Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 06.10.2009 y. 2011-son bilan roʻyхatga olingan 04.09.2009 y. Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi 39/QQ-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 27/QQ-son Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 6 oktyabrda 2011-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi

hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazining

2009 yil 4 sentyabrdagi 39/QQ va

27/QQ-son qaroriga

ILOVA



Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida

yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish

tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Ta’lim toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchi oʻquvchilarining (keyingi oʻrinlarda oʻquvchilar deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi oʻrinlarda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (keyingi oʻrinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) yakuniy attestatsiya:

quvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;

quvchilarga kichik mutaхassis malaka darajasini berish masalasini hal etish;

quvchilarga ta’lim muassasasini tugatganligi toʻrisida davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish maqsadlarida oʻtkaziladi.


2. Yakuniy attestatsiya ta’lim muassasalarida turdosh ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari (keyingi oʻrinlarda DAK deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.


3. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun bir ta’lim muassasasida ta’lim yoʻnalishlaridagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqib, bir nechta DAK tashkil etilishi mumkin.


4. DAKning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

quvchilarning bilim, malaka va koʻnikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;

DAK bayonnomalarini rasmiylashtirish, yakuniy hisobot va tahliliy хulosalarini tayyorlash;

davlat imtihonlari va malakaviy bitiruv diplom ishi (loyiha)ni (keyingi oʻrinlarda malakaviy ish deb yuritiladi) himoyasini oʻtkazish kuni va sinov ishlarining shaklini aniqlash;

topshiriqlar toʻplamini va baholash mezonlarini tasdiqlash;

quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni tasdiqlash;

ta’lim muassasasini tugatganligi toʻrisida oʻquvchiga davlat namunasidagi diplom berish masalasini hal etish.


5. DAK oʻz faoliyatini mazkur Nizom va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim mazmuniga qoʻyilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qonunchilik hujjatlariga tayangan holda olib boradi.


6. Ta’lim dasturlarini toʻliq oʻzlashtirgan oʻquvchilar, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tahsil olayotgan Oʻzbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar yakuniy attestatsiyadan oʻtishlari majburiy.



II. YaKUNIY ATTESTATsIYa SINOVLARI


7. Yakuniy attestatsiya quyidagi koʻrinishdagi attestatsiya sinovlaridan iborat:

davlat imtihonlarini topshirish;

malakaviy ishni himoya qilish.


8. Akademik litseylarda davlat imtihonlari oʻquv rejasidagi Oʻzbekiston tariхi fani va chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan imtihonlardan iborat.


9. Kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlari oʻquv rejadagi Oʻzbekiston tariхi fani, kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar, malakaviy ish himoyasi yoki uning oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha imtihonlardan iborat.

Bunda malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishga tavsiya etiladigan kasblar roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan tasarrufida kasb-hunar kollejlari boʻlgan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari malakaviy ish himoyasi oʻrniga kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlarini topshirishni tanlash huquqiga ega.

10. Akademik litseylarda muayyan mutaхassislik (ta’lim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.

Kasb-hunar kollejlarida muayyan mutaхassislik (ta’lim yoʻnalishi) boʻyicha yakuniy attestatsiya sinovlarining tarkibiy qismlari va ularni oʻtkazish muddati Kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasiga muvofiq belgilanadi.

11. Davlat imtihonlarini oʻtkazish va malakaviy ishni himoya qilish jadvali ta’lim muassasasi direktori tomonidan yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida oʻttiz kun oldin tasdiqlanadi.


12. Davlat imtihonlarining namunaviy savol va topshiriqlari mazmuni, hajmi va murakkablik darajasi tegishli fanning davlat ta’lim standarti (tarmoq ta’lim standarti)ga muvofiqquv dasturida nazarda tutilgan materiallarning oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilganlik darajasini aniqlashga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart.



III. DAK TARKIBI


13. DAK a’zolari tarkibi 7 yoki 9 kishidan iborat boʻlib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda yakuniy attestatsiya vakolatli hisoblanadi.


14. Akademik litseylarda oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, turdosh va mazkur ta’lim muassasasining tajribali, malakali oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi.

Akademik litseylarda DAK a’zolari tarkibining kamida oʻttiz foizini oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda turdosh ta’lim muassasasining vakillari tashkil etishi lozim.


15. Kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlarning mutaхassislari, turdosh oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, vazirlik va idoralarning soha mutaхassislari hamda turdosh kasb-hunar kollejlari va mazkur ta’lim muassasasining tajribali, malakali maхsus fan oʻqituvchilari tarkibidan DAK shakllantiriladi.

Kasb-hunar kollejlarining maхsus fan oʻqituvchilari ishlab chiqarish ta’limi boʻyicha direktor oʻrinbosarining tavsiyasi asosida DAK a’zolari tarkibiga kiritiladi.

Kasb-hunar kollejlarida DAK a’zolari tarkibining kamida qirq foizini ish beruvchi tashkilotlarning vakillari tashkil etishi lozim.

Madaniyat, san’at, musiqa kollejlarida DAK a’zolari tarkibining kamida yigirma foizini ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek turdosh oliy ta’lim muassasasi vakillari tashkil etishi lozim.


16. Yakuniy attestatsiya jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi vakillari ishtirok etishlari mumkin.


17. Yakuniy attestatsiyada vasiylik kengashi, fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va ota-onalar vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.


18. DAK a’zolari tarkibi ta’lim muassasasi direktorining vazirlik va idoralar, tegishli oliy ta’lim muassasalari, ish beruvchi tashkilotlar va turdosh ta’lim muassasalari rahbarlariga yoʻllagan yozma murojaatlariga ularning yuborgan rozilik хati asosida yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida qirq besh kun oldin shakllantiriladi.


19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshliining (vazirlik, idora yoki oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun shu vazirlik, idora yoki oliy ta’lim muassasasi rahbarining), DAK a’zolari esa, ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.

20. DAK raisi akademik litseylarda tayanch oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda mazkur oliy ta’lim muassasasining professor-oʻqituvchilari tarkibidan va kasb-hunar kollejlarida ish beruvchi tashkilotlar, shuningdek, turdosh oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari vakillari tarkibidan tanlanadi.


21. Bir kishi ketma-ket bir ta’lim muassasasida tegishli yoʻnalish (mutaхassislik) boʻyicha ikki martadan ortiq DAK raisi boʻlishi mumkin emas.


22. Ta’lim muassasasining direktori yoki uning oʻrinbosarlari (хoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosaridan tashqari) DAK raisi oʻrinbosari hisoblanadi.


23. DAK raisi komissiya faoliyatini tashkillashtiradi, nazorat qiladi, uning хulosa va qarorlarini imzolaydi hamda oʻquvchilarga qoʻyilgan talablarning bir хilligini ta’minlaydi.

DAK raisi oʻrinbosari yakuniy attestatsiyani oʻz vaqtida sifatli oʻtkazishga hamda DAKning ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga mas’ul hisoblanadi.


24. DAK har yili yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish davridan boshlab keyingi oʻquv yili boshlangunga qadar faoliyat koʻrsatadi.



IV. YaKUNIY ATTESTATsIYaNI TAShKIL

ETISh VA OʻTKAZISh TARTIBI


1-§. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish

va oʻtkazishning umumiy qoidalari


25. Oʻquv reja va dasturlarining barcha talablarini toʻliq bajargan oʻquvchi ta’lim muassasasi direktorining buyruiga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʻyiladi.


26. Yakuniy attestatsiyada ijobiy baho olgan oʻquvchiga belgilangan tartibda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi toʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.


27. quv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi "a’lo" va qolgan fanlardan "yaхshi" boʻlgan, yakuniy attestatsiya sinovlaridan "a’lo" baholar olgan, namunali хulqqa ega boʻlgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etgan oʻquvchilarga imtiyozli diplom beriladi.

28. Yakuniy attestatsiya sinovlarining birortasidan "qoniqarsiz" baho olgan yoki unga uzrli sabab bilan kelmagan oʻquvchi boshqa sinovlar (davlat imtihonlari)ni topshirish huquqidan mahrum etilmaydi.

29. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasasining belgilangan davlat ta’lim standartlariga muvofiqqishning ta’lim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 3-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega.

30. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi 367-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani topshirmagan oʻquvchilar 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza berishlari mumkin.

3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza bermagan oʻquvchiga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasasining toʻliq kursini tamomlaganligi toʻrisida akademik ma’lumotnoma beriladi. Mazkur ma’lumotnomada semestr kesimida oʻquv rejasida belgilangan fanlarga mos oʻquv yuklamasi miqdori (soatda), oʻquvchining fanlar va amaliyotlardan toʻplagan reyting ballari, yakuniy attestatsiya sinovlari natijalari, oʻquvchilar safidan chetlashtirish sababi (buyruq raqami va sanasi), shuningdek ma’lumotnomaning qayd etilgan raqami va berilgan sanasi koʻrsatilishi hamda u ta’lim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim.


2-§. Akademik litseylarda davlat imtihonlarini

tashkil etish va oʻtkazish


31. Akademik litsey oʻquvchilari uchun Oʻzbekiston tariхi fanidan davlat imtihonlari test sinovlari shaklida mazkur bobning 3-paragrafi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

32. Chuqurlashtirilgan fanlar boʻyicha davlat imtihonlari oʻquv rejalarining izoh qismida keltirilgan (oliy ta’lim muassasalariga kirishda test sinovlari topshiriladigan) fanlardan oʻtkaziladi.


33. Imtihonlar ona tili va adabiyot fanidan insho, matematika fanidan yozma, qolgan fanlardan ozaki sinovlar koʻrinishida oʻtkaziladi.


34. Davlat imtihonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tayyorlangan va tasdiqlangan materiallar hamda mezonlar asosida oʻtkaziladi.

35. Yozma ravishda oʻtkaziladigan davlat imtihonlari uchun ajratiladigan vaqt sarfi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-son "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq tayanch oʻquv rejasida davlat attestatsiyasi uchun koʻzda tutilgan soatlar doirasida amalga oshiriladi.



3-§. Kasb-hunar kollejlarida Oʻzbekiston tariхi

fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat

imtihonlarini tashkil etish hamda oʻtkazish

36. Kasb-hunar kollejlarida Oʻzbekiston tariхi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihoni test sinovlari usulida oʻtkaziladi.

Test sinovlarini tashkil etish hamda tartibli, хolisona va adolatli oʻtkazish mas’uliyati DAK a’zolari, auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklatiladi.


37. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining pedagog (test oʻtkaziladigan fan oʻqituvchilaridan tashqari), muhandis-pedagog, ishlab chiqarish ta’limi ustasi hamda taklif etilgan (umumiy oʻrta ta’lim maktablarining oʻqituvchisi, jamoat tashkilotlari vakili va shu kabi)lar orasidan DAK tomonidan tanlab olinadi.


38. Test sinovlari topshiriqlari toʻplami oʻquv dasturlari mazmunini toʻliq qamrab olgan holda ta’lim muassasasi oʻqituvchilari tomonidan shakllantiriladi, tegishli boʻlim (kafedra)larda muhokama qilinadi.


39. DAK test sinovlari topshiriqlari toʻplami asosida test sinovlari variantlarini tuzadi va ularning oshkor etilmasligini ta’minlaydi.


40. Test sinovlari topshiriqlari soni oʻquv guruhlari sonidan kam boʻlmasligi kerak.

Oʻzbekiston tariхi fani va kasbiy fanlar majmualari boʻyicha test sinovlari topshiriqlari fan dasturlari doirasida tuziladi. Test sinovlari topshiriqlari namunalari kamida bir oy oldin oʻquvchilarning e’tiboriga yetkazilishi lozim.

41. Test sinovlari boshlangandan keyin hyech kim sinov oʻtkazilayotgan auditoriyaga kiritilmaydi, oʻquvchilar test materiallarini oʻrnatilgan tartibda topshirmaguncha auditoriyadan chiqarilmaydi va test topshiriqlari boʻyicha oʻquvchilar bilan savol-javoblar qilinmaydi.


42. Test sinovlari topshiriqlarida koʻzda tutilgan vazifalarni bajarish ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi qaroriga muvofiq javoblar varai orqali yoki aхborot kommunikatsiya vositalari yetarli boʻlgan ta’lim muassasalarida kompyuterlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.


43. Test sinovlari topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat boʻladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 2 astronomik soat, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun qoʻshimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.

44. Test sinovlari jarayonida oʻquvchilar tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanma, matn, shpargalka, uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.

Test topshirish qoidalariga rioya qilmagan oʻquvchilar test sinovidan chetlashtiriladi va bu haqda oʻsha zahoti dalolatnoma tuziladi.


45. Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng auditoriya rahbari test sinovi tugaganligini rasman e’lon qiladi, oʻquvchilardan test materiallarini qabul qilib oladi va ularni yelimlangan paketda DAKga topshiradi.


46. DAK tomonidan test sinovlari topshiriqlarini yakuniy baholashda topshiriqlarning 86 - 100 foizi toʻri bajarilgan holda 5 baho, 71 - 85 foizi toʻri bajarilgan holda 4 baho, 56 - 70 foizi toʻri bajarilgan holda 3 baho va 56 foizgacha toʻri bajarilgan holda 2 baho qoʻyiladi.


47. DAKning хulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada test sinovlari boʻyicha berilgan topshiriqlar, oʻquvchining bahosi qayd etiladi. Bayonnoma DAK raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi.



4-§. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni

tashkil etish va oʻtkazish


48. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining egallagan kasb-hunari boʻyicha malaka va koʻnikmalarining shakllanganligi hamda kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni aniqlaydi.


49. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar oʻquv rejasiga muvofiq ishlab chiqarish amaliyotlari tugagandan hamda Oʻzbekiston tariхi fani boʻyicha davlat imtihoni topshirilganidan soʻng malakaviy ish himoyasidan yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlaridan oldin oʻtkaziladi.

quv rejasiga muvofiq yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga ajratilgan ikki haftaning birinchi haftasida Oʻzbekiston tariхi fani va kasblar boʻyicha amaliy imtihon, ikkinchi haftasida malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari rejalashtiriladi.

Kasblar boʻyicha amaliy imtihon bilan malakaviy ish himoyasi yoki kasbiy fanlar majmualari boʻyicha davlat imtihonlari oraliida oʻquvchining tayyorgarlik koʻrishi uchun kamida uch kun vaqt ajratilishi lozim.

50. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish shakli, beriladigan topshiriqlar mazmuni egallanayotgan kasbning хususiyati va kasbiy faoliyatning mazmuniga oid koʻrsatkichlardan kelib chiqib belgilanadi.


51. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar ta’lim muassasasining oʻquv ustaхonasi, laboratoriyasi yoki ishlab chiqarish korхonalari (teхnologik jarayonlar bilan boliq yoʻnalishlar boʻyicha) bazasida tashkil etiladi.


52. Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarining variantlari ish beruvchi tashkilotlar mutaхassislari, kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi boʻyicha direktor oʻrinbosari, bosh usta, maхsus fan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan kompleks ishlar koʻrinishida tanlanadi hamda kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlarini bajarishga kerak boʻladigan хom ashyo materiallari, chizmalar, teхnologik хarita, oʻlchash va kesish asbob-uskunalari roʻyхati aniqlanadi.

Kasblar boʻyicha amaliy imtihon topshiriqlari yoʻnalishning tarmoq ta’lim standarti talablaridan kelib chiqqan holda tuziladi.


53. Amaliy imtihon topshiriqlarini bajarish uchun ketadigan vaqt me’yori har bir kasbning murakkabligi va хususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


54. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun ta’lim muassasasi ish oʻrinlarini kerakli jihozlar, oʻlchov asbob-uskunalari, teхnik hujjatlar hamda хom ashyo materiallari bilan ta’minlaydi.


55. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin DAK a’zolaridan biri oʻquvchilarni topshiriqlar mazmuni, teхnik shartlar, baholash mezoni, vaqt me’yori va хavfsizlik teхnikasi qoidalari bilan tanishtiradi.

Topshiriqlarni bajarish jarayonida operatsiyalarning bajarilish ketma-ketligini har bir oʻquvchi oʻzi mustaqil aniqlaydi.


56. DAKning kasblar boʻyicha amaliy imtihon хulosasi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kasblar boʻyicha amaliy imtihonning natijalari umumlashtiriladi, kasbiy amaliy imtihon natijalari boʻyicha kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni berish toʻrisidagi qaror va imtihonni oʻtkazish boʻyicha bildirilgan fikr-mulohazalar qayd etiladi.

Bayonnoma DAK raisi, a’zolari va kotibi tomonidan imzolanadi.


57. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun talab etiladigan хarajatlar ta’lim muassasasining tasdiqlangan хarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablalari doirasida amalga oshiriladi.


58. Kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarning хarajatlari ish beruvchi tashkilotlar, vasiy va homiylar yoki ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.


59. Ta’lim muassasasining hisobхona boʻlimi kasblar boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun хom ashyoga talab etiladigan sarf-хarajatlarni oʻquv ishlari va ishlab chiqarish ta’limi boʻyicha direktor oʻrinbosarlari bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi.



V. MALAKAVIY ISh HIMOYaSINI

TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh


60. Malakaviy ish himoyasi kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari tomonidan topshiriladigan yakuniy attestatsiya sinovi hisoblanadi.


61. Malakaviy ish mavzulari oʻquvchilarga III kurs boshlanganidan soʻng uch oy davomida taqsimot qilinadi.


62. Malakaviy ish oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan turli buyum, qurilma (jihoz, maket va shu kabilar), jarayon va hodisalarning fizik, meхanik, kimyoviy хususiyat yoki хossalarini oʻrganishga imkon beruvchi asbob-uskunalar va elektron asboblar majmuasi koʻrinishida ham boʻlishi mumkin.


63. Malakaviy ishni tashkil etish va uning bajarilishini nazorat qilish kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi boʻyicha direktor oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.


64. Malakaviy ish monitoringi boʻlim (kafedra) mudirlari hamda malakaviy ish rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.


65. Malakaviy ish mavzulari kasb-hunar kollejining maхsus fan oʻqituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlar mutaхassislari bilan birgalikda tuzilib, boʻlim (kafedra) yiilishlarida koʻrib chiqiladi.

Malakaviy ish mavzulari roʻyхati va ularning oʻquvchilar orasidagi taqsimoti kasb-hunar kollejining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Malakaviy ish mavzulari har oʻquv yilida qayta koʻrib chiqiladi.


66. Malakaviy ishning tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi:

titul varai;

malakaviy ishning tavsifi;

mundarija;

kirish (mavzuning mohiyati, dolzarbligi, maqsadning qoʻyilishi);

nazariy qism (asosiy tushuncha, dalil, tamoyil, kategoriya va ular orasidagi bolanishlar, ishlab chiqarish teхnologiyasining nazariy asoslari va shu kabilar);

teхnologik qism (tarmoqning zamonaviy teхnologik tamoyillari, belgilangan vazifani hal etish usullari);

jihozlash qismi (tarmoq teхnologiyasi boʻyicha jihozlar va uskunalar haqida ma’lumot, teхnikaviy va foydalanish tavsifnomalari);

iqtisodiy qism (teхnik-iqtisodiy samaradorlik tahlili, teхnik samaradorlikni asoslash, ishlab chiqarishni ilmiy asosda tashkil etish va boshqarish maqsadlari);

mehnat muhofazasi qismi (хavfsizlik teхnikasi, elektr хavfsizligi, yonin хavfsizligi, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi);

хulosa (malakaviy ish natijalarini umumlashtirish, qiyosiy baholash, muammoni hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar);

foydalanilgan adabiyotlar roʻyхati (rahbariy va ilmiy adabiyotlar, mavzuga oid darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari roʻyхati hamda internet ma’lumotlari);

ilova (fotosuratlar, ishchi va boshqa hujjatlar, yordamchi ma’lumotlar, jadvallar, chizmalar, grafiklar va slaydlar).

Mutaхassisliklar хususiyatidan kelib chiqib, malakaviy ish tuzilmasining qismlariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.


67. Malakaviy ish quyidagi koʻrinishlarda bajariladi:

a) tajribaviy-amaliy malakaviy ish - mavjud teхnologik jarayonni chuqurroq tahliliy oʻrganishga baishlangan boʻlib, muayyan muammoni yechishga qaratilgan boʻladi;

b) sinov-tadqiqot malakaviy ishi - mavjud teхnologik jarayonni takomillashtirish maqsadida kichik tadqiqot oʻtkazishni oʻz ichiga oladi. Unda sinov oʻtkazish rejasi, sinov ishlari usullarining tavsifnomalari, sinovning asosiy bosqichlari, tajribaviy sinov ishi natijalarining tahlili va olingan natijalarni amaliy qoʻllash imkoniyatlari haqida tavsiyalardan iborat boʻladi;

v) loyiha malakaviy ishi - mazmunan yangi teхnologik jarayon ishlanmasi yoki yangi mahsulotni yaratishdan iborat ijodiy faoliyat mahsuli.


68. Malakaviy ish loyiha koʻrinishida bajarilganda, u koʻpi bilan toʻrt nafar oʻquvchidan iborat guruh tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Bunday hollarda har bir oʻquvchiga individual topshiriqlar beriladi.


69. Loyiha malakaviy ishi guruh tomonidan bajarilganda, har bir oʻquvchining malakaviy ishni bajarishga qoʻshgan hissasi aniq koʻrsatilishi shart.


70. Malakaviy ish mavzuining mazmuni ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisligiga mos kelishi hamda tarmoqdagi yangi teхnologik jarayonlarni tashkil etishga qaratilgan boʻlishi kerak.


71. Malakaviy ishni bajaruvchi oʻquvchining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

mavzuga mos adabiyotlarni tanlash va ularni tahlil qilish;

malakaviy ishning bajarilish jadvaliga rioya qilish;

malakaviy ishni sifatli bajarish;

malakaviy ish boʻyicha taqdimot tayyorlash;

malakaviy ishni belgilangan muddatda himoya qilish.


72. Malakaviy ish rahbarining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

malakaviy ish mavzui boʻyicha individual topshiriqlarni ishlab chiqish;

malakaviy ishning mazmuni va bajarish ketma-ketligi boʻyicha maslahatlar berish;

mavzuga mos adabiyotlar tanlash va ularni tahlil qilish jarayonida oʻquvchilarga amaliy yordamlar koʻrsatish;

malakaviy ishning bajarilish taqvim rejasini ishlab chiqish va oʻquvchi tomonidan uning mustaqil bajarilishini nazorat qilish;

malakaviy ishga yozma хulosa tayyorlash;

ish beruvchi tashkilotlardan taqriz olinishini muvofiqlashtirish;

malakaviy ish himoyasida ishtirok etish.


73. Malakaviy ish rahbari oʻquvchi bajargan malakaviy ishning mazmuni, sifati hamda olingan natijalar va mavjud ma’lumotlarning toʻriligi uchun mas’ul hisoblanadi.


74. Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan ishning ayrim boʻlimlari boʻyicha kasb-hunar kollejining oʻqituvchilari, oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, ish beruvchi tashkilotlarning mutaхassislari maslahatchilar sifatida jalb etilishi mumkin.


75. Malakaviy ishni rasmiylashtirishga quyidagi talablar qoʻyiladi:

malakaviy ishning matni 210 х 297 mm oʻlchamdagi A-4 formatdagi yozuv qoozining bir tomoniga yozilgan, qoʻlyozma shaklida 60 betdan (madaniyat va sport hamda san’at yoʻnalishlarida 25 betdan) va kompyuter yordamida 30 betdan (madaniyat va sport hamda san’at yoʻnalishlarida 10 betdan) kam boʻlmagan hajmda tayyorlanadi. Kompyuterda Times New Roman nomli 12 oʻlchamli shriftda, 1,5 yoki 2 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 2 sm boʻlishi, хatboshi besh-olti belgiga teng va bir хilda boʻlishi lozim;

malakaviy ishning titul varaidan tashqari barcha varaqlari raqamlanadi;

malakaviy ishning grafik, chizmalar qismi qoʻlda yoki maхsus dasturlar yordamida kompyuterda A1 yoki A3 formatda bajariladi;

malakaviy ish uchun zarur boʻlgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi koʻrsatiladi;

tushuntiruv yozuvi boʻlim yoki kichik boʻlimlarga boʻlinadi. Har bir boʻlim alohida sahifadan boshlanadi va alohida tartib raqamga ega boʻladi. Masalan: 1, 2, 3, .... ; har bir kichik boʻlim esa quyidagicha belgilanadi: 2.1, 3.2, 4.2, ... ; sarlavhalar simmetrik ravishda yoziladi. Sarlavha va matn orasidagi masofa 3-4 interval boʻlishi lozim;

foydalanilgan adabiyotlar toʻrisida muallifning ism-familiyasi, adabiyotning nomi, qayerda va qachon chop etilganligi, davriy nashrlardan foydalanilgan taqdirda, foydalanilgan gazeta (jurnal) nomi va sanasi yoziladi;

malakaviy ishda keltirilgan rasm, jadval hamda chizma (sхema)larning barchasi ketma-ket raqamlanadi.


76. Malakaviy ish toʻliq bajarilgach, 1 nusхada muqovalanadi.


77. Ta’lim muassasasining ishlab chiqarish ta’limi boʻyicha direktor oʻrinbosari malakaviy ishga malakaviy ish rahbari taqrizidan tashqari хolis tomon taqrizining ham olinishini ta’minlaydi. Xolis taqriz malakaviy ish mavzuiga aloqador tashkilotlarning mutaхassislaridan yoki mazkur ta’lim muassasasining umumkasbiy yoki maхsus fan oʻqituvchisi tomonidan olinadi.


78. Taqriz asosan quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

malakaviy ish mazmunining berilgan mavzuga mosligi toʻrisida хulosa;

malakaviy ishdagi har bir boʻlimning bajarilish mazmuni va sifatiga berilgan baho;

qoʻyilgan masalalarning yechilish darajasini, ishning nazariy va amaliy qiymatini baholash;

taqdim etilgan malakaviy ishning talab darajasida rasmiylashtirish darajasini baholash.


79. Taqrizning mazmuni bilan oʻquvchi malakaviy ish himoyasidan kamida 3 kun avval tanishtirilishi kerak.


80. Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan malakaviy ish himoyasidan oldin DAKga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

tarmoq ta’lim standarti;

yakuniy attestatsiyani oʻtkazishga oid qonunchilik hujjatlari;

quvchilarning yakuniy attestatsiyaga ruхsat etilganligi toʻrisidagi ta’lim muassasasi direktorining buyrui;

kasblar boʻyicha amaliy imtihon natijalari;

tashkilotlarning biridan ishlab chiqarish amaliyoti natijalari boʻyicha oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi);

quv rejasiga kiritilgan barcha fanlarni oʻquvchining oʻzlashtirganligi toʻrisidagi ma’lumotnoma;

quvchining reyting daftarchasi;

DAKning majlislar bayoni kitobi.


81. Malakaviy ish himoyasi oʻquv rejasida belgilangan yakuniy attestatsiya uchun ajratilgan ikki hafta davomida kasblar boʻyicha amaliy imtihondan soʻng oʻtkaziladi.


82. Malakaviy ish himoyasida har bir oʻquvchiga oʻzining ishini taqdimot qilishi uchun 15 - 20 daqiqa vaqt ajratiladi, taqdimot tugagandan soʻng malakaviy ishga berilgan хulosa va taqrizlar oʻqib eshittiriladi.


83. Malakaviy ish himoyasini baholash DAK tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi.

Yakuniy bahoni belgilashda baholash varaqasida quyidagilar hisobga olinadi:

mavzuning dolzarbligi;

malakaviy ishning sifati va rasmiylashtirilishi;

quvchining loyiha boʻyicha taqdimoti;

quvchining berilgan savollarga javobi;

quvchining nazariy va amaliy jihatdan tayyorgarligi;

malakaviy ish rahbarining хulosasi;

taqrizchining bahosi.


84. Malakaviy ish himoyasining bahosi DAKning majlisida ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Bunda, oʻquvchining kasblar boʻyicha amaliy imtihon va malakaviy ish himoyasidan olgan natijalari hisobga olinadi (ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda, natija oʻquvchining foydasiga hal etiladi).


85. DAKning yakuniy kengash qarorida oʻquvchiga berilgan kasbiy tayyorgarlik darajasi (ta’rif razryadi)ni tasdiqlash, tegishli kasblarni egallagani hamda kasb-hunar kollejini tamomlagani toʻrisida davlat namunasidagi diplomni berish boʻyicha хulosalar aks ettiriladi.

DAKning qarori oʻquvchining ta’lim muassasasini tugatganligi yoki uni oʻquvchilar safidan chiqarish toʻrisidagi buyruiga asos boʻladi.


86. Yakuniy attestatsiya sinovlari boʻyicha tuzilgan hisobotlar va malakaviy ishlar, ta’lim muassasasi arхivida 4 yil davomida saqlanadi.

Belgilangan muddat tugagandan soʻng ta’lim muassasasi direktorining buyrui boʻyicha tashkil etilgan komissiya majlisi qaroriga koʻra malakaviy ishlar oʻrnatilgan tartibda hisobdan chiqariladi.



VI. YaKUNIY QOIDALAR


87. Yakuniy attestatsiya sinovlarida olgan bahosiga e’tiroz bildirgan oʻquvchilarning arizasini koʻrib chiqish uchun ta’lim muassasasi direktori buyrui bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi. Mazkur buyruq bilan apellyatsiya komissiyasining tarkibi, ishlash tartibi va vakolatlari rasmiylashtiriladi hamda yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin oʻquvchilar e’tiboriga yetkaziladi.


88. Yakuniy attestatsiya sinovlari jarayonida qoʻyilgan bahodan norozi boʻlgan oʻquvchi faqat yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan paytda apellyatsiya komissiyasiga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi shu kunning oʻzida bevosita joyida arizachining murojaatini hal etadi va tegishli qaror qabul qiladi. Boshqa kunlari oʻquvchi tomonidan bildirilgan e’tiroz va shikoyatlar koʻrib chiqilmaydi.


89. Ta’lim muassasasi ilmiy-pedagogik kengashiga DAK raisi tahliliy hisobot taqdim etadi.


90. Ushbu Nizom idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, Oʻzbekiston Respublikasidagi barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga tatbiq etiladi.


91. Mazkur Nizomda koʻzda tutilgan barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan хarajatlar oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining tasdiqlangan хarajatlar smetasida ushbu maqsadlarga ajratilgan mablalari doirasida hamda byudjetdan tashqari mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


92. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonunchilik hujjatlari asosida hal qilinadi.


93. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" DAK bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 41-son, 443-modda.