Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.08.2004 y. PF-3481-son "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

29.08.2004 y.

N PF-3481



OʻZBEKISTON BOLALAR SPORTINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish bilan bevosita boliq holda rivojlantirish masalalarida ishlarni aniq muvofiqlashtirishni ta’minlash hamda yagona davlat siyosatini oʻtkazish maqsadida:


1. Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Markaziy ijroiya apparatini 2004 yil 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qaramoiga oʻtkazish toʻrisida Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi Homiylar kengashi va muassislarining taklifi qabul qilinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasining Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari Jamarma Markaziy ijroiya apparatiga bevosita boʻysunadilar va ayni vaqtda хalq ta’limining tegishli hududiy organlariga hisobot beradilar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-3154-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasi uchun belgilab berilgan asosiy vazifalar, huquq, imtiyoz va moliyalash manbalari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasida saqlab qolinsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamarmasini tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 24 oktyabrdagi PF-3154-son Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 34-35-son, 390-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2004 y. 8-son, 147-modda