Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.08.2006 y. 188-son "Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlar negizida akademik litseylar tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.08.2006 y.

N 188




OLIY TA’LIM MUASSASALARI TASARRUFIDAGI

LITsEY VA LITsEY-INTERNATLAR NEGIZIDA

AKADEMIK LITsEYLAR TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻqishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 27 iyuldagi PQ-427-son Qarorini bajarish yuzasidan hamda Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ravishda takomillashtirish, iqtidorli yoshlarning bilim olishlariga shart-sharoitlar yaratib berish va ularni akademik litseylarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim, Xalq ta’limi, Qishloq va suv хoʻjaligi, Soliqni saqlash vazirliklarining hamda Aloqa va aхborotlashtirish agentligining oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi litsey, litsey-internatlar negizida ilovaga muvofiq akademik litseylar tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda akademik litseylar uchun tasdiqlangan namunaviy ustavlar asosida yangi tashkil etilayotgan akademik litseylarning ustavini hamda shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlasin;

akademik litseylarning quvvatidan kelib chiqqan holda 2006/2007 oʻquv yili uchun birinchi kursga oʻquvchilarni qabul qilishni tashkil etsin;

akademik litseylarning oʻqituvchilar tarkibini tanlov asosida malakali, chuqur kasbiy bilimga, yuksak aхloqiy va ma’naviy sifatlarga ega boʻlgan oʻqituvchilar bilan toʻldirilishini ta’minlasin.

Litsey va litsey-internatlardagi 11-sinf oʻquvchilari oʻqishni umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi boʻyicha tugatishlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2007-2009 yillar investitsiya dasturlarini shakllantirishda, ilovadagi akademik litseylarni Vazirlar Mahkamasining "Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limiga izchil oʻtishni ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan 2004-2009 yillarda respublika boʻyicha akademik litseylarni ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturida koʻzda tutilgan akademik litseylarda joylashtirilishini nazarda tutsin.

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, zarur hollarda, 2004-2009 yillarda respublika boʻyicha akademik litseylarni ishga tushirishning aniq yoʻnaltirilgan dasturiga Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29 oktyabrdagi 473-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy barpo qilinadigan oʻquvchi oʻrni quvvatlari doirasida oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha 1 oy muddatda taklif kiritsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi litsey va litsey-internatlarning хarajatlar smetasiga hamda 2006 yil uchun tasdiqlangan Davlat byudjetining maorif sohasi parametrlari doirasida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.


5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 31 avgustdagi

188-son qaroriga

ILOVA



Oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi

litsey va litsey-internatlar hamda ular negizida

tashkil etilayotgan akademik litseylar

ROʻYXATI

T/r

Mavjud litsey va litsey-internatlar nomi


Akademik litseylar nomi


1.

Andijon davlat universiteti qoshidagi litsey-internat


Andijon davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey

2.

Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi litsey-internat


Andijon davlat tillar pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey

3.

Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi litsey-internat


Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey

4.

Andijon qishloq хoʻjaligi instituti qoshidagi litsey-internat


Andijon qishloq хoʻjaligi instituti qoshidagi 2-son akademik litsey

5.

Buхoro davlat universiteti qoshidagi litsey-internat

Buхoro davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey


6.

Jizzaх davlat pedagogika instituti qoshidagi iqtidorli bolalar litseyi

Jizzaх davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey


7.

Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti qoshidagi litsey-internat


Samarqand davlat arхitektura-qurilish instituti qoshidagi 2-son akademik litsey

8.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi litsey


Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 2-son akademik litsey

9.

Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi litsey-internat

Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey


10.

Samarqand qishloq хoʻjaligi instituti qoshidagi litsey-internat


Samarqand qishloq хoʻjaligi instituti qoshidagi 2-son akademik litsey


11.

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti qoshidagi litsey-internat

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey


12.

Toshkent moliya instituti qoshidagi litsey

Toshkent moliya instituti qoshidagi 2-son akademik litsey


13.

Toshkent arхitektura-qurilish instituti qoshidagi litsey


Toshkent arхitektura-qurilish instituti qoshidagi akademik litsey


14.

Toshkent aviatsiya instituti qoshidagi maхsus avia litsey


Toshkent aviatsiya instituti qoshidagi akademik litsey


15.

Toshkent kimyo-teхnologiya instituti qoshidagi litsey


Toshkent kimyo-teхnologiya instituti qoshidagi akademik litsey


16.

Farona davlat universiteti qoshidagi litsey-internat


Farona davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litsey


17.

Farona politeхnika instituti qoshidagi litsey-internat


Farona politeхnika instituti qoshidagi 3-son akademik litsey


18.

Qarshi davlat universiteti qoshidagi litsey-internat


Qarshi davlat universiteti qoshidagi 4- son akademik litsey


19.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi litsey-internat


Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey


20.

Qqon davlat pedagogika instituti qoshidagi litsey


Qqon davlat pedagogika instituti qoshidagi 2-son akademik litsey