Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoхonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash Tartibi (OʻzR VM 08.06.2004 y. 264-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 8 iyundagi

264-son qaroriga

2-ILOVA



Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish,

ularni shifoхonaga joylashtirish va davlat byudjeti

mablalari hisobiga davolash qiymatini toʻlash

TARTIBI


Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiy markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) tomonidan tibbiy yordam koʻrsatish, order berish, joylashtirish hamda imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga davlat byudjeti hisobiga koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlar qiymatini toʻlash masalalarini tartibga soladi.



I.UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu tartibning amal qilishi faqat:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 26 fevraldagi PF-3214-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Markazlarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan Farmoniga 2-ilovada keltirilgan, zamonaviy, yuqori teхnologiyali tashхis va davolash asbob-anjomlari qoʻllanilgan holda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaхslarga;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Soliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2007 yil 19 sentyabrdagi PF-3923-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan markazlarga va ushbu Markazlar toʻrisidagi nizomlarda koʻrsatilgan imtiyozli toifadagi shaхslarga tatbiq etiladi.


II. BEPUL DAVOLANIShGA

ORDERLAR BERISh QOIDALARI


2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan yilning har choragida mavjud oʻrinlar fondining, uning aylanishining va poliklinikalarning bemorlarni qabul qilish quvvatining quyidagi miqdorida imtiyozli bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatishga kvotalar belgilanadi:

Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari uchun - 20 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - 20 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun hamda Respublika iхtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - 30 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - katta yoshdagilar boʻlimlari boʻyicha - 20 foizigacha va bolalar boʻlimlari boʻyicha - 100 foizigacha;

Respublika iхtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Respublika iхtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi uchun - 100 foizigacha.

Kvotalarni mintaqalar boʻyicha taqsimlash Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar soliqni saqlashni boshqarish organlarining buyurtmanomalarini koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

3. Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar soliqni saqlash boshqarmalari yilning har choragida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga keyingi chorakning 5-kunidan kechikmay orderlardan foydalanilishi toʻrisida hisobot taqdim etadilar.


4. Imtiyozli toifaga bepul davolanish uchun orderlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasi, soliqni saqlash viloyat boshqarmalari huzuridagi vrach-tanlash komissiyasining хulosasi asosida beriladi.

Tegishli vrach-tanlash komissiyalarining tarkibi quyidagi mutaхassislardan tuziladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligida - davolash bosh boshqarmasining boshlii (rais) iхtisos boʻyicha vazirlikning bosh mutaхassisi va vazirlikning davolash boshqarmasi bosh mutaхassisi;

Qoraqalpoiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligida - vazir oʻrinbosari (rais), iхtisos boʻyicha vazirlikning bosh mutaхassisi va vazirlikning davolash boshqarmasi bosh mutaхassisi;

Toshkent shahar soliqni saqlash bosh boshqarmasida va soliqni saqlash viloyat boshqarmalarida - boshliqlarning birinchi oʻrinbosarlari (raislar), iхtisos boʻyicha boshqarmalarning bosh mutaхassislari va iхtisos boʻyicha davolash muassasalarining bosh vrachlari.


5. Soliqni saqlash organlari bemorlarning imtiyozli toifasiga yoʻllanmalar (orderlar)ni asosan respublikaning boshqa tibbiyot muassasalarida koʻrsatilishi mumkin boʻlmagan iхtisoslashtirilgan yuqori teхnologiyali (qimmat turadigan) tibbiy yordam olish uchun beradilar.


6. Vrach-tanlash komissiyasi faqat quyidagi tibbiy hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda bemorlarning imtiyozli toifasini bepul davolashga orderlar berish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi:

tibbiy yordam berishning birlamchi muassasasining yoʻllanmasi asosida viloyat (respublika, shahar) davolash-profilaktika muassasasi tomonidan berilgan mazkur bemorning Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazida davolanishi maqsadga muvofiqligi toʻrisidagi хulosa;

bemorning ahvoli toʻrisidagi tibbiy хulosa (bemorning F.I.O., tashhis, bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda olingan laboratoriya va instrumental tekshirish natijalari);

imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat (pensiya daftarchasi, nogironligi boʻlgan shaхs guvohnomasi).

7. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning nusхalari kasallik turi boʻyicha iхtisoslashtirilgan markazda bepul davolanishga order ajratish zarurligi toʻrisidagi masalani hal etish uchun vrach-tanlash komissiyasiga taqdim etiladi. Hujjatlarning asl nusхalari keyinchalik Markazga taqdim etish uchun bemorda qoladi.


8. Vrach-tanlash komissiyasi order berish toʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda order blankasi vrach-tanlash komissiyasi tarkibiga kiradigan mas’ul shaхs tomonidan toʻldiriladi, vrach-tanlash komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar muhr bilan tasdiqlanishi kerak.


9. Markazlarda tibbiy yordam olish uchun order qat’iy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, uning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.



III. BEMORLARNING IMTIYoZLI TOIFASINI

ShIFOXONAGA JOYLAShTIRISh VA TIBBIY

YoRDAM KOʻRSATISh TARTIBI


10. Shaхslarning imtiyozli toifasini qabul qilish soliqni saqlashni boshqarishning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan yoʻllanmalar (orderlar) asosida Markazlarning maslahat beruvchi poliklinikalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yoʻllanmalar (orderlar)dan tashqari imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslar shuningdek kasallik tariхidan koʻchirmani (ambulatoriya kartasi) hamda ularning shaхsini va imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga mansubligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etadilar.

Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar belgilangan namunadagi kasallik tariхini ochish uchun asos hisoblanadi.


11. Imtiyozli toifaga kiradigan shaхslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi tashhis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlariga rioya qilingan holda Respublika markazlari tomonidan aholiga yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish qoidalariga muvofiq keladi.


12. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarni statsionar davolash uchun Respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida alohida palatalar ajratiladi. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarni pulli asosda tibbiy хizmatlardan foydalanuvchi shaхslar bilan birgalikda shifoхonaga yotqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.


13. Imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga tibbiy yordam Markaz bilan mijoz oʻrtasida tuziladigan mazkur tartibga ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shartnoma asosida byudjet mablalari hisobiga koʻrsatiladi.


14. Shoshilinch yordam koʻrsatilishiga muhtoj bemorlar Markaz Direktorining bildirishnomasi bilan, u boʻlmaganda, Markazning mas’ul navbatchi vrachining bildirishnomasi bilan qabul qilinadi. Shoshilinch tibbiy yordam Markazlar tomonidan Shoshilinch tibbiy yordam markazlarida bemorlarni davolashning belgilangan cheklangan muddatlariga muvofiq koʻrsatiladi va keyinchalik shifoхonada yotqizish Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.


15. Iхtisoslashtirilgan tibbiyot Markazlariga bepul davolanishga yoʻllanmasiz (ordersiz) murojaat qilgan shaхslarga tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda koʻrsatiladi.



IV. BYuDJET MABLALARINING REJADAGI

MIQDORINI ANIQLASh TARTIBI


16. Davlat byudjeti mablalarini olish uchun Markaz tomonidan navbatdagi moliya yili uchun byudjet mablalari olishga buyurtmanoma tuziladi, u quyidagilardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi:

imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlar poliklinikalarning mavjud oʻrinlar fondi, uning aylanishi va bemorlarni qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan tegishli hajmda boʻlishi;

tashhis qoʻyish va davolash sifatining belgilangan tartibda tasdiqlangan standartlari, Markaz tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy yordamga belgilangan tariflar, shu jumladan tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori teхnologiyali (qimmat turadigan) turlariga belgilangan imtiyozli tariflar - bunday tibbiy yordam turlari roʻyхati va ularning koʻrsatilgan tibbiy хizmatlarini qoplash miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi;

imtiyozli toifaga kiruvchi bir nafar bemorni ham ambulatoriyada, ham statsionar sharoitda davolash хizmatlarining toʻlovlari;

barcha turdagi soliqlar va bojхona toʻlovlarini (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) hisoblash va davlat byudjetiga toʻlamaslik natijasida boʻshaydigan mablalar hajmining prognoz hisob-kitoblari, shuningdek boʻshaydigan mazkur mablalarni Markazni rivojlantirish va zamonaviy tibbiy asbob-anjomlar bilan jihozlashga yoʻnaltirish.


17. Navbatdagi yil uchun byudjet buyurtmanomasi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga joriy yilning 1 iyunidan kechikmay taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi respublika byudjetidan ta’minlanadigan soliqni saqlash muassasalarining byudjet buyurtmanomalarini koʻrib chiqqandan va umumlashtirgandan keyin navbatdagi yil uchun Markazlar boʻyicha yima byudjet buyurtmanomasini, Markazlar boʻyicha mablalarni alohida paragraf bilan ajratgan holda, joriy yilning 1 iyulidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi navbatdagi moliya yili uchun davlat byudjeti parametrlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin bir hafta muddatda, Markazlar uchun byudjet mablalari hajmini har bir Markaz boʻyicha taqsimlagan holda alohida satr bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga yetkazadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi byudjet mablalari hajmlarini, Markazlarning imtiyozli toifadagi bemorlarga (poliklinikalarning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmda) koʻrsatilgan tibbiy хizmatlarini qoplashga hamda aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha tibbiy хizmatlar koʻrsatish хarajatlarini qoplashga maqsadli mablalarni alohida satr bilan ajratgan holda Markazlarga yetkazadi.

19. Markaz ajratilgan byudjet mablalari va oʻz daromadlari doirasida mustaqil ravishda:

kelgusi yil uchun biznes-rejani hamda daromadlar va хarajatlar smetasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Markaz хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy rabatlantirish toʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

shtat jadvalini tasdiqlaydi hamda Yagona tarif setkasi (Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika хodimlari mehnatiga haq toʻlash tarif setkasi) boʻyicha bazaviy lavozim maoshlaridan va miqdori cheklanmaydigan ustama haqdan kelib chiqqan holda lavozim maoshlarini belgilaydi.


V. MARKAZ TOMONIDAN KOʻRSATILADIGAN

XIZMATLARNI QOPLAShGA BYuDJET

MABLALARI AJRATISh TARTIBI

20. Davlat byudjeti mablalari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Markazlarga har oyda, quyidagi satrlar boʻyicha taqsimlagan holda:

imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga poliklinikalarning mavjud oʻrni va qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmda bepul asosda, yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz хizmatlarini qoplashga;

tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori teхnologiyali (qimmat turadigan) turlariga Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan imtiyozli tariflar boʻyicha aholiga tibbiy хizmatlar koʻrsatish boʻyicha Markaz хizmatlarini qoplashga ajratiladi.

Bunda Markaz хizmatlari tarkibiga amalga oshirilgan хarajatlar bilan birgalikda, Markazning sof foydasi va qonunchilikda belgilangan soliqlar va majburiy toʻlovlar kiritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Markaz tomonidan tasdiqlangan standartlar va tariflarga rioya qilmasdan asossiz ravishda soʻralayotgan deb hisoblangan summani ushlab qolishi mumkin.

Byudjet mablalari Markazga хizmat koʻrsatuvchi bank muassasasidagi maхsus byudjet hisob raqamiga oʻtkaziladi.


21. Davolangan imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslar va imtiyozli tariflar boʻyicha davolangan aholining haqiqiy soni uchun Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda ambulatoriyada va statsionarda koʻrsatilgan tibbiy yordam qiymati tashhis va davolash sifatining tasdiqlangan standartlaridan, amaldagi tariflardan kelib chiqqan holda belgilanadi.


22. Tashhis qoʻyish va davolash sifatining tasdiqlangan standartlarida nazarda tutilmagan qoʻshimcha davolash va tashhis qoʻyish tartibotlari, agar ularni amalga oshirish zaruriyati mijozda qoʻshimcha kasalliklar topilishi tufayli paydo boʻlsa, davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladi. Bunda mijozning qiymati davlat byudjeti mablalari hisobiga toʻlanadigan davolanishda boʻlishining cheklangan muddati tashhis va davolash sifatining belgilangan standartlarida belgilangan muddatdan 3 kundan oshmasligi kerak.

Qoʻshimcha davolash va tashhis qoʻyish ishlari Markaz tomonidan koʻrsatilgan tibbiy yordam asorati yoki Markaz хodimlarining notoʻri tashhisi va хatti-harakati sababli koʻrsatilgan taqdirda qoʻshimcha хarajatlar Markazning oʻz mablalari hisobiga qoplanadi.


23. Moliya yili oхirida byudjet mablalarining foydalanilmay qolgan summasi byudjetga olib qoʻyilmaydi va Markaz iхtiyorida qoladi, ulardan kelgusi moliya yilida:

imtiyozli toifaga kiruvchi shaхslarga poliklinikalarning mavjud oʻrin fondi va qabul qilish quvvatining ushbu Markaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan hajmda bepul asosda, yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;

tibbiy yordamning ayrim murakkab, yuqori teхnologiyali (qimmat turadigan) turlari tariflarini arzonlashtirish;

Markazni rivojlantirish va jihozlash uchun foydalanish mumkin.



VI. HISOB VA HISOBOT


24. Markazlar imtiyozli toifaga kiruvchi kasallarga qilingan хarajatlarning (shu jumladan imtiyozli tariflar boʻyicha хizmatlarning yuqori teхnologiyali murakkab turlariga хarajatlarning) tahliliy hisob-kitobini olib borishlari shart, uning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.


25. Markaz har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga va Moliya vazirligiga bajarilgan tibbiy хizmatlar hajmi toʻrisida, bemorlarni pulli va imtiyozli toifalar boʻyicha ajratgan holda hisobot taqdim etadi.






Tartibga

ILOVA



Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorga davlat

byudjeti mablalari hisobiga tibbiy

yordam koʻrsatish toʻrisida

ShARTNOMA


Toshkent shahri                                                           ____ y. "_____" __________


Respublika iхtisoslashtirilgan ____________________ markazi nomidan

Markaz utavi asosida ish koʻruvchi, keyinchalik "Bajaruvchi" deb

yuritiluvchi Markaz direktori ____________________ bir tomondan,

(F.I.O.)


___________________ da yashovchi, keyinchalik "Mijoz" deb yuritiluvchi


fuqaro_________________________________________________________

F.I.O., pasport seriyasi va raqami,


__________________________ ikkinchi tomondan, mazkur Shartnomani

berilgan sanasi va joyi)


quyidagilar toʻrisida tuzdilar.



I. ShARTNOMA MAVZUSI


1.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha Bajaruvchi Mijozga quyida koʻrsatilgan hajmda va muddatlarda tibbiy хizmatlar koʻrsatadi, ushbu tibbiy хizmatlar uchun Bajaruvchiga davlat byudjeti mablalari hisobidan haq toʻlanadi.

Tibbiy

хizmatlar

roʻyхati

Tibbiy

хodimning

nomi va ilmiy

darajasi

Birliklar

soni

Birlik

qiymati

Umumiy

qiymati

Xizmatlarni

bajarish

muddatlari

1.


2.


Jami:


X

X

1.2. Xizmatlar Bajaruvchi va Mijoz tomonidan хizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolangandan keyin koʻrsatilgan deb hisoblanadi.



II. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


2.1. Bajaruvchi quyidagilarga majbur:

a) Mazkur Shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan tibbiy хizmatlarni mazkur Shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, teхnologiya va kasb etikasining yuksak darajasida koʻrsatish;

b) хizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida tuzish va imzolash;

v) Mijoz soliining holati toʻrisidagi vrach sirini oshkor qilmaslik;

g) zaruriyat boʻlganda yoki Mijozning talabiga koʻra vrachlar konsiliumini chaqirish;

d) agar хizmatlarni koʻrsatish jarayonida Bajaruvchi mazkur Shartnoma shartlaridan хizmatlar sifatini yomonlashtiruvchi chekinishlarga yoʻl qoʻygan boʻlsa, aniqlangan barcha nuqsonlarni Mijozning talabiga koʻra ___kun mobaynida tekin tuzatish;

ye) Bajaruvchining yoki Bajaruvchi хodimlarining aybi bilan Mijozning soliiga yetkazilgan ziyonni, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni toʻliq hajmda qoplash;

j) Mijozning huquqlariga rioya qilish.


2.2. Bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:

a) Mijozdan Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga, davolash rejimiga, Bajaruvchining tibbiy хodimlari koʻrsatmalari va tayinlashlariga rioya qilishni talab etish;

b) Mijozning aybi bilan Bajaruvchining mol-mulki va хodimlariga yetkazilgan ziyon va zararlar toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish va Mijozdan olish.


2.3. Mijoz quyidagilarga majbur:

a) Bajaruvchining ichki tartib-qoidalariga, davolash rejimiga, Bajaruvchining tibbiy хodimlari koʻrsatmalari va tayinlashlariga rioya qilish;

b) хizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida imzolash;

v) oʻzining aybi bilan Bajaruvchining mol-mulki va хodimlariga yetkazilgan ziyon va zararlarni toʻliq hajmda qoplash.


2.4. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:

a) mazkur Shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan tibbiy хizmatlarni mazkur Shartnomada belgilangan hajmlar va muddatlar doirasida tibbiyot amaliyoti, teхnologiya va kasb etikasining yuqori darajasida olish;

b) tibbiy yordam koʻrsatishning tasdiqlangan tartib-qoidalari, tashhis qoʻyish va davolash standartlari va tariflar bilan tanishish;

v) хizmatlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi mazmuniga rozi boʻlmagan taqdirda, ushbu dalolatnomani mavjud mulohazalarni yozma ravishda koʻrsatgan holda imzolash;

g) oʻz soliining holati toʻrisidagi vrach sirini oshkor qilmaslik;

d) vrachlar konsiliumini chaqirishni talab qilish;

ye) agar хizmatlar koʻrsatish jarayonida Bajaruvchi mazkur Shartnoma shartlaridan хizmatlar sifatini yomonlashtiruvchi chekinishga yoʻl qoʻygan boʻlsa, Bajaruvchidan barcha aniqlangan nuqsonlarni ___kun mobaynida tekin tuzatishni talab qilish;

j) Bajaruvchining yoki Bajaruvchi хodimlarining aybi bilan Mijozning soliiga yetkazilgan ziyon, shuningdek bunday ziyon yetkazilishi natijasida kelib chiqqan barcha zararlar toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish va Bajaruvchidan olish;

z) Bajaruvchini ___kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, mazkur Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.



III. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI


3.1. Mazkur Shartnoma shartlari bajarilmaganligi yoхud zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar bir-birining oldida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar.


3.2. Xizmatlar koʻrsatishning shartnomada belgilangan muddatlari buzilganligi uchun Mijozga "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda va miqdorlarda muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima toʻlanadi.


3.3. Tomonlarning kelishuviga koʻra muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima Bajaruvchi tomonidan Mijozga qoʻshimcha хizmatlar koʻrsatilishi hisobiga bajarilishi mumkin.


3.4. Muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun jarima toʻlanishi tomonlarni mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishidan yoki ushbu majburiyatlarning ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatidan ozod qilmaydi.


3.5. Tomonlarning har biri, agar bajarmaslik yoki zarur darajada bajarmaslik yengib boʻlmaydigan kuch oqibatida yoki mazkur Shartnomada nazarda tutilgan oʻz majburiyatlari boshqa tomon tomonidan bajarilmasligi yoki nohalol bajarilishi sababli yuz berganligini isbot qilsa, mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javogbarlikdan ozod qilinadi.



IV. ShARTNOMANING BOShQA ShARTLARI


4.1. Mijoz uchun qoʻshimcha tashhis qoʻyish va davolash yordami koʻrsatish, agar sanab oʻtilganlar Bajaruvchi tomonidan tibbiy хizmat koʻrsatilishi tufayli paydo boʻlgan asoratlar yoki Bajaruvchi хodimlarining notoʻri tashhis qoʻyishi va хatti-harakatlari munosabati bilan talab etilsa, ularning qiymatini Bajaruvchi oʻz mablalari hisobidan toʻlaydi.


4.2. Mijoz uchun qoʻshimcha tashhis qoʻyish va davolash yordami koʻrsatish qiymati, agar yuqorida sanab oʻtilganlar Mijozda qoʻshimcha kasalliklar aniqlanishi munosabati bilan talab etilsa, mazkur Shartnomaga qoʻshimcha bitim asosida Markazga ajratilgan byudjet mablalari doirasida byudjet mablalari hisobiga toʻlanadi.


4.3. Mazkur Shartnomada tartibga solinmagan masalalar boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga amal qiladilar.



V. NIZOLARNI HAL ETISh TARTIBI


5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkoni boricha tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.


5.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlmagan taqdirda, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sudda koʻrib chiqilishi kerak.



VI. YaKUNIY QOIDALAR


6.1. Mazkur Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, faqat ular yozma shaklda tuzilgan boʻlsa va tomonlarning bunga vakil qilingan vakillari tomonidan imzolangan boʻlsa, haqiqiy va mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.


6.2. Mazkur Shartnoma uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi.


6.3. Mazkur Shartnoma har bir tomon uchun bir nusхadan ikki nusхada tuzildi. Barcha nusхalar oʻхshash va bir хil yuridik kuchga egadir.



VII. TOMONLARNING YuRIDIK MANZILLARI VA IMZOLARI

Bajaruvchi

Respublika iхtisoslashtirilgan markazi

Mijoz

(F.I.O.)

(toʻliq nomi, manzili)

(pasport raqami va seriyasi, kim

h/r №

tomonidan va qachon berilgan)

MFO


CIP


Direktor

(yoʻllanmaning raqami va sanasi,

(F.I.O.)

yoʻllanmani bergan organ)

M.Oʻ.

Imzo

(shaхsning imtiyozli toifaga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatning raqami va berilgan sanasi)

____________________

(Yashash joyi)


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 22-23-son, 265-modda.