Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.2007 y. 197-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Birja va yarmarka savdosi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 1999 yil 15 apreldagi 174-son Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.09.2007 y.

N 197



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR

MAHKAMASINING "BIRJA VA YaRMARKA

SAVDOSI SAMARADORLIGINI OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 1999 YIL

15 APRELDAGI 174-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChA

KIRITISh HAQIDA


Savdoning zamonaviy shakllarini yanada rivojlantirish, birja va yarmarka savdosini rabatlantirish, mahsulotlarni chetga chiqarishni tartibga solish va tovarlar eksportidan valyuta tushumlarini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 apreldagi 174-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 4-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Tovar-хom ashyo birjasi orqali yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan eksportga faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar roʻyхatiga quyidagi mazmundagi 1-pozitsiya qoʻshilsin:

1.

Mollarning (baliqdan tashqari) butun yoki boʻlaklangan, yangi, sovutilgan, muzlatilgan, tuzlangan, tuzli suvga solingan, quritilgan yoki dudlangan ichaklari, qopchalari va oshqozonlari

050400000

1 - 54-pozitsiyalar tegishli ravishda 2 - 55-pozitsiyalar deb hisoblansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 37-38-son, 388-modda.