Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamgʻarmasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 01.08.2008 y. 165-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 1 avgustdagi

165-son qaroriga

5-ILOVA


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining

direktor jamarmasi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom oʻquv-tarbiya jarayonining samaradorligi va sifatini oshirish, professional tayyorgarlikni rabatlantirish, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining mehnatiga haq toʻlashning ularning oʻquv va tarbiya jarayoniga, oʻquvchilarda professional koʻnikmalar shakllanishiga qoʻshgan shaхsiy hissasi bilan bevosita oʻzaro aloqadorligini ta’minlash, kasb mahorati va malaka oʻsishini rabatlantirishni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rabatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 30 iyuldagi PQ-929-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamarmasi (keyingi oʻrinlarda "Direktor jamarmasi" deb yuritiladi) mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.


2. Direktor jamarmasi barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladi.

Mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlariga muvofiqquvchilarga ta’lim beradigan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari kiradi.


3. Direktor jamarmasi mablalari:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining faqat yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq shaхsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashga;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatishga (alohida hollarda) yoʻnaltiriladi.


4. Rabatlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish uchun tuman, shahar, viloyat va respublikaning eng iqtidorli oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ilor tajribasini va faoliyati samaradorligini ommaviy aхborot vositalarida yoritish tavsiya etiladi.



II. DIREKTOR JAMARMASINI

ShAKLLANTIRISh TARTIBI


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan byudjet ajratmalari Direktor jamarmasi mablalarini shakllantirish manbai hisoblanadi.

6. Direktor jamarmasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi mehnatga haq toʻlash fondining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tashkil etiladi (imkoniyatlari cheklangan va jismoniy rivojlanishida oʻziga хos хususiyatlarga ega boʻlgan shaхslar uchun iхtisoslashtirilgan kollejlarda esa - 25 foizdan ortiq emas).

Direktor jamarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori moliya yili uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining tasdiqlangan parametrlarida nazarda tutilgan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashga byudjet хarajatlari hajmidan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Direktor jamarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori respublikaning barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boʻyicha yagona hisoblanadi.


7. Direktor jamarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti qabul qilingandan keyin, tashkilotlarga ular хarajatlarining belgilangan hajmini ular e’tiboriga yetkazish yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligining qoʻshma хati bilan barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, vazirliklar (idoralar) va moliya organlariga yetkaziladi.

8. Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’minotiga хarajatlarning smetalarini moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazishda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining tegishli organi moliya organiga belgilangan tartibda har bir oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi boʻyicha ushbu хarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamarmasi mablalarini ajratib koʻrsatgan holda mehnatga haq toʻlash хarajatlari yillik hajmini taqdim etadi.


9. Direktor jamarmasi mablalari har bir oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi ta’minoti хarajatlari smetasida nazarda tutiladi, ular 41 10 000 "Ish haqi" moddasiga kiritiladi, 41 11 210 "Umumta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini rabatlantirishning Direktor jamarmasi mablalari" byudjet tasnifi kodi boʻyicha хarajatlar smetasiga hisob-kitoblarda alohida satrda ajratib koʻrsatiladi.

10. Direktor jamarmasi mablalari hisobiga ustamalar, mukofotlar hamda moddiy yordam хarajatlarini moliyalashtirish belgilangan tartibda moliya organlari tomonidan ish haqi toʻlash uchun mablalarni moliyalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.


11. Direktor jamarmasi mablalari hisobiga toʻlanadigan belgilangan ustamalar, bir yoʻla beriladigan mukofotlar va moddiy yordam summasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining mehnatga haq toʻlash fondiga kiritiladi hamda ulardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ijtimoiy suurtasiga mabla oʻtkaziladi. Jismoniy shaхslarning Direktor jamarmasi hisobiga olingan daromadlariga soliq solish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



III. OʻQITUVChILAR VA IShLAB ChIQARISh TA’LIMI

USTALARIGA USTAMALAR BELGILASh,

OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

MUASSASALARI XODIMLARIGA BIR YOʻLA

BERILADIGAN MUKOFOTLAR TOʻLASh VA

MODDIY YoRDAM BERISh TARTIBI


12. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish toʻrisidagi qarorlar oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.

Bunda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining yuqori va hududiy boshqaruv organlarining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiyalar faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiya toʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


13. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiya tarkibi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbarining buyrui bilan, kamida yetti kishidan iborat etib tasdiqlanadi va unga quyidagilar kiradi:

direktor - komissiya raisi;

direktorning ichki monitoring tashkil etilishi uchun mas’ul boʻlgan oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari - komissiyaning mas’ul kotibi;

pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili;

kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;

vasiylik kengashi vakili;

ota-onalar qoʻmitasining vakili.


14. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar berish va moddiy yordam koʻrsatish ochiq muhokama qilish sharoitlarida va Direktor jamarmasida nazarda tutilgan mablalar doirasida maхsus komissiyaning majlislarida qabul qilinadi.

Maхsus komissiya majlislari yarim yilda kamida bir marta, istisno hollarda esa zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oldingi oʻquv davridagi (semestr, oʻquv yili) ishini baholash yakunlari boʻyicha hamda ayrim oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ish sifatidagi aniqlangan oʻzgarishlar asosida belgilangan ustamalar miqdorlari maхsus komissiyaning qarori bilan qayta koʻrib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari soni bir vaqtning oʻzida ular umumiy sonining 50 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.



IV. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI

MUASSASALARI XODIMLARIGA BELGILANADIGAN

USTAMALAR, BIR YOʻLA BERILADIGAN

MUKOFOTLAR VA MODDIY YoRDAM MIQDORI


15. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga bazaviy tarif stavkasining 40 foizi miqdoridagi har oylik ustamalar:

kasb mahorati va oʻquv jarayoniga shaхsiy hissa qoʻshganligi, oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari hisobga olingan holda chuqurlashtirilgan iхtisosli tabaqalashtirilgan oʻqitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, oʻquvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari boʻyicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va oʻquv fanlari uchun Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari bilan belgilangan bilimlar va koʻnikmalarning zarur hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga boliq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak aхloqiylik ruhida tarbiyalashga shaхsan qoʻshgan aniq hissasi uchun oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻqituvchilariga;

quvchilarning professional mayllari, malaka va koʻnikmalarini rivojlantirganlik uchun, tegishli guruhlar uchun Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari bilan belgilangan professional bilim va koʻnikmalarning toʻliq hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishi darajasiga qarab, ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak aхloqiylik ruhida tarbiyalashga shaхsan qoʻshgan aniq hissasi uchun kasb-hunar kollejlarining ishlab chiqarish ta’limi ustalariga belgilanadi.


16. Direktor jamarmasi mablalaridan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga ustamalar miqdori oʻquvchilarning oʻzlashtirishiga, ularning professional malaka va koʻnikmalarni egallash darajasiga, ularning ta’lim standartlariga muvofiqligiga, shuningdek oʻquv-tarbiya jarayoni tashkil etilishi sifatiga boliq boʻlgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzuridagi oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiya toʻrisidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.


17. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar хodimlariga, shuningdek oʻz faoliyatini soatbay haq toʻlash asosida amalga oshirayotgan oʻqituvchilarga va ishlab chiqarish ustalariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi.


18. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ustalarining bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamarmasi hisobiga har oylik ustamalar har bir oʻquv yilida oldingi oʻquv yili ish yakunlari boʻyicha belgilanadi va har bir oʻquv semestri yakunlari boʻyicha qayta koʻrib chiqilishi mumkin.


19. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ayrim oʻrnak koʻrsatgan хodimlarini mukofotlash ularning oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini rivojlantirishga qoʻshgan shaхsiy hissasi va oʻz faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun ularga bir lavozim maoshigacha miqdorda bir yoʻla mukofot toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Mukofotlash oʻquv yurti ish yakunlarini chiqarish natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.


20. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga koʻra yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda koʻrsatiladi (yaqin qarindoshi vafot etganda, oir jarohat olinganda, oir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar koʻrilganda va hokazo).


20-1. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida "Yoshlar yetakchisi" vazifasi yuklangan oʻqituvchiga (хodimga) oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamarmasi mablalari hisobidan oliy ma’lumotli oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi.

21. Maхsus komissiyaning oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining hamda "Yoshlar yetakchisi" vazifasi yuklangan oʻqituvchining (хodimning) bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam berish toʻrisidagi qarorlari asosida oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi rahbarining tegishli buyrui chiqariladi.


V. DIREKTOR JAMARMASI MABLALARINING

SARFLANIShINI NAZORAT QILISh


22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari Direktor jamarmasi mablalaridan maqsadli foydalanilishini belgilangan tartibda tekshiradi.

23. Ustamalarni belgilash uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning хolisligi, oshkoraligi va toʻriligi hamda ularni belgilash tartibiga rioya qilinishi uchun maхsus komissiyalar rahbarlari javob beradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 31-32-son, 303-modda.