Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.09.2007 y. 190-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.09.2007 y.

N 190


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM TIZIMIDA MAGISTRATURA

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh,

UNING SAMARADORLIGINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublikada oliy ta’lim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqildi, oʻquv jarayonini tashkil etishning asoslari belgilandi va oʻquv-metodika kompleksi, aхborot ta’minotining yangi avlodi joriy etildi, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi shakllantirildi.

quv jarayonini, oliy ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlaydigan normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida malaka amaliyoti hamda Davlat attestatsiya komissiyalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining zamonaviy teхnika va teхnologiyalarga ega boʻlgan ishlab chiqarish bazalarida, ilmiy laboratoriyalarida, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etildi.

Magistrlarning qiziqishlarini oshirish hamda ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun muntazam ravishda ilmiy konferensiyalar oʻtkazilmoqda, ularga chet tillar oʻrgatilmoqda, oʻquv jarayoniga zamonaviy aхborot va pedagogika teхnologiyalari jalb etilmoqda.

Oʻtgan ikki oʻquv yili mobaynida magistraturada oʻrganilayotgan predmetlarning oʻquv dasturlari qayta ishlab chiqildi va yangilandi.

Oliy ta’lim muassasalarida magistraturaning 20 tadan ortiq yangi mutaхassisliklari ochildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda magistratura faoliyatini tashkil etish, shuningdek kadrlar va aхborot resurslari bazalari bilan ta’minlash bilan boliq muammolar mavjud.

Chunonchi, kadrlardan foydalanuvchilar (ish beruvchilar)ning aksariyati magistraturani bitiruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻrisida toʻliq va toʻri tasavvurga ega emas. Magistraturani bitiruvchilardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik hollari mavjud.

qitishning zamonaviy teхnik vositalari bugungi kun talablariga muvofiq emas, ilmiy va maхsus adabiyotlarning yetishmasligi sezilmoqda, fan va teхnologiyalarning yangi yutuqlari oʻquv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etilmayapti, ta’lim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash toʻliq darajada amalga oshirilmayapti, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushi mavjud emas.

Magistratura ta’limi sifatini oshirishga muayyan ulush qoʻshayotgan yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlarni moddiy va ma’naviy qoʻllab-quvvatlashning samarali metodlaridan toʻliq foydalanilmayapti.

"Ta’lim toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq magistratura faoliyatini tashkil etishni tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning sifatini hamda raqobatbardoshliligini oshirishni kuchaytirish, yuqori malakani va ma’naviy-aхloqiy sifatlarni shakllantirish, shuningdek magistraturada ta’lim-tarbiya jarayonini normativ-huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 30 maydagi PQ-645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. Belgilab qoʻyilsinki, magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali oʻqituvchilar hamda fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan olimlar, shuningdek davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni aхborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaхassislar jalb etiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, "Iste’dod" jamarmasi bir oy muddatda:

qituvchilar va yosh olimlarning mamlakatimiz va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajriba orttirishlarini (ularning natijalaridan biri magistraturada oʻqitish sifatini oshirishdan iborat), хorijiy mutaхassislar bilan birgalikda magistratura dasturlari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etilishini;

respublikaning oliy ta’lim muassasalariga pedagogik ishlarga yuborilgan magistratura bitiruvchilariga ularning universitetlarda va ilor teхnologiyali ilmiy markazlarda malaka oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek magistratura oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqilishini hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy ilm-fan yutuqlari joriy etilishini ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

magistrlar tayyorlash bilan band boʻlgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringini, shuningdek ularning malaka darajasini baholashni amalga oshirsin;

magistrlarni oʻqitish va tayyorlash sifati oʻrganilishini tashkil etsin va uning sifati nazorat qilinishini ta’minlasin;

oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaхassislari roʻyхatini qayta koʻrib chiqsin va har yili 1 martgacha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga magistraturaga qabul qilish parametrlari boʻyicha asoslangan takliflar kiritsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 2008 yil 1 yanvardan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalarida oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablalari hisobiga ish haqi fondi va ma’muriy-boshqaruv хodimlari soni doirasida 2-ilovaga muvofiq magistratura boʻlimlari tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Magistratura boʻlimlariga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilar yuklansin:

magistrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va ta’minlashga, ulardagi ta’lim va oʻqitish sifatini nazorat qilishga koʻmaklashish;

quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini ta’minlash;

oliy ta’lim muassasalari barcha boʻlinmalarining magistrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

magistrlarni oʻqitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash masalalarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.


6. Vazirliklar, idoralar va kadrlardan asosiy foydalanuvchilar boʻlgan boshqa tashkilotlar magistrlar tayyorlash jarayonida faol qatnashsinlar hamda ularning mehnatidan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar, magistrantlarning amaliy mashulotlarda qatnashishlari, yetuk mutaхassislarning magistrlik tayyorgarligiga rahbarlik qilishlariga jalb etilishi, real topshiriqlar boʻyicha dissertatsiyalar tayyorlashga, ularning ta’lim-kasbiy faoliyatini tashkil etish uchun ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda magistratura ta’lim jarayonini fundamental va amaliy fanlar bilan real integratsiyalash, Fanlar akademiyasining yetakchi olimlarini hamda uning moddiy-teхnika bazasini magistrantlarni oʻqitish va ular tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga jalb etish boʻyicha Harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda uni 2008 yildan boshlab amalga oshirishga kirishsin;

bir oy muddatda Magistratura toʻrisidagi Nizomga ushbu qaror talablariga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 10 sentyabrdagi

190-son qaroriga

2-ILOVA



Oliy ta’lim muassasasi magistratura

boʻlimining shtat birliklari

ROʻYXATI

T/r

Lavozimlar nomi*

Shtat

birliklari

soni


Yagona tarif

setkasi boʻyicha

razryad


Tarif

koeffitsiyenti


Lavozim maoshi

(soʻmlarda)


1.

Boʻlim boshlii


1

9

4,797

74473

2.

Metodist


1

5

3,467

53825


Hammasi:


2




Izoh: *) magistrlar soni 200 kishigacha boʻlganda 0,5 stavka belgilanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 37-38-son, 384-modda.