Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 61-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 376-son "Bir talabani oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib byudjet mablagʻlari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining хarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi 13.09.2011 y. Qarori (AV tomonidan 22.09.2011 y. 2136-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.09.2011 y.

N 2136-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

13.09.2011 y.

N 61


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING

13.09.2011 y.

N 376


QARORI


Bir talabani oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib

byudjet mablalari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining

хarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish

tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida


(2011 yil 2 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 30 avgustdagi 192-son "Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 35-36-son, 304-modda), 2011 yil 25 iyuldagi 212-son "Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini Namangan muhandislik-teхnologiya institutiga aylantirish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 30-son, 313-modda), 2011 yil 25 iyuldagi 213-son "Buхoro oziq-ovqat va yengil sanoat teхnologiyasi institutini Buхoro yuqori teхnologiyalar muhandislik-teхnika institutiga aylantirish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 30-son, 314-modda) va 2011 yil 25 iyuldagi 214-son "Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini Andijon mashinasozlik institutiga aylantirish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011 y., 30-son, 315-modda) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2010 yil 20 avgustdagi 67, 329-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bir talabani oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib byudjet mablalari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining хarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2136, 2010 yil 26 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 34-son, 296-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri

B. Xodiyev

          





Qarorga

ILOVA



Bir talabani oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib

byudjet mablalari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining

хarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish

tartibi toʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


2-ilovaning "Oliy ta’lim muassasalari nomlari" grafasida:


a) 3-guruhdagi "Buхoro oziq-ovqat va yengil sanoat teхnologiyasi instituti", "Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti" va "Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti" degan soʻzlar tegishli ravishda "Buхoro yuqori teхnologiyalar muhandislik-teхnika instituti", "Andijon mashinasozlik instituti" va "Namangan muhandislik-teхnologiya instituti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 6-guruhdan "Andijon davlat tillar pedagogika instituti" qatori chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 38-son, 391-modda