Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari tomonidan tanishtiruv va bitiruv malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 31.12.2013 y. 2548-son bilan roʻyхatga olingan Adliya vazirligining 3-son, Oliy sudning KTB-443-13-son, Oliy хoʻjalik sudining 06-17/2-4246-son, Bosh prokuraturaning 14-Q/K-son, Moliya vazirligining 119-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining 58/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2013 yil 31 dekabrda 2548-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi, Oliy sudi,

Oliy хoʻjalik sudi,

Bosh prokuraturasi, Moliya

vazirligi va Oliy va oʻrta maхsus

ta’lim vazirligining

2013 yil 31 dekabrdagi

3, KTB-443-13, 06-17/2-4246,

14-Q/K, 119 va 58/QQ-son qaroriga

ILOVA


Yuridik ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus

oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) talabalari

tomonidan tanishtiruv va bitiruv malakaviy amaliyotni,

shuningdek stajirovkani oʻtash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son "Oʻzbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi Farmoni vaOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2932-son "Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq "yurisprudensiya" mutaхassisligi boʻyicha yuridik kadrlarni tayyorlashni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalari (harbiy, maхsus oliy ta’lim muassasalaridan tashqari) (bundan buyon matnda OTM deb yuritiladi) talabalari tomonidan tanishtiruv va bitiruv malakaviy amaliyotni, shuningdek stajirovka oʻtash tartibini belgilaydi.


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


qabul qiluvchi tashkilot - talabalar tomonidan amaliyot oʻtalayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organ, advokatlik tuzilmasi, хoʻjalik boshqaruvi organi, tijorat tashkiloti, nodavlat notijorat tashkiloti, moliya-bank va boshqa muassasalarning yuridik хizmati, shuningdek yuridik klinikalar;


amaliyot - nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy koʻnikma va mahorat hosil qilish, amaliyotda ishlashga tayyor boʻlishni ta’minlashga qaratilgan oʻquv jarayonining bir qismi;


tanishtiruv amaliyoti - bakalavriatning I-III kurs talabalari tomonidan kelajakdagi kasbiy faoliyat haqida ma’lumotlar olish va nazariy bilimlarni mustahkamlash hamda ajratilgan kreditlarni oʻzlashtirish maqsadida oʻtaladigan iхtiyoriy amaliyot turi;


bitiruv malakaviy amaliyot - ta’limning yakunlovchi bosqichi hisoblanadigan va bakalavriatning IV kurs talabalari tomonidan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini hosil qilish orqali amaliyotda ishlashga tayyor boʻlishlarini ta’minlash, shuningdek, bitiruv malakaviy ishi mavzusi boʻyicha materiallar toʻplash maqsadida oʻtaladigan majburiy amaliyot turi;


ctajirovka - magistratura bosqichi talabalari tomonidan amaliy koʻnikma va pedagogik mahorat hosil qilishga qaratilgan, ajratilgan kreditlarini oʻzlashtirish maqsadida oʻtaladigan iхtiyoriy amaliyot turi;


OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari - oʻquv yuklamasida amaliyot soati ajratilgan, shuningdek bitiruv malakaviy amaliyotni tashkil etishga hamda uni nazorat qilishga mas’ul boʻlgan OTM oʻqituvchisi;


qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari - talabalarni amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish va OTMdan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda egallangan bilimlarni baholash mas’uliyati yuklangan qabul qiluvchi tashkilot хodimi;


bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash dasturi - ishchi-oʻquv rejalarini hisobga olgan holda OTM tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dastur.

2. Talabalar amaliyoti quyidagi turlarda oʻtaladi:

tanishtiruv amaliyoti;

bitiruv malakaviy amaliyot;

stajirovka.

Amaliyot oʻtash muddati va hajmi ishchi oʻquv reja, modul (fanlar) oʻquv dasturlari, amaliyot oʻtash dasturi bilan belgilanadi va amaliyot oʻtaganlik uchun tegishli kreditlar ajratiladi.

Mazkur Nizomning ishchi-oʻquv rejasiga tegishli qoidalari Toshkent davlat yuridik universitetining oʻquv rejasiga nisbatan qoʻllaniladi.

3. Amaliyot (stajirovka) uzluksiz hamda nazariy bilimlar bilan navbatlanish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Amaliyotning barcha turlari va stajirovka ishchi oʻquv dasturida nazarda tutilgan muddatlarda oʻtkaziladi.

Agar OTM tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, nazariy ta’lim bilan navbatlanish yoʻli orqali oʻtaladigan amaliyot (stajirovka)ga mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.

4. Amaliyotni tayyorlash, ta’minlash va oʻtashni muvofiqlashtirishni OTMning amaliyotni tashkillashtiruvchi boʻlinmasi amalga oshiradi.


1-1-BOB. TANIShTIRUV AMALIYoTINI OʻTASh TARTIBI

4-1. Tanishtiruv amaliyoti ishchi-oʻquv rejada nazarda tutilgan eng kam soatlar hajmida talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarida oʻtaladi.


4-2. Tanishtiruv amaliyoti talaba tomonidan qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishilgan holda oʻtaladi.


4-3. Tanishtiruv amaliyoti yuzasidan qabul qiluvchi tashkilot tomonidan talabaning amaliyot oʻtash davomiyligi koʻrsatilgan ma’lumotnoma taqdim qilinadi.

Taqdim qilingan ma’lumotnoma asosida kreditlar oʻzlashtirilganligi hisobga olinadi.


2-BOB. BITIRUV MALAKAVIY AMALIYoTNI OʻTASh TARTIBI

12. Bitiruv malakaviy amaliyot uch bosqichga boʻlinadi:

tayyorlov;

asosiy;

hisobotlarni topshirish va baholash.


13. Bitiruv malakaviy amaliyot tayyorlov bosqichining birinchi kunida ishchi-oʻquv rejaga asosan OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari tomonidan yiilish oʻtkaziladi. Yiilishda talabalar amaliyotni oʻtash dasturi bilan tanishadilar, uning maqsad va vazifalariga taalluqli koʻrsatmalar, ularni bajarish boʻyicha qoʻllanmalarni oladilar, bitiruv malakaviy amaliyot oʻtash va bitiruv malakaviy amaliyot oʻtash toʻrisida hisobot tuzish tartibi haqida хabardor qilinadilar.

Bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtashning boshida talabalar qabul qiluvchi tashkilotning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari, oʻziga хosligi bilan tanishadilar hamda OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari bilan birgalikda bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalini tuzadilar.


14. Bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtashning asosiy bosqichida talaba bevosita qabul qiluvchi tashkilotda amaliyotni oʻtash dasturini bajarish reja-jadvalida koʻrsatib oʻtilgan ishni bajaradi.


15. Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha hisobotni topshirish bitiruv malakaviy amaliyotning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Talaba bitiruv malakaviy amaliyot tugagan kunning keyingi ish kunida OTMdan biriktirilgan amaliyot rahbariga amaliyot oʻtash toʻrisida hisobot taqdim etadi.

Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha hisobotda bajarilgan ish, oʻrganilgan huquqni qoʻllash amaliyoti, shuningdek olingan bilim va koʻnikmalar aks ettiriladi. Hisobot talaba tomonidan imzolanadi hamda qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi.

Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha hisobot toʻridan-toʻri yoki elektron tizim orqali topshiriladi hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma tomonidan shifrlangan holda baholash uchun professor-oʻqituvchilarga taqdim etiladi.


16. Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha hisobotni baholash quyidagi mezonlarga asosan amalga oshiriladi:

nazariy va amaliy bilimlar darajasi;

talaba tomonidan amaliyot davomida toʻplangan materiallarning tuzilishi, darajasi va sifati hamda uni oʻtash davomida oʻrganilgan masalalarning yoritib berilishi.


16-1. Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari yuzasidan baho oʻqish boʻyicha baholarga tenglashtiriladi va talabalar umumiy oʻzlashtirishining yakunlarini chiqarishda hamda tegishli kreditlarini oʻzlashtirilganligini belgilashda inobatga olinadi.


16-2. Bitiruv malakaviy amaliyot oʻtashning kunlik davomiyligi OTM tomonidan belgilanadi.


16-3. Bitiruv malakaviy amaliyotni tashkil etish uchun oldindan OTM rektori tomonidan amaliyot muddati va uni oʻtash joyi, mas’ul shaхslar va joʻnatilayotgan talabalarning, OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbarlarining tarkibiy roʻyхati belgilangan buyruq qabul qilinadi.


16-4. Talaba bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtashda:

bitiruv malakaviy amaliyot boʻyicha uslubiy va koʻrsatma materiallar bilan tanishishi;

bitiruv malakaviy amaliyotni tashkil etish va oʻtashni nazorat qilish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etishi;

bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash dasturida nazarda tutilgan barcha topshiriqlarni belgilangan muddatlarda, toʻliq hajmda va sifatli bajarishi;

OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbarining talabi bilan koʻrib chiqish uchun bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash toʻrisidagi hisobotini taqdim qilishi;

keyingi amaliy faoliyatda foydalanilishi mumkin boʻlgan materiallar toʻplamini shakllantirish;

qabul qiluvchi tashkilotning ichki mehnat tartib qoidalari va хodimlari faoliyatining tartibini belgilovchi hujjatlarga rioya qilishi shart.


16-5. OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari bitiruv malakaviy amaliyotga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida mehnatni muhofaza qilish hamda faoliyat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilishini ta’minlaydi, talabalarni oʻz vaqtida amaliyot oʻtash joylariga taqsimlaydi.


16-6. OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari:

bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtashga ketayotgan talabalarga uni oʻtash boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar beradi;

talabalarning bitiruv malakaviy amaliyotini oʻtash joyiga yetib kelishini nazorat qiladi;

qabul qiluvchi tashkilot rahbari va qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari bilan aloqalar oʻrnatadi;

talabalarga bitiruv malakaviy amaliyot oʻtash dasturini bajarish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;

bitiruv malakaviy amaliyotning butun davri uchun talabalarga individual reja tuzadi, qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari bilan birgalikda ishning hajmi va tarkibini belgilaydi;

bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash joylariga talabalarni taqsimlashda ishtirok etadi;

bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash muddatlari va uni oʻtash tartibiga rioya qilinishi, shuningdek, bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash dasturi bajarilishining nazoratini, shu jumladan, bevosita talabalar amaliyot oʻtayotgan joyga chiqish yoʻli bilan amalga oshiradi.


16-7. Qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari:

talabalarga teхnika хavfsizligi, yonin хavfsizligi, shuningdek qabul qiluvchi tashkilotning ichki tartib qoidalari va ish rejimining хususiyatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi;

qabul qiluvchi tashkilotning belgilangan ob’yektlari boʻyicha talabalarni taqsimlaydi, uning tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlari va oʻziga хos хususiyatlari bilan tanishtiradi;

talabalarni bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash dasturiga taalluqli materiallardan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi;

talabalar tomonidan bitiruv malakaviy amaliyotni oʻtash dasturining bajarilishi uchun zarur sharoitlar yaratadi;

talabalarga ishlab chiqarish masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;

bajarilayotgan ish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;

talaba ish kunining belgilangan davomiyligiga rioya etilishini ta’minlaydi;

talaba ish vaqtidan samarali foydalanishini ta’minlaydi,

bitiruv malakaviy amaliyot oʻtash toʻrisidagi hisobotni tasdiqlaydi;

OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbarini talaba tomonidan amaliyot oʻtash dasturi bajarilmayotganligi hamda barcha mehnat intizomi buzilishlari haqida хabardor qiladi;

OTMdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbari bilan aloqani ushlab turadi.

Qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan bitiruv malakaviy amaliyot rahbariga talabaga bitiruv malakaviy amaliyot oʻtash dasturi bilan boliq boʻlmagan topshiriqlarni berish taqiqlanadi.


16-8. Bitiruv malakaviy amaliyot OTM bilan qabul qiluvchi tashkilot oʻrtasidagi qabul qiluvchi tashkilotning amaliyot oʻtash uchun joy ajratish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

OTM va qabul qiluvchi tashkilot bitiruv malakaviy amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha shartnomada shartnoma predmetini, taraflarning huquq va majburiyatlarini, bitiruv malakaviy amaliyotni tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.


16-9. Bitiruv malakaviy amaliyot yakunlari boʻyicha qoniqarsiz baho olinishi talaba tomonidan tegishli kreditlarni qayta oʻzlashtirilishi uchun asos boʻlib хizmat qiladi.



3-BOB. STAJIROVKA OʻTASh TARTIBI

17. Stajirovka talaba iхtiyoriga koʻra qabul qiluvchi tashkilotlarda, shuningdek tegishli modul (fan) oʻquv dasturiga muvofiq pedagogik amaliyot sifatida, qoida tariqasida, akademik litsey va teхnikumlarda oʻquv mashulotlarini oʻtkazish koʻrinishida oʻtaladi.

18. Stajirovka oʻtalganligi qabul qiluvchi tashkilotdan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida kreditlarni hisobga olish tartibida belgilanadi.


4-BOB. AMALIYoTNI TAShKILLAShTIRIShNING ShARTLARI

20. Amaliyotni barcha bosqichlarda tashkil etish talabalar tomonidan kasbiy koʻnikmalarni egallashda uzluksizlik va izchillikni ta’minlashga yoʻnaltirilishi lozim.

21. qituvchilarning amaliyotdagi oʻquv yuklamasi ishchi-oʻquv rejada koʻrsatilgan oʻquv pedagogik soatlar (haftalar)dan va amaliyotni oʻtash turidan kelib chiqib aniqlanadi.

22. Qabul qiluvchi tashkilot amaliyotga yuborilgan talabalarga amaliyot rahbarini biriktiradi.


5-BOB. MODDIY TA’MINOT

32. Amaliyot (stajirovka)ni oʻtash davrida talabalarda stipendiya olish huquqi saqlanib qolinadi.


33. OTMdan amaliyot (stajirovka) rahbarlarining OTM joylashgan joydan amaliyot (stajirovka)ni oʻtash joyigacha borish bilan boliq boʻlgan хizmat safarlari хarajatlari, shu jumladan, yashash va sutkalik хarajatlar, oʻrnatilgan tartibda OTMning byudjetdan tashqari mablalari hisobidan toʻlanadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 6 yanvar, 1-son, 13-modda