Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 10.09.2012 y. OʻRQ-329-son "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 21.06.2012 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 30.08.2012 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

10.09.2012 y.

N OʻRQ-329



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2012 yil 21 iyunda qabul qilingan

Senat tomonidan 2012 yil 30 avgustda ma’qullangan

2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 yil, N 6, 175-modda; 2003 yil, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 6, 248-modda, N 9, 422-modda, N 12, 595-modda; 2008 yil, N 4, 187-modda, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 4, 136-modda, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 9, 334-modda) 92-moddasining ikkinchi qismidagi "belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi 602-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2008 yil, N 12, 640-modda; 2009 yil, N 12, 472-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda) 23-moddasining uchinchi qismidagi "qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan "Xususiy korхona toʻrisida"gi 558-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 yil, N 1-2, 8-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2006 yil, N 3, 119-modda; 2007 yil, N 12, 608-modda; 2011 yil, N 9, 248-modda) 19-moddasining ikkinchi qismidagi "qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilanganidan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yil 29 sentyabrda qabul qilingan "Jinoyat ishini yuritish choida qamoqda saqlash toʻrisida"gi OʻRQ-298-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, N 9, 251-modda) 30-moddasining uchinchi qismidagi "belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan" degan soʻzlar "qonun hujjatlarida Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                            I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2012 yil 11 sentyabr


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 37-son, 421-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2012 yil, 9/1-son, 238-modda