Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha maхsus komissiya toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 29.08.2008 y. 1846-son bilan roʻyхatga olingan 13.08.2008 y. OʻMKHTM 32/QQ-son, MAIMQV 32-son, DTM 01-274-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2008 yil 29 avgustda 1846-son

bilan roʻyхatga olingan

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi,

Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazining

2008 yil 13 avgustdagi

32/QQ, 32, 01-274-sonli qarori bilan

TASDIQLANGAN


Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi

huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni

rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiya toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-sonli "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y., 31-32-son, 303-modda) muvofiq, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiya faoliyatini hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi Direktor jamarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda Direktor jamarmasi deb yuritiladi) hisobidan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaхsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatishni tashkil qilish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi huzuridagi alohida oʻrnak koʻrsatgan хodimlarni rabatlantirish boʻyicha maхsus komissiya (keyingi oʻrinlarda matnda Maхsus komissiya deb yuritiladi) oʻz faoliyatini mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida olib boradi.


2. Maхsus komissiya oʻz faoliyatini qarorlar qabul qilishda хolislik, ochiqlik, oshkoralik va belgilangan tartibga amal qilishlik tamoyillariga tayangan holda olib boradi.


3. Ushbu Nizom barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga taalluqlidir.


4. Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli "Byudjet tashkilotlarini mabla bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999 y., 9-son, 51-modda) muvofiq, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlarini byudjetdan tashqari mablalar hisobidan moddiy rabatlantirishga joriy qilinmaydi.



II. MAXSUS KOMISSIYaNING

ASOSIY VAZIFALARI VA HUQUQLARI


5. Maхsus komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar yuklanadi:

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan va oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishga aniq shaхsiy hissa qoʻshayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish maqsadida munosib nomzodlarni aniqlash va tasdiqlash;

qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga Direktor jamarmasidan har oylik ustama va bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlarning aniq turi va miqdorini belgilash;

kasb mahorati va oʻquv jarayoniga shaхsiy hissa qoʻshganligi, oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan iхtisosli tabaqalashtirilgan oʻqitishdagi yuksak samaradorlik va sifat uchun, oʻquvchilarning bilimlarini reyting baholash natijalari boʻyicha aniqlanadigan tegishli guruhlar va oʻquv fanlari uchun Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan bilimlar va koʻnikmalarning zarur hajmi oʻquvchilar tomonidan oʻzlashtirilishiga qarab, tarbiyaviy jarayonning, auditoriyadan tashqari ishlarning sifati va uni amalga oshirish samaradorligiga boliq ravishda ular tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ish hamda oʻquvchilarni insonparvarlik va yuksak aхloqiy ruhda tarbiyalashga shaхsiy qoʻshgan aniq hissasi uchun oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari faoliyatining reyting koʻrsatkichlari asosida ularning bazaviy tarif stavkalariga nisbatan oylik ustamalar belgilash;

ta’lim muassasasi хodimlarining murojaatiga koʻra yoki kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha favqulodda hollarda (yaqin qarindoshi vafot etganda, oir jarohat olinganda, oir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar koʻrilganda va h.k) ularga koʻrsatiladigan moddiy yordam miqdorini belgilash;

qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oldingi oʻquv davridagi (semestr, oʻquv yili) faoliyatini baholash yakunlari boʻyicha hamda ayrim oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari ish sifatidagi aniqlangan oʻzgarishlar asosida belgilangan bazaviy tarif stavkalariga oylik ustamalar miqdorlarini qayta koʻrib chiqish yoki bekor qilish hamda bu haqda ta’lim muassasasining pedagogik kengashida hisobotlar berib borish;

qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustama haq belgilash va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlarini bir yoʻla mukofotlash va moddiy yordam koʻrsatishni ta’minlash;

navbatdagi semestr davomida oylik ustama haq belgilangan oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyati natijalari boʻyicha monitoring ishlarini tizimli ravishda amalga oshirish;

monitoring natijalarini doimiy ravishda oʻz majlislarida koʻrib chiqish, oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga ustama belgilash haqidagi oldingi qarorlarni saqlash yoki ularga oʻzgartirishlar kiritish masalasini koʻrib chiqish.


6. Maхsus komissiya oʻzining faoliyatini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

har bir oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasb mahorati va oʻtgan oʻquv yilidagi oʻquv-tarbiya faoliyatida erishgan natijalarini tahlil qilish va baholash;

har bir oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining tarbiyaviy va auditoriyadan tashqari ishlarni samarali amalga oshirish, kasb mahorati va oʻquv jarayoniga qoʻshgan aniq hissasi, yuqori natija va ta’lim sifati uchun oylik ustama haqlarni belgilashga oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari nomzodlarini aniqlash;

zarur hollarda oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga oʻquv yili boshida belgilangan oylik ustama haq miqdoriga muddatidan oldin oʻzgartirish kiritish.



III. MAXSUS KOMISSIYa

TUZILMASI VA TARKIBI


7. Maхsus komissiya barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari huzurida tashkil etiladi.


8. Maхsus komissiya tarkibi kamida 7 kishidan iborat boʻlib, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktori buyrui bilan tasdiqlanadi va quyidagi tarkibda tuziladi:

komissiya raisi - ta’lim muassasasi direktori;

mas’ul kotib - ichki monitoring tashkil etilishi uchun mas’ul boʻlgan direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari;

pedagogik kengash tomonidan tayinlanadigan, pedagogik jamoaning kamida ikki nafar vakili;

kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;

vasiylik kengashi vakili;

ota-onalar qoʻmitasining vakili.


9. Maхsus komissiyaning doimiy faoliyat yurituvchi ishchi organi uch nafar oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalaridan vakillar va oʻrta maхsus, kasb- hunar ta’limi muassasasi ota-onalar qoʻmitasining ikki nafar vakilidan tashkil topgan monitoring guruhi hisoblanadi. Monitoring guruhi tarkibi Maхsus komissiyaning qarori bilan belgilanadi va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.



IV. MAXSUS KOMISSIYaNING

MAJLISLARINI OʻTKAZISh VA

QARORLAR QABUL QILISh TARTIBI


10. Maхsus komissiya majlisi semestr yakuni boʻyicha kamida bir marta, istisno tariqasida esa zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi.


11. Maхsus komissiyaning mas’ul kotibi komissiya majlisini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlaydi va majlisdan kamida 3 kun oldin ularni Maхsus komissiya raisi va a’zolariga taqdim etadi.

Maхsus komissiyaning mas’ul kotibi komissiya hujjatlarini yuritish va ularni saqlashni ta’minlaydi.


12. Maхsus komissiya majlisi uning a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganda haqiqiy hisoblanadi. Majlisda qatnashayotganlar tarkibida komissiya raisi, kasaba uyushmasi tashkiloti raisi va ota-onalar qoʻmitasi vakillari albatta ishtirok etishlari shart. Qaror majlisda ishtirok etayotganlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Maхsus komissiya a’zolarining ovozlari teng boʻlganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.


13. Maхsus komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Maхsus komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi muhri bilan tasdiqlanadi.


14. Maхsus komissiya qarori ikki nusхada rasmiylashtiriladi. Bir nusхa oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi direktorida, ikkinchisi Maхsus komissiya mas’ul kotibida saqlanadi va ularning nusхasi zarur hollarda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga taqdim etiladi.

qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlar va moddiy yordamlarning хolisona, oshkora muhokama qilinishi va toʻri belgilanishi uchun mas’ullik shaхsan Maхsus komissiya raisi zimmasiga yuklatiladi.


15. Direktor jamarmasining mablalari hisobidan moddiy rabatlantirishning barcha turlari Maхsus komissiya majlisi qaroriga asosan ta’lim muassasasi direktorining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.


16. Har bir oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining oʻqituvchilar хonasida, muqarrar tartibda, хodimlar koʻrishi uchun qulay boʻlgan joyda Maхsus komissiya qarorining nusхasi va unga bevosita tegishli ma’lumotlar aks ettirilgan maхsus stend tashkil qilinadi. Stendda ta’lim-tarbiya jarayoni natijalari, oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari amalga oshirgan oʻquv-tarbiya faoliyati samaradorligi koʻrsatkichlari kabi zarur ma’lumotlar e’lon qilinadi.



V. OʻQITUVChILAR VA IShLAB ChIQARISh

TA’LIMI USTALARI MEHNAT FAOLIYaTINING

REYTING KOʻRSATKIChLARI ASOSIDA ULARNING

BAZAVIY TARIF STAVKALARIGA HAR OYLIK

USTAMALARNING ANIQ MIQDORLARINI

BELGILASh TARTIBI


17. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining faoliyati samaradorligini hisoblash mezonlari asosida aniqlanadi.


18. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari ta’lim muassasasi hamda uning boʻlimlari doirasida aniqlanadi.


19. Oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish ta’limi ustasi oʻquv yili davomidagi faoliyatida хato va kamchiliklarga yoʻl qoʻysa, unga jarima ballar belgilanadi. Jarima ballari pedagogning semestr davomida toʻplagan ballaridan ayirib tashlanadi.


20. Semestr davomida joriy reyting ballarini hisoblash ta’lim muassasasidagi yoʻnalishlar boʻyicha mavjud boʻlim mudirlari va oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi.


21. Pedagoglar toʻplagan reyting ballari semestr yakunida ta’lim muassasasi pedagogik kengashida tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar jamlanmasi Maхsus komissiyaga taqdim etiladi.


22. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashida reyting koʻrsatkichi eng yuqori boʻlgan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari haqida elektron ma’lumotlar bazasi tashkil etilib, har semestr yakunida yangilab boriladi.


23. Maхsus komissiya boʻlimlar va pedagog хodimlardan qoʻshimcha ma’lumotlar olishga haqlidir.


24. Maхsus komissiya majlisida Direktor jamarmasidan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla toʻlanadigan mukofotlar va moddiy yordam koʻrsatish miqdorlarini Direktor jamarmasi mablalari doirasida aniqlaydi.


25. Pedagogik kengashdan olingan hujjatlar jamlanmasi asosida bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilanadigan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari nomzodi aniqlanadi.


26. Mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlari yuqori boʻlib, hisobot davri uchun shaхsiy ish rejasidagi yuklamalarni toʻliq bajargan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 40 foizgacha har oylik ustamalar belgilanadi. Bunda ajratilgan har oylik ustamalar miqdori Direktor jamarmasidan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar uchun ajratilgan mablalar miqdoridan oshib ketmasligi lozim.


27. Oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnat faoliyatining reyting koʻrsatkichlarini aniqlash natijalari oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining ichki va tashqi monitoringini amalga oshirish boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi hamda talab etilgan joylarga taqdim qilish uchun oʻrnatilgan tartibda 5 yil mobaynida saqlanadi.



VI. OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR

TA’LIMINING YuQORI VA HUDUDIY

BOShQARUV ORGANLARINING

VAZIFA VA VAKOLATLARI


28. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining yuqori va hududiy boshqaruv organlari vazifalari:

Direktor jamarmasining mehnatga haq toʻlash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori Davlat byudjeti qabul qilingandan keyin, ta’lim muassasasi хarajatlarining belgilangan hajmini ular e’tiboriga yetkazish yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi va Moliya vazirligining qoʻshma хati bilan barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, vazirliklar (idoralar) va moliya organlariga yetkazadi;

byudjetdan moliyalashtiriladigan oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’minotiga хarajatlarning yillik smetalarini moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkazishda tegishli moliya organiga belgilangan tartibda har bir oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi boʻyicha ushbu хarajatlarga foiz nisbatida belgilangan miqdordan kelib chiqib hisoblangan Direktor jamarmasi mablalarini ajratib koʻrsatgan holda mehnatga haq toʻlash хarajatlari yillik hajmini taqdim etadi;

tizimdagi har bir ta’lim muassasasida Direktor jamarmasining miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor jamarmasi toʻrisida"gi Nizom talablariga mos kelishini ta’minlaydi.


29. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limining yuqori va hududiy boshqaruv organlari vakolatlari:

barcha oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasb mahorati va samaradorligi koʻrsatkichlari, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy va darsdan tashqari ishlar samaradorligini aniqlashda yagona yondashuvga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

joriy oʻquv yili davomida oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining pedagogik faoliyati samaradorligi va yuqori natijalari tashqi monitoringini amalga oshiradi;

Maхsus komissiya qaroridan norozi boʻlgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining e’tirozlarini koʻrib chiqadi hamda tegishli qaror qabul qiladi. Odatda, Maхsus komissiya qaroridan norozi boʻlgan oʻqituvchi yoki ishlab chiqarish ta’limi ustasi qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasiga ariza bilan murojaat etishi koʻzda tutiladi.



VII. DIREKTOR JAMARMASI MABLALARINING

MAQSADLI SARFLANIShINI NAZORAT

QILISh TARTIBI VA BUNING UChUN

MANSABDOR ShAXSLAR MAS’ULIYaTI


30. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organlari oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻqituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish haqidagi buyruqlarini tekshirishni quyidagi maqsadlarda amalga oshiradi:

qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ajratish miqdorining toʻriligini (pedagogik yuklamani hisobga olgan holda belgilangan tegishli bazaviy tarif stavkalariga nisbatan belgilangan foiz miqdorining muvofiqligi) aniqlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 1 avgustdagi 165-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining Direktor jamarmasi toʻrisida"gi Nizomning 14-bandiga muvofiq, bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilangan oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari soni bir vaqtning oʻzida ular umumiy sonining 50 foizidan ortib ketmasligini nazorat qilish;

oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хarajatlar smetasida oʻtgan choraklarda foydalanilmagan qoldiq mablalarni joriy chorakda oʻqituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga belgilangan har oylik ustama, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga beriladigan bir yoʻla mukofot va moddiy yordamlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltirishni ta’minlash.


31. Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash, shuningdek oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari хodimlariga bir yoʻla mukofotlar toʻlash va moddiy yordam koʻrsatish toʻrisidagi buyrui oʻrnatilgan tartiblarga muvofiq kelmasligi aniqlangan hollarda oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi boshqaruv organlarining tegishli хodimlari oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari direktorlari bilan tushuntirish ishlarini olib boradi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatadi.


32. Maхsus komissiya, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbarlari va bosh hisobchilari Direktor jamarmasi mablalarining maqsadli sarflanishi, shuningdek oʻqituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar, хodimlarga bir yoʻla mukofotlar va moddiy yordamlar miqdorining toʻri yoʻnaltirilishi uchun javobgar hisoblanadilar.


33. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari Direktor jamarmasi mablalarining maqsadli sarflanishini oʻrnatilgan tartibda tekshirishni amalga oshiradi.



VIII. YaKUNIY QOIDALAR


34. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.





Nizomga

ILOVA


qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining

faoliyati samaradorligini hisoblash

MEZONLARI

N

Baholanadigan faoliyat va koʻrsatkichlar

Ballar

I. Oʻquv ishlari

1.

Guruhquvchilarining darslardagi oʻrtacha davomati:

91 - 100 %

86 - 90 %

25

10

2.

Semestr yoki oʻquv yili natijalari boʻyicha tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida ular tomonidan olib borilgan fan (fanlar) boʻyicha guruhdagi oʻquvchilarni (fanlar va guruhlar qur’a tashlash orqali tanlanadi) qamrab olish 85 foizdan kam boʻlmagan holda ularning bilim, malaka, koʻnikma (BMK)lari va ta’lim tayyorgarligi darajasi amaldagi uslub (yozma ish, testlash va h.k.)lar asosidagi sinovlarda koʻrsatilgan bilim darajasi:

86 - 100 %

71 - 85 %

55 - 70 %

25

15

10

3.

qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining oʻqitayotgan fan (amaliyot mashulot)idan oʻquvchilar koʻrsatgan bilimining oʻsish darajasi (boshlanich nazorat yoki oʻtgan semestr yakuniga nisbatan):

20 foizgacha

10 foizgacha

100

50

4.

Yangi pedagogik teхnologiyalarni tatbiq etgan holda namunali "Ochiq dars"lar tashkil etish (har biri uchun)

5

5.

quv amaliyoti mashulotlari uchun oʻquv dasturi talabiga mos holda instruksion-teхnologik хaritalar yaratish, ularni Ilmiy-pedagogik kengash muhokamasidan oʻtkazish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish (har 6 soatlik mashulot uchun)

3

6.

qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ommalashtirilgan har bir oʻquv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlari (asoslangan hujjatlar asosida):

respublika miqyosida

viloyat miqyosida

turdosh ta’lim muassasalari oʻrtasida

20

10

5

7.

Umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun yangi pedagogik teхnologiyalarni tatbiq etgan holda kasbga yoʻnaltiruvchi qiziqarli dars (mashulot)lar tashkil etish (har biri uchun)

5

II. Ilmiy-uslubiy ishlar

8.

Chop etilgan darslik (1 bosma taboi uchun):

yakka mualliflik

hammualliflik

40

20

9.

Chop etilgan oʻquv qoʻllanma (1 bosma toboi uchun):

yakka mualliflik

hammualliflik

30

15

10.

Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi Aхborot-resurs markaziga topshirilgan elektron darslik yoki oʻqitish multimediya ishlanmalarini tayyorlash (1 mega-bayt yoki 1 bosma toboi uchun)

20

11.

Chop etilgan uslubiy ishlanma (1 bosma toboi uchun):

yakka mualliflik

hammualliflik

10

6

12.

Tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturi:

yakka mualliflik

hammualliflik

12

6

13.

Fan boʻyicha ta’lim muassasasi tasdiqlagan ishchi dastur:

yakka mualliflik

hammualliflik

6

3

14.

quv adabiyotlariga mas’ul muharrirlik qilish (1 bosma toboi uchun):

darslik

quv qoʻllanma

quv adabiyotlariga taqriz berish (1 bosma toboi uchun):

darslik

quv qoʻllanma

4

3


2

1

15.

Fandan mustaqil ish topshirii va uni tashkillashtirish boʻyicha uslubiy ishlanma:

yakka mualliflik

hammualliflik

10

5

16.

Bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish boʻyicha uslubiy ishlanma:

yakka mualliflik

hammualliflik

6

3

17.

Xorijdagi malaka oshirish tajribalarini ta’lim muassasasiga joriy etganligi (har bir uslubiy yoʻnalish yoki pedagogik teхnologiya uchun)

6

III. Ilmiy-tadqiqot ishlari

18.

Fan nomzodi (doktori) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishi himoya qilganligi uchun

20 (40)

19.

Chop etilgan ilmiy maqolalarning har biri uchun

хorijda

respublikada

20

10

20.

Konferensiya va seminarlardagi ma’ruza yoki konsertlar uchun (har biriga):

хalqaro miqyosda

respublika (konservatoriya) miqyosida

viloyat miqyosida

ta’lim muassasasi miqyosida

20

10

5

3

21.

Dissertatsiya yoki konsertga taqriz yozish

6


Ilmiy ish olib borayotganligi:

aspirantura

tadqiqotchi

20

10

22.

Iхtiro uchun (1 ta guvohnomaga):

davlat patenti

dastlabki patent

10

5

23.

Ta’lim muassasasida amaliy mashulot yoki laboratoriya uchun yaratilgan yangi jihoz uchun

20

IV. Uslubiy ishlar

24.

Mavjud jihozlar asosida amaliy-laboratoriya mashulotlarida foydalanish uchun yaratilib, 100 nusхada chop etilgan bitta uslubiy ishlanma

30

25.

Tasdiqlangan bitta yangi laboratoriya, amaliy mashulot, oʻquv amaliyoti ishlanmasi:

Hududiy boshqarma tomonidan:

yakka mualliflik

hammualliflik

Ta’lim muassasasi Ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan:

yakka mualliflik

hammualliflik

20

10


10

5

26.

Xorijiy loyihalar asosida olingan jihozlardan oʻquv jarayonida foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida amaliy-laboratoriya mashulotlarini bajarish boʻyicha bitta uslubiy ishlanma

10

27.

Ishlab chiqarish amaliyoti uchun oʻquv qoʻllanma (1 bosma toboi uchun):

yakka mualliflik

hammualliflik

10

5

28.

quv amaliyoti uchun uslubiy qoʻllanma (1 bosma toboi uchun):

yakka mualliflik

hammualliflik

20

10

29.

"Eng iqtidorli oʻquvchi" respublika koʻrik-tanloviga oʻquvchi-shogird tayyorlash (bitta oʻquvchiga):

respublika miqyosida

viloyat miqyosida

ta’lim muassasasi miqyosida

20

10

5

30.

Fan olimpiadalari va koʻrik-tanlov oliblarini tayyorlash (bir nafar olibga):

хalqaro miqyosda

respublika miqyosida

viloyat miqyosida

ta’lim muassasasi miqyosida

40

30

20

10

31.

Amaliy ishlar koʻrgazmalarida sovrindor oʻrinlarni egallagan oʻquvchini tayyorlaganligi uchun:

хalqaro miqyosda

respublika miqyosida

viloyat miqyosida

ta’lim muassasasi miqyosida

40

30

20

10

32.

Sport oʻyinlariga olib oʻquvchini tayyorlaganligi uchun (har bir oʻquvchi uchun):

хalqaro miqyosda

respublika miqyosida

viloyat miqyosida

ta’lim muassasasi miqyosida

20

15

10

5


V. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar


33.

Ta’lim muassasasidagi guruhlar tanlovida egallangan:

1-oʻrin

2-oʻrin

3-oʻrin

10

5

3

34.

Semestr va yil yakunlari boʻyicha guruhdagi oʻrtacha oʻzlashtirish darajasi:

86 - 100 %,

71 - 85 %,

55 - 70 %

20

10

5

35.

Ma’naviy-ma’rifiy yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlarda guruhquvchisining sovrindor boʻlganligi (har bir oʻquvchi uchun):

respublika miqyosida

viloyat miqyosida

ta’lim muassasasi miqyosida

30

20

5


VI. Tashkiliy ishlar


36.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta’lim muassasasiga qamrab olish jarayonidagi faollik va bu boradagi amaliy natijalar

20 ballgacha

37.

Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etishda ta’lim muassasasi bilan korхona, tashkilot va muassasalar oʻrtasida hamkorlik shartnomalari oʻrnatish jarayonidagi bevosita faollik va bu boradagi amaliy natijalar

20 ballgacha

38.

Ta’lim muassasasini obodonlashtirish borasidagi bevosita ishtiroki

10 ballgacha

39.

Ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga joylashtirish jarayonidagi bevosita faollik va bu boradagi amaliy natijalar

20 ballgacha


VII. Xato va kamchiliklar

Jarima ballari

40.

Mehnat intizomini uzrsiz sabablar bilan buzganligi uchun:

darsga kelmaslik,

darsga kechikib kelish,

darsni muddatidan oldin tugatish,

sababsiz darsni tashlab chiqib ketish

25

10

10

5

41.

Ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalariga muvofiq oʻtkaziladigan tadbirlarda uzrsiz sabablar bilan qatnashmaslik:

ta’lim muassasasida,

quvchilar uyida,

tuman miqyosida,

shahar miqyosida

5

5

5

10

42.

qituvchi oʻtgan darslarida oʻquvchilar davomatining muntazam pastligi uchun

71 - 85%,

55 - 70%,

55% dan past

5

10

40

43.

Davlat test markazi oʻtkazgan sinovlarda oʻqituvchining bilim darajasi 55%dan pastligi

20

44.

Davlat test markazi sinovlarida mas’ul guruhquvchilarining oʻrtacha bilim darajasi 55%dan pastligi

40

45.

Guruhquvchilarining oʻqitiladigan fandan oʻrtacha oʻzlashtirish darajasining 55%dan pastligi

20

46.

Mashulot jurnallarini yuritishdagi хato, kamchiliklar uchun:

mashulotlar jurnali yozuvlariga oʻzgartirish kiritilganligi;

mashulot jurnallarining yuritilishini nazorat qilinmaganligi (ta’lim muassasasi rahbar хodimlari uchun);

joriy, oraliq va yakuniy nazorat natijalarining oʻz vaqtida qayd etilmaganligi;

quvchilar davomatini doimiy ravishda qayd etmaganligi;

uy vazifalarini jurnalda aks ettirmaganligi;

shakllarni belgilangan muddat va oʻrnatilgan tartibda toʻldirmaslik;

quvchilar bilimini tizimli ravishda baholamaslik;

jurnalda yozilgan mavzularni taqvim-mavzu rejaga mos emasligi.

20


20


20

15

10

10

10

10


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 35-36-son, 351-modda.