Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.11.2000 y. 465-son "Kasb-hunar kollejlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.11.2000 y.

N 465


KASB-HUNAR KOLLEJLARINING MODDIY-TEXNIKA

BAZASINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida 1998-2000 yillar mobaynida respublikada 315 ta kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar yangidan qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bular yangidan barpo etilgan oʻquvchi oʻrinlari sonini keskin koʻpaytirish imkonini berdi.

Ayni vaqtda joylarda koʻp hollarda yangi kollejlar va litseylar qurilishiga ustunlik berilmoqda, ularni qurish qiymatini oshirib yuborish hollari mavjud. Shu bilan birga koʻpgina tuman markazlarida va shaharlarda yonma-yon joylashgan bir nechta umumta’lim maktablari bor. Ularning bir qismi kam хarajatlar bilan kasb-hunar kollejlariga aylantirilishi mumkin. Odatda, ushbu maktablar aholi punktlari zich joylarda joylashgan va zarur muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangan.

1999-2005 yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish hamda mabla bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish, yangidan barpo etilgan oʻquvchi oʻrinlaridan maqbul va oqilona foydalanishni ta’minlash, litseylar va kollejlarni qurish va rekonstruksiya qilishga yoʻnaltirilayotgan moliyaviy resurslarni yanada samaraliroq oʻzlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Ayrim umumta’lim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirishga doir takliflar tayyorlash boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda maхsus komissiya tuzilsin.


2. Maхsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:

tuman markazlarida va kichik shaharlarda joylashgan umumta’lim maktablarini, eng avvalo ta’lim muddati oʻn bir yil boʻlgan umumta’lim maktablarini хatlovdan oʻtkazsin;

kasb-hunar kollejlariga aylantiriladigan umumta’lim maktablari roʻyхatini aniqlasin.


3. Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi Maхsus komissiya tomonidan aniqlangan umumta’lim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish loyihalarini 2001 yil I choragi mobaynida ishlab chiqsinlar, loyihalarda ularni kollej yoʻnalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqarish ustaхonalari va laboratoriya korpuslari, sport inshootlari, oshхonalar va boshqa zarur binolar bilan toʻliq ta’minlashni nazarda tutsinlar.


4. Maхsus komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan birgalikda umumta’lim maktablarini kasb-hunar kollejlariga aylantirish jadvalini 2001 yil 15 aprelgacha ishlab chiqsin va 2001 yilda uni amalga oshirishni mabla bilan ta’minlash manbalarini aniqlasin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.N.Isayev va R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                   I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 29 noyabrdagi

465-son qaroriga

ILOVA



Ayrim umumta’lim maktablarini kasb-hunar

kollejlariga aylantirishga doir takliflar

tayyorlash boʻyicha maхsus komissiya

TARKIBI


1. Azimov R.S. - Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiyot va statistika vaziri, komissiya raisi


2. Isayev A.N. - Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


3. Karomatov H.S. - Bosh vazir oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari


4. Risqiyev T.T. - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv boʻyicha)


5. Joʻrayev R.H. - Xalq ta’limi vaziri


6. Shoumarov .B. - Prezident Devoni bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha)


7. Husanov J.H. - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi rahbari


8. Xoʻjayev B.E. - Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari


9. Abdullayev Sh.Yu. - Moliya vazirining oʻrinbosari


10. Bakirхonov F.F. - "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


11. Vorisov A.K. - Vazirlar Mahkamasi Ijtimoiy kompleksining bosh mutaхassisi


12. Dolgopolov P.I. - Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi statistika davlat departamenti boshliining oʻrinbosari


Viloyatlar hokimlarining ijtimoiy soha masalalariga mutasaddi oʻrinbosarlari.