Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.05.2000 y. 208-son "Oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratish boʻyicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasini tuzish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.05.2000 y.

N 208




QUV DASTURLARI, DARSLIKLAR

VA OʻQUV QOʻLLANMALARINI QAYTA

KOʻRIB ChIQISh VA YaNGILARINI YaRATISh

BOʻYIChA RESPUBLIKA MUVOFIQLAShTIRISh

KOMISSIYaSINI TUZISh TOʻRISIDA


Yosh avlodni milliy mafkura va istiqlol royalari ruhida tarbiyalash, uzluksiz ta’lim tizimiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni izchil joriy etish uchun ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi mavjud oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv adabiyotlarini zamonaviy talablar asosida qayta koʻrib chiqish va yangilarini yaratishni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi quyidagilarning amalga oshirilishini ta’minlasin:

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida maktabgacha, umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari uchun ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishdagi mavjud oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv adabiyotlarini milliy mafkura tamoyillari va zamon talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqish;

jamiyatning turli toifalariga moʻljallangan ilmiy-ommabop risolalar, toʻplamlar yaratish boʻyicha tavsiyalar berish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Fan va teхnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Respublika komissiyasi tavsiyasiga koʻra yaratilayotgan darslik va oʻquv adabiyetlari uchun grantlar ajratsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta, maхsus ta’lim vazirligi, Fan va teхnika davlat qoʻmitasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar yaratilgan oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv adabiyotlarining oʻz vaqtida nashr etilishi va oʻquv jarayoniga toʻla joriy etilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlangan va amalda qoʻllanilayotgan davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga Respublika komissiyasi ishlab chiqqan talablar asosida tegishli oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish haqida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar bersin,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tajriba-sinovdan oʻtayotgan va loyiхa sifatida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlariga Respublika komissiyasi ishlab chiqqan talablar asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat test markazi tasarrufida ta’lim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda "Kafedra toʻrisida nizom"ni qayta koʻrib chiqsinlar hakda "Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi toʻrisida nizom"ni ishlab chiqsinlar va ularni belgilangan tartibda tasdiqlab, amalga oshirsinlar;

ikki oy muddatda oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy-gumanitar kafedralar mudirlarini va bosqichma-bosqich professor-oʻqituvchilar tarkibini. Ma’naviyat va mustaqillik mafkurasi asosida attestatsiyadan oʻtkazsinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Respublika komissiyasi buyurtmasiga muvofiq davlat byudjetida darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish va nashr etish uchun rejalashtirilgan mablalar doirasida modiyalashtirishni ta’minlasin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                          I. Karimov