Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazining 04/QQ-son, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 01-76-son, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 01/1184-son "Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 24.03.2005 y. Qarori (AV tomonidan 28.03.2005 y. 1461-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

28.03.2005 y.

N 1461

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-

HUNAR TA’LIM MARKAZINING

24.03.2005 y.

N 04/QQ


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

DAVLAT TEST MARKAZINING

24.03.2005 y.

N 01-76

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY

MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING

24.03.2005 y.

N 01/1184

QARORI


Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari

va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni

egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

(2005 yil 7 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 28 fevraldagi R-2146-sonli Farmoyishining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi QAROR QILADI:


1. Professional ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va muhandis-pedagog kadrlarining boʻsh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2002 yil 3 yanvardagi 3, 19 va 19-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va oʻqituvchilarning boʻsh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish toʻrisida"gi nizom (2002 yil 4 yanvar, roʻyхat raqami 1093) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.



Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

Oʻrta maхsus, kasb-hunar

ta’lim markazi direktori v.v.b.                                 X. Masudov



Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Davlat test markazi direktori                                    B. Ismailov



Mehnat va aholini ijtimoiy

muhofaza qilish vaziri                                                  O. Obidov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 12-13-son, 96-modda.