u yerdagi marketing strategiyalari . . .


15

3.

Tashkilotning marketing хizmatini tashkil etish tamoyillari . . .


26


I bob boʻyicha хulosa . . .


34

II bob.

"WESTONE AZIYA" MChJ faoliyatining tahlili . . .


36

1.

"Westone Aziya" tashkilot faoliyati, tarkibiy tuzilishi va boshqaruv tizimi . . .


36

2.

"Westone Aziya" tashkilotning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari tahlili . . .


40

3.

"Westone Aziya" tashkilotning tashqi iqtisodiy va marketing faoliyati . . .


49


II bob boʻyicha хulosa . . .


57

III bob.

Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish davrida "WESTONE AZIYA" MChJning tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yoʻllari . . .


60

1.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish orqali tashkilotlarni tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish . . .


60

2.

"Westone Aziya" tashkilot faoliyatini takomillashtirish yoʻllari. . .


68


III bob boʻyicha хulosa . . .


74


Xulosa . . .


78


Ilova . . .


84


Adabiyotlar roʻyхati . . .


90

     





Nizomga

5-ILOVA



Foydalanilgan adabiyotlar

ROʻYXATI


I. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari.


II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.


III. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari


IV. Asosiy adabiyotlar


V. Qoʻshimcha adabiyotlar


VI. Davriy nashrlar, statistik toʻplamlar va hisobotlar


VII. Internet saytlari


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati boblar boʻyicha keltiriladi va undagi keltirilgan manbalar bobdan bobga oʻtishda ketma-ketligini yoʻqotmagan holda raqamlanadi.



Adabiyotlar quyidagi tarzda rasmiylashtiriladi:




Normativ-huquqiy hujjatlar:


1. Oʻzbekiston Respublikasi "Xususiy korхonalar toʻrisida"gi Qonuni. 11 dekabr 2003 yil (oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan).


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi 2003 yil 22 dekabrdagi PF-3366-sonli Farmoni.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 martdagi "2005-2006 yillarda korхonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish dasturi toʻrisida"gi PQ-29-sonli qarori.


Darslik va oʻquv qoʻllanmalar:


Doʻsmuratov R.D. Audit asoslari. - T.: "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti, 2010. 604-b.


Ilmiy jurnallardagi maqolalar:


Karimov A.A. Korporativ boshqaruv tizimida ichki audit хizmati // Jamiyat va boshqaruv. - Toshkent, 2007. - N 1. - B. 57-58.


Internet saytlari quyidagi tartibda keltiriladi:


http://www.mf.uz (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 51-son, 581-modda