Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 69/1-q/q-son, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining 63-q/q-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 33-q/q-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi 26.11.2012 y. Qarori (AV tomonidan 04.12.2012 y. 1845-3-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

04.12.2012 y.

N 1845-3

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

26.11.2012 y.

N 69/1-q/q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-

HUNAR TA’LIMI MARKAZINING

26.11.2012 y.

N 63-q/q


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

26.11.2012 y.

N 33-q/q


QARORI


"Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalari хodimlari asosiy lavozimlarining

malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash

haqida"gi qaror va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni

oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻrisida


(2012 yil 14 dekabrdan kuchga kiradi)



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-son "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 34-son, 291-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi QAROR QILADILAR:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008 yil 25 avgustdagi 39, 36 Q/Q va 01-275-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1845, 2008 yil 29 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 35-36-son, 350-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008 yil 5 noyabrdagi 62, 46Q/Q va 01-383Q/Q-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1845-1, 2008 yil 13 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 51-son, 505-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2010 yil 18 yanvardagi 89Q/Q, 01 Q/Q va 01 Q/Q-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari boʻyicha yoʻriqnoma ilovasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 1845-2, 2010 yil 3 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 5-son, 44-modda).


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri

       

A. Xaitov

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi

markazi direktori

    

    

J. Ismoilov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori

       

B. Ismoilov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 48-49-son, 553-modda