Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi 15/QQ-son, Xalq ta’limi vazirligi 28-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi 254-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazining 40-K/K-son "Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida"gi 30.06.2010 y. Qarori (AV tomonidan 05.07.2010 y. 1964-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

05.07.2010 y.

N 1964-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI DAVLAT

TEST MARKAZINING

30.06.2010 y.

N 15/QQ


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING

30.06.2010 y.

N 28


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS

TA’LIM VAZIRLIGINING

30.06.2010 y.

N 254


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS,

KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZINING

30.06.2010 y.

N 40-Q/Q


QARORI


Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinf

bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar

kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi

qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan

deb topish haqida


(2010 yil 15 iyuldan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-son "Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida oʻqitish bilan qamrab olishni ta’minlash boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 23-son, 184-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazining 2009 yil 20 maydagi 16/QQ, 22, 155, 25-Q/Q-son "Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga oʻqishga qamrab olish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1964, 2009 yil 11 iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 24-son, 276-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan.


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori                                   B. Ismoilov



Xalq ta’limi vaziri                                                   A. Maraхimov



Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri                            B. Xodiyev



Oʻrta maхsus, kasb-hunar

ta’limi markazi direktori                                        Sh. Javlonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 26-27-son, 221-modda.