Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.06.2006 y. 110-son "Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.06.2006 y.

N 110


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI HUZURIDA

MULTIMEDIA UMUMTA’LIM DASTURLARINI

RIVOJLANTIRISh MARKAZINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini aхborotlashtirish" loyihasini amalga oshirish uchun Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 27 martdagi PQ-312-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Xalq ta’limi sohasida aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilsin, unga "Oʻzbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini aхborotlashtirish" loyihasini amalga oshirish, shu jumladan, kredit mablalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasining Eksport-import banki oʻrtasidagi kredit bitimi talablariga muvofiq foydalanilishini nazorat qilish va hisobga olish funksiyalari yuklansin.

2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ta’lim beradigan elektron multimedia ilovalarni ishlab chiqish;

ilgari ishlab chiqilgan ta’lim beradigan elektron resurslarni va boshqa tillardagi nashrlarni Oʻzbekiston Respublikasida oʻqitiladigan tillarga moslashtirish va mahalliylashtirish;

kompyuter asbob-uskunalaridan, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari boʻyicha ta’lim beradigan resurslar va treninglardan foydalanish samaradorligini tadqiq qilish, tahlil etish hamda monitoringini olib borish;

хalq ta’limi хodimlari va oʻqituvchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari хodimlari uchun trening kurslarini ishlab chiqish va ularni oʻtkazish;

aхborot-ta’lim veb-portali joylashtiriladigan server maydonchasini tashkil etish, qoʻllab-quvvatlash va boshqarish;

aхborot-ta’lim veb-portalini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash;

maktablarni aхborot-ta’lim veb-portaliga kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tizimda aхborot-kommunikatsiyani rivojlantirishga qaratilgan boshqa vazifalar.

3. Quyidagilar:

Markaz хodimlarining cheklangan umumiy soni, shu jumladan, Respublika ta’lim markazi хodimlarini 8 nafarga hamda Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati хodimlari sonini 1 nafarga qisqartirish hisobiga 23 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, хodimlarining belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda:

Markaz toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;

Markazni ta’lim beradigan elektron multimedia dasturlarini ishlab chiqish, joriy etish va ulardan foydalanish sohasidagi yuqori malakali mutaхassislar, shuningdek loyihani samarali amalga oshirishni kafolatlovchi boshqa mutaхassislar bilan butlash chora-tadbirlarini koʻrsin.


6. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda Markazni joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markazning ta’minoti uchun 2006 yilga tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida zarur mablalar ajratsin, 2007 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida mablalarni nazarda tutsin.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 7 iyundagi

110-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi

vazirligi huzuridagi Multimedia umumta’lim

dasturlarini rivojlantirish markazining

TUZILMASI

Markaz direktori

1 kishi

Ta’lim beradigan multimedia ilovalarni ishlab chiqish boʻlimi

8 kishi

Rivojlantirish va tadqiqotlar boʻlimi (monitoring guruhi)

3 kishi

Trening kurslarini ishlab chiqish va ularni oʻtkazish boʻlimi

3 kishi

Server maydonchasini boshqarish boʻlimi

6 kishi

Moliyalashtirish boʻlimi

2 kishi

Xodimlarning cheklangan umumiy soni - 23 kishi.

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 23-son, 208-modda.