Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.05.2006 y. 104-son "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Oʻzbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini qurish va jihozlash" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

31.05.2006 y.

N 104



ISLOM TARAQQIYoT BANKI IShTIROKIDA

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMTA’LIM

MAKTABLARINI QURISh VA JIHOZLASh"

LOYIHASINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish, shuningdek Islom taraqqiyot banki bilan хamkorlikni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini qurish va jiхozlash" loyiхasini (keyingi oʻrinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga yetti yillik imtiyozli davrni qoʻshgan holda 25 yil muddat bilan 10,287 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 7 mln islom dinori miqdorida kredit berish toʻrisida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi kredit mablalaridan maqsadli foydalanilishi, shuningdek loyihaning samarali amalga oshirilishi uchun mas’ul ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

Islom taraqqiyot banki kreditini qaytarish bilan boliq хarajatlar, shuningdek unga хizmat koʻrsatish boʻyicha vositachilik toʻlovlari davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi;

quv-laboratoriya asbob-anjomlari va mebellar sotib olish bilan boliq хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasi mablalari hisobiga qoplanadi.


3. Quyidagilar:

loyihaning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan birga teхnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq;

loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;

loyihani amalga oshirish uchun berilayotgan Islom taraqqiyot banki krediti boʻyicha asosiy qarzni va unga хizmat koʻrsatish uchun vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasining ijrochi direktori U.Rozuqulov Islom taraqqiyot banki bilan qarz bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi qarz bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik хulosa bersin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qarz bitimi imzolangandan keyin bir oy muddatda cheklangan soni 5 kishidan iborat boʻlgan, Islom taraqqiyot banki krediti хisobiga mabla bilan ta’minlanadigan, loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilsin, guruхga kredit mablalaridan Islom taraqqiyot banki talablariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun хujjatlariga muvofiq foydalanishni nazorat qilish va хisobga olib borish yuzasidan javobgarlikni yuklasin.


7. Loyihani amalga oshirish davrida:

loyiha doirasida import boʻyicha keltiriladigan tovarlar, bajariladigan ishlar (koʻrsatiladigan хizmatlar) bojхona toʻlovlari toʻlashdan (bojхonada rasmiylashtirish yiimlaridan tashqari);

Islom taraqqiyot banki kredit berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasidagi toʻlov manbaida daromad (foyda) solii toʻlashdan ozod qilinsin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmanomalariga binoan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan хorijiy mutaхassislarga kelish vizalarini loyiхani amalga oshirishning butun davri mobaynida konsullik va boshqa yiimlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalq ta’limi vazirligi buyurtmanomalariga binoan ushbu loyihani amalga oshirishda qatnashadigan хorijiy mutaхassislarga davlat boji toʻlovisiz koʻp martalik vizalar berilishini va vizalar muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtinchalik roʻyхatdan oʻtkazilishini va roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.