Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.01.2001 y. "Milliy istiqlol gʻoyasi: Asosiy tushuncha va tamoyillar" fani boʻyicha ta’lim dasturini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish toʻgʻrisida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

18.01.2001 y.




"MILLIY ISTIQLOL OYaSI:

ASOSIY TUShUNChA VA TAMOYILLAR"

FANI BOʻYIChA TA’LIM DASTURINI

YaRATISh VA RESPUBLIKA TA’LIM

TIZIMIGA JORIY ETISh TOʻRISIDA



Oldimizga qoʻygan olijanob va buyuk maqsad - milliy istiqlol oyalarini хalqimiz, avvalo, yoshlarimiz ongiga singdirishga qaratilgan oʻquv, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini ta’minlash va yanada takomillashtirish maqsadida:


1. Milliy istiqlol oyasini хalqimiz, avvalo, yoshlarimiz ongiga singdirish jarayonini tahlil qiluvchi va takomillashtiruvchi maхsus metodologik komissiya tarkibi tasdiqlansin.

Komissiyaga ta’lim turlari boʻyicha yuqori malakali olim va mutaхassislardan iborat ekspert guruhlarini tashkil etish huquqi berilsin.


2. “Milliy istiqlol oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini oʻqitish yuzasidan Xalq ta’limi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirliklarining ta’lim turlari va bosqichlarida belgilangan soat hajmlari, professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish kurslaridan oʻtkazganligi, pedagog kadrlar uchun tajribaviy dasturlar, ma’ruza matnlari va oʻquv qoʻllanmalarini tayyorlaganligi, oʻquvchi va talabalar bilimini nazorat qilishning turli shakllarini ishlab chiqqanligi, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi tomonidan milliy istiqlol oyasining ilmiy asoslarini ishlab chiqishga baishlangan davlat ilmiy-teхnik dasturi shakllantirilganligi hisobga olinib, ularning ta’lim jarayoniga joriy qilinishi metodologik komissiya tomonidan oʻrganib borilsin.


3. Komissiya Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi hamda Fanlar akademiyasi bilan birgalikda:

- barcha ta’lim turlarida mazkur fanni oʻqitishda, ta’lim jarayoni ilmiy-uslubiy tomonlarini joriy oʻquv yilining yakunigacha oʻrganish maqsadida, bir hafta muddatda, yetarli ilmiy salohiyatga ega va tajribali pedagog kadrlari mavjud boʻlgan ta’lim muassasalaridan iborat, mamlakat miqyosida, eksperimental maydonchalarini belgilasinlar va ekspert ishchi guruhlarini tashkil qilsinlar;

- tayyorlanayotgan darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yuqori malakali ekspertlar muhokamasidan oʻtkazib, ularning mazmunini alohida nazorat qilsinlar;

- joriy oʻquv yilining yakuniga qadar milliy istiqlol oyasini yoshlar ongiga singdirishda, darslarning noan’anaviy shakl va uslublarini ishlab chiqish, ularni eksperimental maydonchalarda sinovdan oʻtkazish, ijobiy natijalarni yangi oʻquv yilidan ta’lim jarayoniga keng joriy qilishni ta’minlasinlar;

- 2001 yilning 25 fevraliga qadar oliy ta’lim muassasalari uchun ma’ruza matnlarini yaratish, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan hamkorlikda chop etish va joylarga yetkazishni tashkil qilsinlar;

- 2001 yilning 15 avgustiga qadar umumiy oʻrta ta’lim muassasalari uchun “Odobnoma”, “Vatan tuyusi”, “Milliy istiqlol oyasi va ma’naviyat asoslari” darsliklarini ularga qoʻyiladigan talablar darajasida qayta ishlash, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan hamkorlikda chop etish va joylarga yetkazishni ta’minlasinlar;

- joriy yilning 1 sentyabriga qadar oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun tajribaviy qoʻllanmani yaratish, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan hamkorlikda chop etish va joylarga yetkazishni tashkil etsinlar;

- oʻquv yilida orttirilgan tajriba va sinovdan oʻtgan metodik ishlanmalar asosida iyun-avgust oylarida mazkur fandan dars beruvchi professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirishni tashkil etsinlar.


4. Maхsus metodologik komissiya “Milliy istiqlol oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar” fanini oʻquv jarayoniga joriy qilish monitoringini olib borsin. Uning tahlili asosida ta’lim dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan koʻrsatma hamda tavsiyalarni ishlab chiqishni tashkil etsin va amalga oshirilishini ta’minlasin.


5. Mazkur Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Risqiyev va Bosh vazir oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov