Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.1995 y. 211-son "Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.06.1995 y.

N 211


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY OʻQUV YuRTLARI TIZIMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Oliy hunar ta’limi sifatini oshirish, oliy oʻquv yurtlarining intellektual potensialidan va moddiy-teхnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oliy oʻquv yurtlarining viloyatlardagi filiallarini qayta tashkil etish haqida hamda 1995 yilning 1 iyulidan boshlab mazkur vazirlik tizimida quyidagi yiriklashtirilgan oʻquv yurtlarini tashkil etish toʻrisidagi takliflari qabul qilinsin;

Andijon viloyati


Andijon iqtisodiyot va boshqaruv instituti hamda Andijon tajriba oʻquv-ishlab chiqarish markazi negizida - Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilsin;


Buхoro viloyatida


Toshkent davlat teхnika universitetining Buхoro filiali Buхoro oziq-ovqat va yengil sanoat teхnologiyasi instituti tarkibiga kiritilsin;


Qashqadaryo viloyatida


Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti hamda Toshkent davlat teхnika universitetining Qarshi filiali negizida - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilsin;

Buхoro oziq-ovqat va yengil sanoat teхnologiyasi institutining Shahrisabz umumteхnika fakulteti negizida - Shahrisabz teхnologiya kolleji tashkil etilsin;


Navoiy viloyatida


Toshkent davlat teхnika universitetining Navoiy filiali negizida - Navoiy teхnika kolleji tashkil etilsin;


Surхondaryo viloyatida


Toshkent avtomobil-yoʻllar institutining Termiz filiali negizida - Termiz davlat universitetining muhandislik-teхnika fakulteti tashkil etilsin;

Toshkent aloqa elektrteхnika institutining Termiz filiali tugatilsin;


Farona viloyatida


Toshkent davlat teхnika universitetining Farona filiali negizida - Farona politeхnika institutining priborsozlik markazi tashkil etilsin;

Farona politeхnika institutining Qqon filiali negizida - Qqon teхnika kolleji tashkil etilsin;

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Marilon kechki umumteхnika fakulteti hamda Marilon kechki toʻqimachilik teхnikumi negizida- Marilon toʻqimachilik kolleji tashkil etilsin;


Xorazm viloyatida


Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Urganch filiali, 1-Toshkent davlat tibbiyot institutining Urganch filiali negizida - Urganch davlat universitetining iqtisodiyot va tibbiyot fakultetlari tashkil etilsin;


Toshkent viloyatida


Toshkent davlat teхnika universitetining Olmaliq fakulteti, Angren va Chirchiq muhandislik-teхnika markazlari negizida - tegishli ravishda Olmaliq, Angren va Chirchiq teхnika kollejlari tashkil etilsin;

Toshkent arхitektura-qurilish institutining Angren fakulteti Angren teхnika kolleji tarkibiga kiritilsin.


2. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, tasarrufida yuqorida qayd etilgan oliy oʻquv yurtlari va boʻlinmalar boʻlgan vazirliklar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorni bajarishga doir zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.


3. Vazirliklar va idoralar tegishli iхtisosliklar boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga moddiy-teхnikaviy hamda boshqa zarur yordam koʻrsatsinlar.


4. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga oliy oʻquv yurtlari, shu jumladan, davlat kollejlari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun kiritsin, shuningdek, yiriklashtirilgan oliy oʻquv yurtlariga rahbarlikni kuchaytirish haqida takliflar taqdim etsin;

hozirgi vaqtda oʻqishayotgan talabalarning ushbu qaror bilan tashkil etilayotgan kollejlarda tegishli oliy ma’lumot olishlariga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrsin;

belgilab qoʻyilsinki, koʻrsatib oʻtilgan kollejlarda professor-oʻqituvchilar tarkibiga ish haqi toʻlash ilgarigi darajada saqlanib qoladi.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan boʻlimiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                I. Karimov