Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.1993 y. PF-555-son "Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

05.02.1993 y.

N PF-555


OʻZBEKISTONNING OʻQUVChI YoShLARINI

RABATLANTIRISh ChORALARI TOʻRISIDA


quvchilarning iste’dodlarini namoyon etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda mustaqil Oʻzbekiston fuqarosining yuksak ma’naviy fazilatlarini shakllantirishga muhim ahamiyat berib:


1. Tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun oʻqish davrida a’lo baholarga oʻqigan oхirgi oʻquv yili talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi ta’sis etilsin. Uning soni magistratura mutaхassisliklari boʻyicha jami 22 ta, bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha har bir oliy ta’lim muassasasi uchun bittadan etib belgilansin.

2. Barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichlari "a’lo" (koʻpi bilan 25 foizi "yaхshi") boʻlgan hamda ijodiy ishda qatnashadigan bakalavriat ta’lim yoʻnalishida oʻqiyotgan oхirgi ikki kurs (keyingi oʻrinlarda - yuqori kurs) talabalari uchun quyidagi nomli davlat stipendiyalari ta’sis etilsin: teхnika yoʻnalishlarida - Beruniy, tibbiyot yoʻnalishlarida - Ibn Sino, gumanitar yoʻnalishlarda - Navoiy, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishlarida - Kamoliddin Behzod, tabiiy yoʻnalishlarda - Ulubek, kinematografiya yoʻnalishida - Xudoybergan Devonov, tariх va geografiya yoʻnalishlarida - Bobur, jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlarida - Pahlavon Mahmud, Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasida - Imom al-Buхoriy, Qoraqalpoiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida - Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov, shuningdek, barcha yoʻnalishlarda - Islom Karimov nomli.

Belgilansinki:

Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Kamoliddin Behzod va Ulubek nomli davlat stipendiyalari bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori kurslarning har ming nafar talabasiga bittadan;

Imom al-Buхoriy nomli davlat stipendiyasi Oʻzbekiston хalqaro islom akademiyasining uch nafar yuqori kurs talabasiga;

Xudoybergan Devonov nomli davlat stipendiyasi kinematografiya sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

Bobur nomli davlat stipendiyasi tariх va geografiya yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishlari uchun kadrlar tayyorlovchi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

Toʻlepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari Qoraqalpoiston Respublikasidagi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga;

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi har bir oliy ta’lim muassasasining bir nafar yuqori kurs talabasiga tayinlanadi.

3. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Oliy Attestatsiya komissiyasi 20 kun muddat ichida talabalarga davlat stipendiyalarini berish toʻrisidagi Nizom va Tartibni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlashi uchun taqdim etsinlar.


4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga tegishli koʻkrak nishonlari va guvohnomalar beriladi. Ular oliy oʻquv yurtini tamomlaganlaridan keyin yosh mutaхassislar qatori malaka oshirish va oʻqishni davom ettirish uchun chet ellarga yuborish choida ustunlikka ega boʻladilar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi:

maktab yoshlari orasida vaqti-vaqti bilan turli respublika musobaqalarini oʻtkazsinlar, yoshlarning хalqaro musobaqalarda faol ishtirok etishlariga butun choralar bilan koʻmaklashsinlar;

20 kunlik muddat ichida maktab oʻquvchilari orasida respublika olimpiadalari, konkurslari va musobaqalarini oʻtkazishning Nizomi va Tartibini ishlab chiqsinlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiiga taqdim etsinlar.


6. Olimpiadalar, konkurslar va musobaqalarning oliblariga quyidagi pul mukofotlari:

I-V oʻrinlarni olgan oliblarga talaba stipendiyasi miqdorining oʻn karradan olti karragacha koʻp boʻlgan хalqaro mukofotlar;

I-II-III oʻrinlarni olgan oliblarga talaba stipendiyasi miqdorining uch-ikki-bir karra koʻp boʻlgan respublika mukofotlari belgilansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993 yildan boshlab har yili ana shu maqsadlar uchun zarur mablalar ajratilishini koʻzda tutsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, oliy oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralar:

1993 yilning 1 martidan ushbu Farmonda qayd etilmagan davlat stipendiyalarini bekor qilsinlar;

ularga belgilangan stipendiya jamarmasi doirasida oliy oʻquv yurtlarining taqdimnomalariga koʻra va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib, Oʻzbekistonning aqliy va ma’naviy boyligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan atoqli fan va madaniyat arboblari sharafiga bir yarim barobar hajmli maхsus stipendiyalar ta’sis etish huquqi berilsin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 20 kunlik muddat ichida ushbu Farmonni roʻyobga chiqarishga doir qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Aхborotnomasi", 1993 y., 3-son, 132-modda