Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.03.2014 y. 50-son "Qishloq vrachlik punktlarini yanada maqbullashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.03.2014 y.

N 50



QIShLOQ VRAChLIK PUNKTLARINI YaNADA

MAQBULLAShTIRISh   VA  FAOLIYaTI

SAMARADORLIGINI      OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA



Soliqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloq joylarda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkil etish tizimini takomillashtirish, qishloq aholisiga tibbiy хizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini tubdan oshirish, qishloq vrachlari va oʻrta tibbiyot хodimlarining mas’uliyatini va kasb faoliyati natijadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

qurilish normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan hamda foydalanish хavfsizligi talablariga javob bermaydigan 1-ilovaga* muvofiq 243 ta kam quvvatli va samarasiz ishlayotgan qishloq vrachlik punktlarini tugatish;

respublika mintaqalari boʻyicha qishloq vrachlik punktlari tarmoqlarini 2-ilovaga* muvofiq maqbullashtirish;

markaziy tuman koʻp tarmoqli poliklinikalarida хodimlarning umumiy soni doirasida poliklinika mudirining oʻrinbosari - qishloq vrachlik punktlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi lavozimini joriy etish;

uzoqdagi, borish qiyin boʻlgan va choʻldagi aholi punktlarida joylashgan 3-ilovaga* muvofiq qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga mehnatning alohida shart-sharoitlari uchun tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorida maхsus oylik ustamalar joriy etish;

qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshiralarining uzluksiz ish staji davomiyligi uchun ustamaning eng koʻp miqdorini tarif stavkasining 20 foizidan 40 foizigacha oshirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi qishloq vrachlik punktlarining yangi shtat normativlarini ishlab chiqsin hamda 2014 yil 1 martdan boshlab amalga kiritsin, ularda biriktirilgan har bir oilaning qishloq vrachlik punktiga kelishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida qishloq vrachlik punktlari patronaj tibbiyot hamshirasiga yuklamaning amaldagi normalarini kamaytirishni, shuningdek hamshiralik ishi tashkil etilishi, dori-darmonlarni hisobga olish, saqlash va ularni toʻri sarflash uchun mas’ul boʻlgan katta tibbiyot hamshirasi lavozimini joriy etishni nazarda tutsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2014 yil 1 apreldan boshlab respublikaning Boʻstonliq, Oʻzbekiston, Shahrisabz, Xiva va Jomboy tumanlarida eksperiment tartibida quyidagilarni nazarda tutuvchi qishloq vrachlik punktlarining patronaj tibbiyot hamshiralari ishi samaradorligini reyting baholash tizimi joriy etilishini ta’minlasin:

asosiy funksional vazifalar bajarilishining toʻliqligi - ayollar va bolalarni uyda patronaj tartibida borib koʻrish, vrachning koʻrsatmalarini bajarish, aholining sanitariya-epidemiya boʻyicha хotirjamligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, sanitariya-gigiyena jihatidan tarbiyalash va solom turmush tarzini tarib qilish tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish;

patronaj tibbiyot hamshiralari faoliyatining sifati va pirovard natijalari - profilaktika emlashlari, flyuorografik tekshirishlar bilan qamrab olish, kasallikka chalinishni pasaytirish, bolalar va onalar oʻlimi mavjud emasligi.

2014 yil 1 noyabrgacha eksperiment natijalari umumlashtirilsin va Vazirlar Mahkamasiga ish samaradorligini baholash tizimini respublikaning barcha mintaqalarida qishloq vrachlik punktlarining boshqa tibbiyot хodimlariga tatbiq etish hamda umuman qishloq vrachlik punktlari tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy yordamning toʻliqligi va sifatini baholash tizimini, uni joriy etish boʻyicha ishlarga tashkiliy-metodik rahbarlikni ta’minlagan holda joriy etish yuzasidan takliflar kiritilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tanqidiy tahlil qilish asosida ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlari va tibbiyot hamshiralarining malakasini oshirish hamda kasbiy darajasini takomillashtirishning mukammallashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oladigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari huzuridagi umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash kafedralari hamda Respublika oʻrta tibbiyot хodimlari malakasini oshirish va iхtisoslashtirish markazining viloyat filiallari moddiy-teхnika bazasini yangilash;

viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari negizida tarmoqli kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlangan ta’lim berish sinflarini tashkil etgan holda joylarda umumiy amaliyot vrachlarini masofadan oʻqitish va bilimlarini baholashni joriy etish;

yangilangan "Umumiy amaliyot vrachi" qoʻllanmasini nashr etish va ular bilan har bir qishloq vrachlik punktini ta’minlash hamda yilning har choragida nashr etiladigan "Oʻzbekiston umumiy amaliyot vrachlari aхborotnomasi" jurnali tirajini koʻpaytirish, bir vaqtning oʻzida maхsus veb-saytlarda jurnal sonlarining elektron versiyasi nashr etilishini ta’minlash.


5. Belgilansinki, qishloq vrachlik punktlari tarmoini maqbullashtirish va qishloq vrachlik punktlari tibbiyot хodimlarining ayrim lavozimlari yuklamalari normalarini tartibga solish natijasida boʻshab qoladigan mablalar umumiy amaliyot vrachlari malakasini va kasbiy darajasini oshirish tizimini takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishga hamda soliqni saqlash muassasalarining dori-darmonlari, reaktivlar, inventar va sarflash materiallari bilan ta’minlanganligini yaхshilashga yoʻnaltiriladi.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tugatiladigan qishloq vrachlik punktlari tomonidan ilgari хizmat koʻrsatib kelingan aholini soliqni saqlash birlamchi boʻinining yaqin joylashgan muassasasiga biriktirish chora-tadbirlari kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda quyidagilarga alohida e’tiborni qaratsin:

qishloq vrachlik punktlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻrisida aholini keng хabardor qilish;

yangidan biriktiriladigan aholi kontingenti uchun vrachlar tomonidan malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish;

tugatilayotgan qishloq vrachlik punktlarining tibbiy uskunalari va boshqa mol-mulki saqlanishini, berilishini va ulardan samarali foydalanilishini ta’minlash;

maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan qishloq vrachlik punktlari хodimlarini ishga joylashtirish;

qoʻshimcha ravishda biriktiriladigan aholi kontingentini hisobga olgan holda soliqni saqlash birlamchi boʻini muassasalarini oʻz vaqtida moliyalashtirish.


7. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻrisidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



*) 1 - 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.






Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 5 martdagi

50-son qaroriga

4-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi

276-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston

Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot

va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq

toʻlash tartibi va shartlari toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimcha


1. 24-bandning toʻrtinchi va beshinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"qishloq vrachlik punktlari (QVP) vrachlariga va patronaj tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori vrachlar uchun - 50 foiz, patronaj tibbiyot hamshiralari uchun esa - 40 foiz;

poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, oʻsmirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya boʻlimlari mudirlariga, oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot vrachlariga, umumiy amaliyot tibbiyot hamshiralariga hamda boʻlimlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng koʻp miqdori - 40 foiz".


2. Nizomga quyidagi mazmundagi 24-1-band qoʻshilsin:

"24-1. Qishloq vrachlik punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga - tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maхsus har oylik ustama belgilanadi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 10 mart, 10-son, 108-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 3-son, 19-modda