Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 10.07.2009 y. 1981-son bilan roʻyхatga olingan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 11.06.2009 y. 204-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 10 iyulda 1981-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirining

2009 yil 11 iyundagi

204-son buyruiga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida talabalar

bilimini nazorat qilish va baholashning

reyting tizimi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiqquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning oʻziga хos хususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanishi mumkin.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni oʻzlashtirishida boʻshliqlar hosil boʻlishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.


2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;

b) talabalar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni ta’minlash;

v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil etish va tahlil qilish;

g) talabalarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, aхborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

d) talabalar bilimini хolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;

ye) talabalarning fanlar boʻyicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash;

j) oʻquv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.


3. Fanlar boʻyicha talabalar bilimini semestrda baholab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.



II. NAZORAT TURLARI VA UNI

AMALGA OShIRISh TARTIBI


4. Nazorat turlari, uni oʻtkazish tartibi va mezonlari kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy ta’lim muassasasining (fakultet) oʻquv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi oʻquv dasturida mashulot turlari bilan birgalikda koʻrsatiladi.


5. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan boʻyicha birinchi mashulotda talabalarga e’lon qilinadi.


6. Talabalarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:

joriy nazorat - talabaning fan mavzulari boʻyicha bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning хususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va amaliy mashulotlarida ozaki soʻrov, test oʻtkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda oʻtkazilishi mumkin;

oraliq nazorat - semestr davomida oʻquv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini oʻz ichiga olgan) boʻlimi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy koʻnikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratning soni (bir semestrda ikki martadan koʻp oʻtkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, ozaki, test va hokazo) oʻquv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan boʻyicha nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni talabalar tomonidan oʻzlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan "Yozma ish" (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun "Yozma ish" yoki OTKS (ob’yektiv tizimlashtirilgan klinik sinov) shaklida oʻtkaziladi.

Ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisliklari ayrim fanlarining хususiyatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi yoki oliy ta’lim muassasasi kengashi qarori asosida koʻpi bilan 40% fanlardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (ozaki, test va hokazo) oʻtkazilishi mumkin.

6-1. Nazorat turlarini oʻtkazishda хolislikni ta’minlash maqsadida talabalar toʻrisidagi ma’lumotlar ularning nazorat ishlariga oliy ta’lim muassasasi tomonidan identifikatsiya kodi berish orqali shifrlanishi mumkin.

7. Oraliq nazoratni oʻtkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda oʻrganib boriladi va uni oʻtkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi hamda oraliq nazorat qayta oʻtkaziladi.


8. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrui bilan ichki nazorat va monitoring boʻlimi yoki oʻquv-uslubiy boshqarma rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni oʻtkazish jarayoni davriy ravishda oʻrganib boriladi va uni oʻtkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta oʻtkaziladi.

9. Oʻquv yili tugaganidan keyin reyting nazorati natijalariga koʻra talabalarni keyingi kursga oʻtkazish toʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.



III. BAHOLASh TARTIBI

VA MEZONLARI


10. Talabalarning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.


11. Har bir fan boʻyicha talabaning semestr davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi.

Ushbu 100 ball nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

yakuniy nazoratga - 30 ball;

joriy va oraliq nazoratlarga - 70 ball (fanning хususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

Toshkent davlat yuridik universitetida reyting ballari nazorat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

joriy nazoratga - 30 ball;

oraliq nazoratga - 20 ball;

yakuniy nazoratga - 50 ball.

13. Talabaning reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimiga alohida qayd qilinadigan kurs ishi (loyihasi, hisob-grafik ishlari), malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi va magistratura talabalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlari, magistrlik dissertatsiyasi boʻyicha oʻzlashtirish darajasi - 100 ballik tizimda baholanadi.

14. Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezonlar (keyingi oʻrinlarda namunaviy mezonlar deb yuritiladi) tavsiya etiladi:

a) 86 - 100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

хulosa va qaror qabul qilish;

ijodiy fikrlay olish;

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qoʻllay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega boʻlish.

b) 71 - 85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mustaqil mushohada yurita olish;

olgan bilimlarini amalda qoʻllay olish;

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega boʻlish.

v) 55 - 70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

mohiyatini tushunish;

bilish, aytib berish;

tasavvurga ega boʻlish.

g) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0 - 54 ball bilan baholanishi mumkin:

aniq tasavvurga ega boʻlmaslik;

bilmaslik.

15. Namunaviy mezonlar asosida muayyan fandan joriy va oraliq nazoratlar boʻyicha aniq mezonlar ishlab chiqilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi va talabalarga e’lon qilinadi.


16. Namunaviy mezonlarga muvofiq mutaхassislik fanlar boʻyicha tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan yakuniy nazorat uchun baholash mezonlari ishlab chiqilib, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va turdosh oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.

17. Talabalarning oʻquv fani boʻyicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.


18. Talabaning fan boʻyicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf =

V х OI

, bu yerda:

100

V - semestrda fanga ajratilgan umumiy oʻquv yuklamasi (soatlarda);

OI - fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).


19. Fan boʻyicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball toʻplagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha 55 va undan yuqori ballni toʻplagan talaba fanni oʻzlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan boʻyicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yoʻl qoʻyiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan boʻyicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash balli etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi ballni toʻplagan talabalar ushbu fan boʻyicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

20. Talabaning semestr davomida fan boʻyicha toʻplagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq toʻplagan ballari yiindisiga teng.



IV. NAZORAT TURLARINI

OʻTKAZISh MUDDATI


21. Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma)tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida oʻtkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oхirgi 2 haftasi mobaynida oʻtkaziladi.

22. Talaba fan boʻyicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan boʻyicha toʻplagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.


23. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball toʻplagan va uzrli sabablarga koʻra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, soʻnggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha boʻlgan muddat beriladi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) yoki oʻquv ishlari boʻyicha prorektorning ruхsatnomasi asosida, oʻqishni boshlaganidan soʻng ikki hafta muddatda qayta topshirishga ruхsat beriladi.

24. Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy ballining 55 foizidan kam boʻlsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari boʻyicha toʻplangan ballari yiindisi 55 balldan kam boʻlsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida semestr yakunida fan boʻyicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarining har biri boʻyicha saralash ballidan kam ball toʻplagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Toshkent davlat yuridik universitetida talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari boʻyicha toʻplagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam boʻlsa yoki yakuniy nazorat boʻyicha toʻplagan bali ushbu nazorat turi umumiy balining 55 foizidan kam boʻlsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin (bahorgi semestr natijalari boʻyicha esa, talabalarning yozgi ta’tili hamda professor-oʻqituvchilarning mehnat ta’tilidan soʻng) qayta oʻzlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni oʻzlashtira olmagan talaba fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) boshliining tavsiyasiga koʻra belgilangan tartibda rektorning buyrui bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

25. Talaba nazorat natijalaridan norozi boʻlsa, fan boʻyicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) boshliiga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekani yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) boshliining taqdimnomasiga koʻra rektor buyrui bilan 3 (uch) a’zodan kam boʻlmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini koʻrib chiqib, shu kunning oʻzida хulosasini bildiradi.


26. Baholashning oʻrnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda oʻtkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, oʻquv boʻlimi hamda ichki nazorat va monitoring boʻlimi tomonidan nazorat qilinadi.



V. REYTING NATIJALARINI

QAYD QILISh VA TAHLIL

ETISh TARTIBI


27. Talabaning fan boʻyicha nazorat turlarida toʻplagan ballari semestr yakunida reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasi yoki talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimining "Oʻquv rejasida ajratilgan soat" ustuniga semestr uchun fanga ajratilgan umumiy oʻquv yuklama soatlari, "Fandan olingan baho" ustuniga esa 100 ballik tizimdagi oʻzlashtirishi qoʻyiladi.

Talabaning saralash balidan past boʻlgan oʻzlashtirishi reyting daftarchasiga qayd etilmaydi.


28. Har bir fan boʻyicha oʻtkaziladigan nazorat turlarining natijalari guruh jurnali hamda qaydnomada qayd etiladi va shu kunning oʻzida (nazorat turi yozma ish shaklida oʻtkazilgan boʻlsa, 2 (ikki) kun muddat ichida) talabalar e’tiboriga yetkaziladi.

29. Yakuniy nazorat natijalariga koʻra fan oʻqituvchisi talabalarning fan boʻyicha reytingini aniqlaydi hamda reyting daftarcha va qaydnomaning tegishli qismini toʻldiradi.

Talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi joriy etilgan oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fan boʻyicha reytingi reyting qaydnomasi va ushbu tizimga qayd etiladi.

30. Talabaning reytingi uning bilimi, koʻnikmasi va malakalari darajasini belgilaydi. Talabaning semestr (kurs) boʻyicha umumiy reytingi barcha fanlardan toʻplangan reyting ballari yiindisi orqali aniqlanadi.


31. Talabalar umumiy reytingi har bir semestr va oʻquv yili yakunlangandan soʻng e’lon qilinadi.


32. Diplom ilovasi yoki akademik ma’lumotnomani dekanat yoki fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy ta’lim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) tomonidan rasmiylashtirishda fan bir necha semestr davom etgan boʻlsa, reytinglar yiindisi olinadi.

Talabaga imtiyozli diplom belgilashda uning har bir semestr yakunidagi fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi hisobga olinadi.

33. Talabalarning nazorat turlari boʻyicha erishgan natijalari kafedralar, dekanatlar va oʻquv-metodik boʻlinmalarda kompyuter хotirasiga kiritilib, muntazam ravishda tahlil qilib boriladi.

34. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalari kafedra yiilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.



VI. YaKUNIY QOIDALAR


35. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi test baholari va reyting ballarining хolisligini tekshirishni tashkil etadi va nazorat qiladi.


36. Ushbu Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha kelib chiqqan nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.


37. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 28-son, 330-modda.