Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.03.2009 y. 77-son "Vazirlar Mahkamasining "2005 - 2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻgʻrisida" 2004 yil 22 noyabrdagi 548-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.03.2009 y.

N 77


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"2005 - 2009 YILLARDA UMUMTA’LIM

MAKTABLARI UChUN DARSLIKLAR VA

QUV-METODIK QOʻLLANMALAR NAShR

ETISh DASTURI TOʻRISIDA" 2004 YIL

22 NOYaBRDAGI 548-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA



Davlat ta’lim standartlari talablariga javob beradigan oʻquv adabiyotlari va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, nashr etish va ta’lim muassasalarini ular bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "2005 - 2009 yillarda umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻrisida" 2004 yil 22 noyabrdagi 548-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 11-son, 107-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar хarid qilish yuzasidan tanlov savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 19 martdagi

77-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "2005 - 2009 yillarda

umumta’lim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik

qoʻllanmalar nashr etish dasturi toʻrisida" 2004 yil

22 noyabrdagi 548-son qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"3. Belgilab qoʻyilsinki:

umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun yangi darsliklar va oʻquv-metodik komplekslar yaratish, ularni nashr etishga hamda qayta nashr etishga davlat buyurtmasini joylashtirish tender (tanlov) asosida amalga oshiriladi;

umumiy oʻrta ta’lim ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni хarid qilish va yetkazib berish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamarmasidan mablalar ajratish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan, akademik litseylar uchun - Respublika byudjeti mablalari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan, kasb-hunar kollejlari uchun esa - mahalliy byudjetlar mablalari hisobiga oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi".


2. Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomda (5-ilova):

a) 1-banddagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

b) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"2. Mazkur Nizomning amal qilishi umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni keyingi oʻrinlarda oʻquv adabiyotlari deb ataladi) nashr etishda va qayta nashr etishda tender savdolari oʻtkazishga tatbiq etiladi.

Darsliklar, qoʻshimcha, oʻquv, metodik va ma’lumotnoma adabiyotlar va ish daftarlariga oʻquv adabiyotlari sifatida qaraladi".

v) 3-bandning birinchi хatboshidagi va 4-banddagi "nashr etishda" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etishda" soʻzlari qoʻshilsin;

g) 5-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Nashr etish va qayta nashr etish uchun tender savdolari faqat ular boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori va huquq egalarining (mualliflar va mualliflar jamoalarining, shuningdek oʻquv adabiyotlarining original-maketi uchun huquqlarga ega boʻlgan nashriyotlarning) roziligi mavjud boʻlgan oʻquv adabiyotlariga e’lon qilinishi mumkin";

quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Tender savdolari olibi boʻlgan muallifga mukofot toʻlash va oʻquv adabiyotining original-maketini tayyorlash uchun tasdiqlangan хarajatlarni nashriyotga toʻlash Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi";

d) 6-bandda:

uchinchi хatboshidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "nashr etishga" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etishga" soʻzlari qoʻshilsin;

ye) 8-banddagi va 11-bandning birinchi хatboshidagi "nashr etishga" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etishga" soʻzlari qoʻshilsin;

j) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"14. Tender takliflarini ekspertizadan oʻtkazish va baholashni tashkil etish uchun tender komissiyasi tomonidan teхnik va tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhlari tayinlanadi.

Teхnik baho boʻyicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolaridan yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, oʻquv adabiyotlari yaratish va chiqarish hamda kitob nashr etish teхnologiyasi sohasida vakolatli boʻlgan kamida besh nafar mutaхassisdan iborat tarkibda tuziladi.

Tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhi tender komissiyasi a’zolari yoki mustaqil maslahatchilar orasidan, bank-moliya, yuridik va boshqa sohalarda vakolatli boʻlgan kamida besh nafar mutaхassisdan, shuningdek buyurtmachining vakillaridan iborat tarkibda tuziladi";

z) 18-bandga quyidagi mazmundagi хatboshi qoʻshilsin:

"Ilgari tuzilgan kontraktlar boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni zarur darajada bajarmagan oferentlar toʻrisidagi aхborot";

i) 23-bandda:

toʻrtinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"davlat buyurtmasining butun hajmini bajarish uchun zarur boʻlgan oʻzining yoхud shartnoma asosida foydalanayotgan ishlab chiqarish bazasining, mehnat resurslarining va malakali mutaхassislarning mavjudligi";

beshinchi хatboshidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

yettinchi хatboshidagi "nashr etishning" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etishning" soʻzlari qoʻshilsin;

k) 25-bandning oltinchi хatboshidagi va 27-bandning birinchi хatboshidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

l) 33-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

m) 35-bandning uchinchi хatboshidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

n) 36-banddagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

o) 45-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"45. Teхnik takliflar oʻrganish, tahlil qilish va baholash uchun teхnik baho boʻyicha baholash guruhiga beriladi. Takliflarni baholashda qatnashchining malakasi, oʻquv adabiyotlari namunalari parametrlarining belgilangan sanitariya qoida va normalariga, davlat standartlariga, shuningdek teхnik talablarga va buyurtmachi tomonidan belgilangan spetsifikatsiyaga muvofiqligi majburiy tartibda hisobga olinadi";

p) 52-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"52. Tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhi oferentlarning tender taklifini oʻrganadi va oʻquv adabiyotlariga taklif etilayotgan qiymatni (narхni) hamda chegirishlar miqdorlarini, oferentlarning kafolatli majburiyatlari shartlarini va moliya-iqtisodiy koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadi";

r) Umumiy oʻrta va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni nashr etish yuzasidan tender savdolari oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga ilovada:

ilova nomidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;

birinchi bosqichda:

"Tadbirlar" ustunidagi 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"1. Oʻquv adabiyotlarini nashr etish va qayta nashr etishni moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aniqlash";

"Bajarish muddatlari" ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Hukumat komissiyasi tomonidan qaror qabul qilingandan keyin bir oy muddatda";

beshinchi bosqichning "Tadbirlar" ustuni 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Teхnik va tijorat bahosi boʻyicha baholash guruhlarini tashkil etish";

oltinchi bosqichning "Sub’yektlar" ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Teхnik baho boʻyicha baholash guruhi";

sakkizinchi bosqichning "Sub’yektlar" ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Tijorat narхi boʻyicha baholash guruhi";

oʻn birinchi bosqichning "Tadbirlar" ustunidagi "nashr etish" soʻzlaridan keyin "va qayta nashr etish" soʻzlari qoʻshilsin;



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 13-son, 142-modda.